Bu chaqaloqqa e'tiboringizni qarating. Sizning e'tiboringizni jalb qilgan narsa chaqaloqning ko'zlari va siz ushlashni yaxshi ko'radigan terisi. Bugun esa, sizlar ko'ra olmaydigan narsa haqida gapirmoqchiman, bu chaqaloqning kichkina miyasida nimalar sodir bo'layotgani haqida gapiraman. Bu miyada sodir bo'laytigan narsalar raketashunoslik ilmidan hech ham kam emasligini bizga nevrologiyaning zamonaviy asboblari ko'rsatib beryapdi. Va biz o'rganayotganimiz romantik yozuvchi va shoirlar bolaning fikridagi "samoviy yorqinlik" deb tasvirlagan holat haqida tushuncha beradi. Ko'rib turganingiz Hindistondagi ona, u yangi kashf qilingan til - Koro tilida gapiryapdi. Va u chaqalog'iga gapiryapdi. Bu ona va Koro tilida gapiradigan dunyodagi 800 ta odamlar -- bu tilni saqlab qolish uchun chaqaloqlariga shu tilda gapirish kerakligini biladilar. Bunda dolzarb jumboq bor. Nima uchun siz o'zingizga va menga, ya'ni o'smirlarga, gapirish orqali tilni saqlay olmaysiz? Ho'p, bu miyangizga bog'liqdir. Tilni o'rganish uchun dolzarb davr borligini bu yerda ko'rib turibmiz. Bu sahifani o'qish usuli gorizontal chziqdagi yoshingizga qarashdir. (Kulgi) Va vertikal chiziqda ikkinchi tilni o'rganishga bo'lgan qobiliyatingizni ko'rasiz. Chaqaloqlar va yosh bolalar yetti yoshga chiqquncha dahodirlar, undan so'ngra muntazam ravishda sustlashish bo'ladi. Yetuklikdan so'ng, mashhurlikni yo'qotamiz. Hech qaysi olimlar bu qiyalik haqida bahs qilmaydi, ammo butun dunyodagi laboratoriyalar buning nima uchun bunday usulda ishlashini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Mening laboratoriyamdagi ish rivojlanishdagi birinchi dolzarb davrga e'tibor beradi -- va ayni o'sha davrda chaqaloqlar o'zlarining tilida qaysi tovushlar ishlatilishini o'rganishga harakat qiladilar. Bizning fikrimizcha, chaqaloqlar tovushlarni qanday o'rganishini o'rganishimiz oqrali tilning boshqa rivojlanishiga nushamiz bo'ladi. Balki, shu bilan birga muomala, hissiyot va ong rivojlanishi uchun bolalikdagi dolzarb davrlarga ham nushamiz bo'ladi. Shunday qilib, biz butun dunyoda qo'llayotgan usul bilan chaqaloqlarni va hamma tillardagi tovushlarni o'rganyapmiz. Chaqaloq ota yoki onasining tizzasida o'tiradi va biz ularni tovush o'zgarganda, masalan, "ah" dan "ee" ga, -- masalan, "ah" dan "ee" Agar ular o'z vaqtida shunday boshini burishsa, qora quti yorib ketadi va panda ayig'i baraban chaladi. Olti oylik chaqaloq bu vazifani juda sevadi. Ho'sh, bundan nima o'rgandik? Butun dunyodagi chaqaloqlar, mening tasvirlashimcha, dunyo fuqarolaridir; biz buni qaysi davlatda tekshirayotganimiz va qaysi tilni ishlatayotganimizdan qat'iy nazar chaqaloqlar hamma tillardagi hamma tovushlarni ajrata oladilar. Bu juda ham hayratlanarli, chunki siz va men buni bajara olmaymiz. Bizlar madaniyatga bo'glanib tinglaguvchilarmiz. Bizlar chet tillaridagi tovushlarni emas, faqat o'z tilimizdagi tovushlarni ajarata olamiz. Ho'sh, shunday savol keladi: dunyoning shu fuqarolari qachon tilga bog'liq tinglovchilarga aylanadi? Javob esa bunday: birinchi tug'ilgan kunlaridan avval. Mana bu ko'rib turganingiz Tokyo va AQSH dagi Seattle shahrida, yapon tili emas, balki ingliz tili uchun muhim bo'lgan "ra" va "la" tovushlarini tinglaganda, chaqaloqlarning boshni burish bo'yicha bajargan vazifasi. Olti oylikdan sakkiz oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar butunlay bir xil. Ikki oy keyin hayratlanarli narsa sodir bo'ladi. AQSH dagi chaqaloqlar bu vazifani ancha yaxshi bajara boshlaydilar, Yaponiyadagi chaqaloqlar esa ancha yomon bajaradilar, lekin chaqaloqlarning bu ikkala guruhi ham ayni o'zlari o'rganmoqchi bo'lgan tilga tayyorlanyar. Ho'sh, savol bunday, bu muhim ikki oy mobaynida nima sodir bo'lyapdi? Bu tovush rivojlanishi uchun juda dolzarb davr, ammo u yerda nima sodir bo'lyapdi? U yerda ikkita narsa sodir bo'lyapdi. Birinchisi chaqaloqlar bizlarni biror maqsad bilan tinglayapdi, ular bizlarning gapirishimizni tinglab, statistik ma'lumot olyapdilar -- ha, ular statistic ma'lumot olyapdilar. Chaqaloqlarning tilida gapirayotgan ikkita onaning gapini eshiting -- bu biz yosh bolalar bilan gaplashadigan umumiy til -- birinchisi ingliz tilida va keyingisi yapon tilida. (Video) Ingliz ona: Oh, sening katta moviy ko'zlaringni sevaman -- naqadar go'zal va ajoyib, yapon ona: (yaponchada) Patricia Kuhl: Nutq hosil qilish paytida, chaqaloqlar tinglaganida, ular eshitayotgan tili haqida statistic ma'lumotlar olyapdilar. Bu masofalar ortib boraveradi. Biz chaqaloqlarning statistik ma'lumotga e'tiborchan ekanligini anglab yetdik, yapon va ingliz tillarining statistikasi esa bir biridadn juda, juda farq qiladi. Bu chizma-masofa ko'rsatishi bo'yicha ingliz tilida ko'p R va L tovushlari bor. Yapon tilidagi tovushlarning tarqalishi butunlay boshqacha, Yaponcha R deb ma'lum bo'lgan, bir necha o'rta tovushlar borligini ko'rib turibmiz. Shunday qilib, chaqaloqlar tilning statistikasini ongiga singdirib oladilar va bu ularning miyalarini o'zgartiradi; ularni dunyo fuqarolaridan huddi biz kabi madaniyatga bog'langan tinglovchilarga aylantiradi. Ammo, biz o'smirlar ana o'sha statistikani bundan buyon ongimizga singdirmayapmiz. Chunki ongimizda rivojlanishning ilk davrida shakllangan tushunchalar bizlarni boshqaradi. Mana bu ko'rib turganimiz esa til rivojlanishi uchun dolzarb davr nima haqidaligi bo'yicha modelimizni o'zgartiryapdi. Matematik nuqtai nazardan muhokama qilishimiz bo'yicha bu chizmadagi masofamiz bir tekis bo'lganda til o'rganish sekinlashishi mumkin. Bu esa ikki tilda gapiruvchi insonlar haqida ko'p savollarni keltirib chiqaradi. Ikki tilda gapiruvchi insonlar bir paytning o'zida ikkita statistikani onglarida saqlashi shart va kim bilan gaplashayotganligiga qarab, bitta statistikadan keyin boshqasini almashtirishlari kerak. Biz o'zimizga shunday savol berdik, chaqaloqlar butunlay yangi tilning statistikasini qabul qila oladilarmi? Buni hech qachon ikkinchi til eshitmagan Amerikalik chaqaloqlarni til rivojlanishining dolzarb paytida ilk bor Mandarin tilini eshittirish orqali sinab ko'rdik. Taipei va Seattleda Mandarin tilining tovushlari bo'yicha bir tilda gapiruvchilarni tekshirganimizda ular huddi shunday nusxani ko'rsatdi. 6-8 oyliklar butunlay bir xil. Ikki oy so'ngra, g'aroyib narsa sodir bo'ladi. Amerikalik chaqaloqlar emas, balki taiwanlik chaqaloqlar tovushlarni ancha yaxshi ajratyapdi. Shu davrda Amerikalik chaqaloqlarga Mandarin tilini eshitdirdik. Bu huddi mandarin tilida gapiruvchi qarindoshlarning sizni ko'rishga bir oyga kelib, uyingizga ko'chib kelib, chaqaloqlarga 12 dars mobaynida gapirishi kabidir. Mana bu laboratoriyadagi ko'rinishi. (Video) Mandarin tilida gapiruvchi: (Mandarin) PK: Ho'sh, chaqaloqlarning kichkina miyalariga nima qildik> (Kulgi) Shunchaki laboratoriyaga kelish Mandarin tiliga bo'lgan qobiliyatingizni rivojlantirmayotganligiga ishonch hosil qilish uchun qiyosiy nazorat guruhini ham sinab ko'rdik. Bir guruh chaqaloqlar kelib, ingliz tilini tinglashdi. Bu chizmadan ko'rib turganimizdek ingliz tilini eshitish ularning mandarin tilini rivojlantirmadi. Lekin 12 martalik muddatda mandarin tilini eshitgan chaqaloqlarga nima bo'lganiga e'tibor bering. Ular Taiwan (Taivan) dagi 10 yarim oy mobaynida mandarin tilini eshitayotgan chaqaloqlardek yaxshi bilardi. Bu esa chaqaloqlarning yangi til statistikasini o'zlashtirib olishini ko'rsatib berdi. Chaqaloqlarning oldiga nima qo'ysangiz ham, ular narsalarning statistikasini o'zlashtirib oladi. Ammo, bu o'rganish jarayonida inson qanday vazifa bajarganligi bizni qiziqtirdi. Buni bilish uchun, boshqa bir guruh chaqaloqlar bir xil miqdordagi, ya'ni huddi avalgidek 12 martalik muddatda televizor ko'rib, tilni eshitishdi va boshqa bir guruh chaqaloqlar esa faqatgina tovushlarni o'zini eshitdi va ekrandagi ayiqchani tomosha qilishdi. Biz ularning miyasiga nima qildik? Ko'rib turganingiz faqat tinglashning natijasi -- hech qanday o'rganish sodir bo'lmadi -- va video bilan eshitish natijasi -- hech qanday o'rganish sodir bo'lmadi. Chaqaloqlar statistikani anglab yetishlari uchun insonning hizmati kerak. Chaqaloqlar statistikani o'zlashtirayotganlarida ijtimoiy miya boshqarib turadi. Chaqaloqlar televizorning oldida bo'lganlarida, so'ngra insonlarning oldida bo'lgan paytida chaqaloqlarning miyasini tekshirib, u yerda bu narsaning sodir bo'layotganini ko'ramiz. Yaxhsiyamki, bizga bu ishni bajarimizga imkon beradigan yangi asbob, magnitoensefalograf bor. Bu Marsdan kelgan soch qurituvchi asbobga o'xshaydi. Lekin bu umuman xavfsiz, kesuvchi emas va shovqinsiz. Biz masofaga nisbatan millimetrning aniqligiga va 306 SQUID dan foydalangan holda millisoniya aniqligiga qaraypamiz, bular (ya'ni SQUID) - yuzadan o'tuvchi kvantum interferensiya asboblari -- bular biz o'ylagan sayin o'zgaradigan magnit sohalarini aniqlab oladi. Dunyoda eng avval biz magnitoensefalograf asbobi yordamida chaqaloqlarni o'rganayotgan paytida tekshiryapmiz. Mana bu jajji Emma. U olti oylik. U qulog'iga taqib olgan eshitish asboblari bilan har xil tillarni eshityapdi. Ko'rib turganingizdek, u bemalol harakat qila oladi. shapkadagi kichkina sharchalar bilan uning boshining harakatini kuzatib turibmiz, u esa butunlay erkin harakat qilishi mumkin. Bu texnologik qobiliyat. Nimani ko'ryapmiz? Chaqaloqning miyasini ko'ryapmiz. Chaqaloq ona tilidagi so'zni eshitishi bilan eshitish sohalari ochiladi, keyin esa uning atrofidagi sohalar, ya'ni miyaning atrofidagi har xil sohalari bilan bog'laydigan sohalarini va miyaning bir sohasi boshqa birini harakatga keltiruvchi qismlarini harakatga keltiradi. Biz chaqaloq miyasining rivojlanishi haqidagi ilmning ulkan va oltin asriga kelyapmiz. Chaqaloq his tuyg'u sezgan, gapirish va o'qishni o'rgangan, matematika masalasini yechgan va fikrga ega bo'lgan paytlarida biz chaqaloqning miyasini ko'ra olamiz. O'rganishga qiynalgan bolalar uchun miyaga asoslangan o'rganishga yordam berish usullarini kashf qilishga imkoniyatimiz bo'ladi. Huddi shoir va yozuvchilar tasvirlaganidek, mening fikrimcha, biz ham bolaning ongidagi o'sha ajoyib ochiqlikni, mukammal va cheksiz ochiqlikni ko'ra olamiz. Bolaning miyasini o'rganish bilan, biz inson bo'lish nima ekanligi haqidagi chuqur haqiqatni bila olamiz, shu bilan birga butun hayotimiz davomida ongimizni ilm uchun, o'rganish uchun ochiq saqlay olishimizga imkoniyatimiz bo'lishi mumkin. Rahmat. (Qarsaklar)