Internet: IP Manzillar va DNS Salom! Mening ismim Paola, men Microsoftda dasturiy ta'minot injeneriman. Keling, Internet qanday ishlashi haqida gaplashamiz. Men internet tarmoqlarining o'zaro aloqa o'rnatishi bilan shug'ullanaman, lekin 1970-yillarda buni amalga oshirish uchun aynan standart usul yo'q edi. Vint Serf va Bob Kan kommunikatsiya imkonini beradigan tarmoqlararo ishlaydigan protokolni ixtiro qilishadi. Ushbu ixtiro tufayli hozirda biz Internet deb ataydigan narsaga asos yaratildi. Internet bu tarmoqlarning tarmog'idir. U dunyo bo'ylab milliardlab qurilmalarni bog'laydi. Siz noutbuk yoki telefon orqali Wifiga ulangan bo'lishingiz mumkin, so'ng Wifi Internet provayderi (yoki Internet xizmatlari provayderi) ga ulanadi va sizni dunyo bo'ylab yuzlab qurilmalar orqali o'zaro bog'langan milliardlab qurilmalarga ulaydi. Ko'pchilik chuqur anglamaydigan oddiy narsa shundaki, Internet haqiqatan ham dizayn falsafasi va protokollarga asoslangan arxitekturadan iborat. Protokol - bu agar barcha tomonlar ulardan foydalanishga rozi bo'lsa, ularga o'zaro uzluksiz aloqa o'rnatishga imkon beradigan ma'lum qoidalar va standartlar to'plamidir. Internetning dizayn falsafasi tarmoqga yangi kommunikatsiya texnologiyalarini moslashtirish va o'zlashtirishga imkon berganligi sababli jismoniy jihatdan qanday ishlashi unchalik muhim emas. Chunki yangi texnologiya Internetdan qandaydir tarzda foydalanish uchun faqat protokollar bilan ishlashni bilishi kerak. Internetdagi barcha turli xil qurilmalar takrorlanmas manzilga ega. Internet manzili - shunchaki telefonning raqamiga o'xshash yoki biron bir ko'cha manziliga o'xshash raqamlardir, bu tarmoqdagi har bir kompyuter yoki qurilmaga xosdir. Bu xuddi uy va ofis pochta xizmatiga o'xshaydi. Unga xatni pochta orqali yuboradigan odam kimligini bilishingiz shart emas, lekin siz uning manzilini qanday qilib to'g'ri yozishni bilishingiz kerak, shunda xat pochta tizimi tomonidan kerakli manzilga yetkazilishi mumkin. Internetdagi kompyuterlarga murojaat qilish tizimi Internet-aloqada ishlatiladigan eng muhim protokollardan biri bo'lib, Internet Protokoli yoki IP deb nomlanadi. Shuning uchun kompyuterning manzilini IP-manzili deb ataymiz. Veb-saytga kirishni shunchaki sizning kompyuteringiz, boshqa kompyuterdan ma'lumot so'rashidek tushunsa bo'ladi. Sizning kompyuteringiz boshqa kompyuterning IP-manziliga xabar va shuningdek, haqiqiy manzilini yuboradi, shunda boshqa kompyuter qayerga javob yuborishini biladi. Siz IP-manzilini bilsangiz kerak. Bu shunchaki raqamlar to'plamidir! Bu raqamlar ierarxiyada tartiblangan. Uy manzilida mamlakat, shahar, ko'chalar, va uy raqamlari bo'lgani kabi, IP-manzilida ham ko'p qismlar mavjud. Barcha raqamlar ma'lumotlar singari, har biri bit bilan ifodalanadi. An'anaviy IP-manzillar 32-bit uzunlikda, manzilning har biri qismi uchun 8 bit bo'ladi. Oldingi raqamlar odatda qurilmaning mamlakat va mintaqaviy tarmog'ini aniqlaydi. Keyin quyi tarmoqlar, so'ngra ma'lum bir qurilmaning manzili keladi. IP manzillashtirishning ushbu versiyasi IPv4 deb nomlanadi. U 1973-yilda ishlab chiqilgan va 80-yillarning boshlarida keng tarqalib, 4 milliarddan ortiq unikal manzilli qurilmalarning Internetga ulanishini ta'minlaydi. Ammo Interner Vint Serf kutganidan ham ko'ra ancha mashhur bo'ldi va 4 milliard noyob manzillar yetarli bo'lmadi. Hozirda biz ko'p yillik IPv6 formatiga o'tishni boshladik, u har bir manzili uchun 128 bitdan foydalanadi va 340 milliarddam ortiq noyob manzillarni taqdim etadi. Bu xuddi mana bu qumlardan har bir qum donasining o'z IP-manziliga ega bo'lishi uchun yetarli deganidir. Aksariyat foydalanuvchilar hech qachon IP manzillarini ko'rishmaydi va ularga ahamiyat berishmaydi. Domen nom tizimi yoki DNS www.example.com kabi nomlarni tegishli IP manzillar bilan bog'laydi. Sizning kompyuteringiz DNS-dan domen nomlarini qidirishi va IP-manzilini olish uchun foydalanadi, bu sizning kompyuteringizni Internetdagi manziliga ulash uchun ishlatadi. Va quyidagiga o'xshash narsa sodir bo'ladi: (ovoz 1) "Salom, men www.code.org saytiga kirmoqchiman." (ovoz 2) "Mm.. ha, men ushbu domen uchun IP-manzilini bilmayman. Hoy siz code.org? qanday kirishni bilasizmi" (ovoz 3) "Ha, Men mana bunday kiriladi 174.129.14.120." (ovoz 2) "Yaxshi, ajoyib, rahmat. Men buni yozib, keyinroq saqlab qo'yaman. Men bunga yana muhtoj bo'laman. Hoy mana siz xohlagan manzil." (ovoz 1) "Ajoyib! Rahmat." Qanday qilib milliardlab qurilmalar uchun turli xil veb-saytlarni qidirib topish tizimini yaratilgan? Bitta DNS-server barcha qurilmaning so'rovlarini bajara olishining imkoni yo'q. Javob: DNS serverlari ma'lum ierarxiyada bog'langan va zonalarga bo'linib .org, .com, .net, va boshqalar kabi yirik domenlar uchun javobgarlikni o'zaro bog'lashadi. Dastlab DNS hukumat va ta'lim muassasalari uchun ochiq, ommaviy aloqa protokoli sifatida yaratilgan. Ochiqligi tufayli DNS kiberhujumlarga qarshi himoyasiz hisoblanadi. Hujum namunasi DNS ni soxtalashtirilishi. Haker DNS-serverga ulanishi va noto'g'ri IP-manzil bilan domen nomiga mos ravishda o'zgartirishi mumkin. Bu esa odamlarni yolg'on veb-saytiga o'tkazib yuborishga sharoit beradi. Agar bu sizda ham sodir bo'lsa, siz ko'p soxta veb-saytlardan xuddi haqiqiy sayt kabi foydalanayotgningiz uchun ko'p muammolarga duch kelasiz. Internet har kuni yangilanib, kattalashib bormoqda. Ammo domen nomlar tizimi va Internet protokoli qanchalik tez o'smasin, ularning soni chegaralangan.