WEBVTT 00:00:01.040 --> 00:00:04.791 Men bu yerda turishimdan maqsad, soham, sun'iy intellekt haqida 00:00:04.815 --> 00:00:06.583 yangicha fikrlashni taklif qilish. 00:00:06.607 --> 00:00:08.621 Menimcha SI ning maqsadi 00:00:08.645 --> 00:00:12.079 bu insonlarni mashina intellekti bilan kuchaytirishdir. 00:00:13.286 --> 00:00:15.736 Mashinalar aqlliroq bo'lgan sari 00:00:15.760 --> 00:00:17.013 biz aqlliroq bo'lamiz. 00:00:17.907 --> 00:00:20.419 Men buni "insoniy SI" deb atayman. 00:00:20.443 --> 00:00:24.114 Sun'iy intellekt odamlar bilan o'zaro ishlashi va ularni rivojlanishiga 00:00:24.138 --> 00:00:27.069 yordam berishi orqali insonlarning ehtiyojlarini qondiradi. 00:00:28.149 --> 00:00:30.059 Hozirgi kunda yordamchi intellekt 00:00:30.083 --> 00:00:32.260 g'oyasi katta mavzuga aylanganligidan 00:00:32.284 --> 00:00:33.753 juda hursandman. 00:00:33.777 --> 00:00:38.837 Bu odamlar va SI o'rtasidagi faollikni ifodalash uchun o'rinli metaforadir. 00:00:39.556 --> 00:00:42.253 Men yaratishga hissamni qo'shgan SI Siri deb ataladi. NOTE Paragraph 00:00:42.957 --> 00:00:44.109 Siz Sirini bilasiz. 00:00:44.133 --> 00:00:46.778 Siri sizning maqsadingizni tushuna oladi, hamda uni 00:00:46.802 --> 00:00:48.844 amalga oshirishda yordam beradi, 00:00:48.868 --> 00:00:50.369 va uni bajarishda qo'l keladi. 00:00:50.393 --> 00:00:52.867 Ammo siz bilmaydigan bitta narsa bor: Sirini aslida 00:00:53.645 --> 00:00:55.611 ijtimoiy SI sifatida, suhbat interfeysida 00:00:55.635 --> 00:00:58.806 insonni o'rnini to'ldirib turishi uchun va mobil hisoblash 00:00:58.830 --> 00:01:02.283 vazifalarini bajarishda yordam berishi uchun 00:01:02.307 --> 00:01:05.591 ishlab chiqqan edik. NOTE Paragraph 00:01:06.814 --> 00:01:08.391 Hozirda ko'pchiligimiz uchun bu 00:01:08.415 --> 00:01:11.196 texnologiyaning ta'siri ish bajarishni biroz bo'lsa-da 00:01:11.220 --> 00:01:13.503 yengillashtirishidadir. 00:01:13.916 --> 00:01:16.095 Lekin mening do'stim Daniel uchun 00:01:17.352 --> 00:01:20.523 buning ta'siri butun hayotini o'zgartirdi. 00:01:21.217 --> 00:01:26.050 Bilasizmi, Daniel juda ham kirishimli yigit, 00:01:26.074 --> 00:01:27.833 lekin u ko'r va qo'l oyoqlari shol. 00:01:28.614 --> 00:01:32.473 Shuning uchun biz bemalol ishlata oladigan moslamalarni u ishlata olmaydi. 00:01:32.497 --> 00:01:34.939 Ohirgi marta men uning uyiga borganimda uning akasi 00:01:34.963 --> 00:01:36.821 "Biroz kuting, Daniel hali tayyor emas. 00:01:36.845 --> 00:01:39.187 U online tanishgan qizi bilan gaplashyapti" dedi. 00:01:40.250 --> 00:01:42.260 Men "Zo'rku, buni qanday uddaladi?" dedim. 00:01:42.284 --> 00:01:45.778 Daniel ijtimoiy hayotini boshqarish uchun Siridan foydalanadi. 00:01:46.731 --> 00:01:48.671 U ko'makdoshining yordamisiz 00:01:48.695 --> 00:01:51.171 e-mail, sms va qo'ng'iroq qila olishi mumkin. 00:01:52.501 --> 00:01:54.239 Bu qiziq, shunday emasmi? 00:01:54.263 --> 00:01:55.580 Taqdir hazili shundaki, 00:01:55.604 --> 00:01:58.500 Sun'iy Intellekt unga aqlli inson bilan muloqot qilishda 00:01:58.524 --> 00:02:01.701 yordam berayapti. 00:02:02.805 --> 00:02:05.935 Bu insoniy Sun'iy Intellektdir. NOTE Paragraph 00:02:07.404 --> 00:02:09.802 Yana bir yorqin misol bu saraton kasalligiga 00:02:09.826 --> 00:02:11.083 tashhis qo'yishdadir. 00:02:12.795 --> 00:02:14.950 Vrachlar saratonni gumon qilganda, 00:02:14.974 --> 00:02:17.677 ular qondan namuna olib patologga jo'natadi. 00:02:17.701 --> 00:02:19.653 Patolog uni mikroskopda ko'radi. 00:02:20.145 --> 00:02:22.670 Patologlar bir kunda yuzlab namunalar va 00:02:22.694 --> 00:02:25.018 minglab hujayralarga qaraydi. 00:02:25.630 --> 00:02:27.017 Bu vazifani yengillashtirish 00:02:27.041 --> 00:02:30.483 maqsadida ba'zi olimlar tasniflagich SI yaratishdi. 00:02:31.548 --> 00:02:36.101 Ushbu tasniflagich namunalarga qarab saraton bor 00:02:36.125 --> 00:02:37.430 yoki yo'qligini aytadi. 00:02:38.355 --> 00:02:39.919 Dastlab tasniflagich juda yaxshi 00:02:40.967 --> 00:02:42.652 ishlayotgan edi, lekin inson kabi 00:02:43.945 --> 00:02:45.713 doim ham to'g'ri aytib bera olmasdi. NOTE Paragraph 00:02:46.427 --> 00:02:52.607 Ammo qachonki olimlar inson intellekti va mashina qobiliyatini birlashtira olganda 00:02:52.631 --> 00:02:55.626 aniqlik 99.5 foizga oshdi. 00:02:57.150 --> 00:03:02.151 Shunda SI bilan hamkorlikda ishlash patologlar bir o'zlari 00:03:02.175 --> 00:03:05.861 ishlaganda qiladigan xatoliklarini 85 foizga kamaytirdi. 00:03:06.820 --> 00:03:09.979 Bu juda ham ko'p oldi olinmagan saraton kasalliklaridir. 00:03:11.097 --> 00:03:13.027 Qizig'i shundaki, insonlar yolg'on 00:03:13.051 --> 00:03:16.525 alomatni inkor etishni yaxshi uddalasa, mashina esa aniqlanishi qiyin 00:03:16.549 --> 00:03:20.121 bo'lgan alomatlarni topa oladi. 00:03:20.145 --> 00:03:23.382 Bundagi saboq qaysi biri tasniflash vazifasini 00:03:23.406 --> 00:03:25.484 yaxshi bajara olishida emas. 00:03:25.888 --> 00:03:27.727 Chunki narsalar doim o'zgarib turadi. 00:03:27.751 --> 00:03:29.319 Balki, 00:03:29.343 --> 00:03:32.703 inson va dastgoh qobiliyatini birlashtirish orqali 00:03:32.727 --> 00:03:37.678 superinsoniy vazifani bajarishda sheriklik yaratilishidir. 00:03:38.543 --> 00:03:41.483 Bu insoniy SI dir. NOTE Paragraph 00:03:42.787 --> 00:03:44.773 Keling, yana bir misolni olaylik. 00:03:44.797 --> 00:03:47.084 Bu tezlikni 00:03:47.108 --> 00:03:48.511 yaratishdir. 00:03:48.535 --> 00:03:50.576 Masalan, siz muhandissiz. 00:03:50.600 --> 00:03:52.717 Siz dron uchun rom yaratmoqchisiz. 00:03:52.741 --> 00:03:55.805 Siz uni eng yoqtirgan dasturli 3D dasturingizda tayyorlaysiz 00:03:55.829 --> 00:04:00.044 va shaklni hamda homashyolarni kiritasiz. So'ng siz bajarilishini tahlil qilasiz. 00:04:00.068 --> 00:04:01.412 Bu bitta dizaynni beradi. 00:04:02.162 --> 00:04:05.839 Agar siz o'sha dastgohlarni SI ga bersangiz, 00:04:05.863 --> 00:04:08.987 u minglab dizaynlarni yarata oladi. NOTE Paragraph 00:04:10.193 --> 00:04:12.127 Autodesk yaratgan ushbu video ajoyib. 00:04:12.151 --> 00:04:13.451 Bu haqiqatdan ham ajoyib. 00:04:14.092 --> 00:04:17.163 U biz dizayn qilgan narsani yaratadi. 00:04:17.187 --> 00:04:18.615 Muhandis inson dizayn bilan 00:04:18.639 --> 00:04:21.954 nimaga erishish kerakligini aytadi 00:04:21.978 --> 00:04:23.134 va mashina 00:04:23.158 --> 00:04:24.528 "Mana namunalar" deb 00:04:25.758 --> 00:04:28.698 ko'rsatadi va endi muhandisning vazifasi inson sifatida o'zi 00:04:28.722 --> 00:04:31.822 ma'qul deb biladigan, dizayn maqsadiga mos tushadigan 00:04:31.846 --> 00:04:35.185 variantni insoniy fikr va tajribaga asoslanib 00:04:35.209 --> 00:04:37.003 tanlaydi. 00:04:37.414 --> 00:04:38.994 Natijada yaratilgan mahsulot 00:04:39.018 --> 00:04:41.729 huddi tabiat yaratgan narsaday ko'rinadi. 00:04:41.753 --> 00:04:43.868 Bir necha million yillik evolyutsiya 00:04:43.892 --> 00:04:46.273 va shuncha keraksiz bo'lgan mo'yna. NOTE Paragraph 00:04:48.424 --> 00:04:53.096 Keling endi bu insoniy SI, agar biz uni ortidan ergashsak, qayerga yetaklab 00:04:53.120 --> 00:04:55.513 olib borishi mumkinligi haqida gaplashaylik. 00:04:56.118 --> 00:04:59.122 Biz hammamiz qanaqa rivojlanishni istaymiz? 00:04:59.529 --> 00:05:02.435 Kognitiv rivojlanishga nima deysiz? 00:05:03.904 --> 00:05:05.383 "Biz mashinalarni qanchalik 00:05:05.407 --> 00:05:07.468 aqlli qila olamiz?" deb so'rashni o'rniga, 00:05:07.492 --> 00:05:08.665 keling, "Ular bizni 00:05:08.689 --> 00:05:11.394 qanchalik aqlli qilishi mumkin?" deb so'raylik. 00:05:13.105 --> 00:05:14.885 Misol sifatida xotirani olaylik. 00:05:15.511 --> 00:05:18.457 Xotira bu inson intellektining asosidir. 00:05:19.767 --> 00:05:22.738 Lekin inson xotirasi kamchilikka egaligi hammaga ma'lum. 00:05:23.541 --> 00:05:25.615 Biz hikoya qilishda yaxshimiz, ammo uning 00:05:25.639 --> 00:05:27.590 detallarida unchalik emas. 00:05:27.614 --> 00:05:30.820 Va bizning xotiramiz vaqt o'tishi bilan sustlashadi. 00:05:30.844 --> 00:05:34.076 Ya'ni, 60-yillar qayga ketgan bo'lsa men ham o'sha yerga ketaman. NOTE Paragraph 00:05:34.100 --> 00:05:35.567 (Kulgu) NOTE Paragraph 00:05:36.648 --> 00:05:40.952 Ammo sizda kompyuter xotirasi singari xotira bo'lganda 00:05:42.158 --> 00:05:45.017 nima qilgan bo'lardingiz? 00:05:45.714 --> 00:05:48.503 Siz hayotingizda uchratgan har bir inson ismini eslab, 00:05:48.527 --> 00:05:50.473 ismini qanday qilib talaffuz qilishni, 00:05:50.497 --> 00:05:52.589 ularning oilasiga taaluqli detallarni, xatto 00:05:52.613 --> 00:05:54.576 so'nggi bor qachon gaplashganingizni 00:05:54.600 --> 00:05:57.255 eslay olganingizda nima bo'lardi? Sizda shunday xotira 00:05:57.279 --> 00:06:00.577 butun umr davomida bo'lsa, barcha insonlar bilan qilingan suhbatlarni 00:06:00.601 --> 00:06:02.018 ko'rish va ancha oldingi 00:06:02.042 --> 00:06:05.835 munosabatlaringizni eslashga yordam bera oladigan SI bo'lsa. 00:06:06.530 --> 00:06:11.596 Agarda SI siz o'qigan har qanday narsani o'qib bera olsa va eshitgan har qanday 00:06:11.620 --> 00:06:14.134 musiqasini kuylab bera olsa nima bo'lgan bo'lardi? 00:06:15.344 --> 00:06:19.083 Kichkinagina ishora bilan u sizga oldin eshitgan har qanday narsani 00:06:19.107 --> 00:06:21.220 eslatib bera olsa, siz yangi aloqalar qilish 00:06:21.931 --> 00:06:25.181 va yangi g'oyalar shakllantirish qobiliyatiga ega bo'lishni 00:06:25.205 --> 00:06:26.785 tasavvur qilib ko'ring. NOTE Paragraph 00:06:26.809 --> 00:06:28.797 Bizning tanamizchi? 00:06:29.732 --> 00:06:34.010 Biz yegan har bitta ovqatimiz, qabul qilgan tabletkamiz 00:06:34.034 --> 00:06:35.535 va yotishdan oldin qabul qilgan 00:06:36.485 --> 00:06:38.320 dori ta'sirini eslay olganimizdachi? 00:06:39.048 --> 00:06:41.758 Bizda to'plangan ma'lumotlardan kelib chiqib, nimalar 00:06:41.782 --> 00:06:45.642 o'zimizni yaxshi his qilishimizga undashi haqida ilmiy ish qilishimiz mumkin. 00:06:45.666 --> 00:06:48.142 Tasavvur eting, allergiya va surunkali kasalliklarni 00:06:48.166 --> 00:06:50.856 boshqarishimizda bu qanchalik qo'l kelishini. NOTE Paragraph 00:06:52.909 --> 00:06:57.883 Men SI shaxsiy xotirani kuchaytira olishiga ishonaman. 00:06:59.122 --> 00:07:01.946 Men qachon va qanday omillar bilan bog'liqligini aniq 00:07:02.627 --> 00:07:04.590 aytolmayman, ammo bu muqarrarligi aniq, 00:07:05.923 --> 00:07:10.750 chunki SI ni hozirgi kunda muvaffaqqiyatli qilgan narsa bu 00:07:10.774 --> 00:07:13.267 keng qamrovli ma'lumotlar bazasidir, 00:07:13.291 --> 00:07:16.839 mashinalarning ushbu bazadan har kunlik turmushda 00:07:16.863 --> 00:07:19.922 foydalana olishidadir. 00:07:20.505 --> 00:07:23.992 Ushbu ma'lumotlar bazasi hozir hammamiz uchun mavjud, 00:07:24.016 --> 00:07:27.884 chunki biz telefonda va online orqali 00:07:28.570 --> 00:07:30.705 raqamli, vositali hayot olib borayapmiz. NOTE Paragraph 00:07:31.833 --> 00:07:35.723 Mening fikrimcha, shaxsiy xotira bu xususiy xotiradir. 00:07:35.747 --> 00:07:39.684 Biz nimani eslash kerakligini o'zimiz tanlaymiz. 00:07:40.517 --> 00:07:44.181 Bu mutlaqo alohida saqlanishi kerak. NOTE Paragraph 00:07:45.294 --> 00:07:46.756 Hozir, bizning ko'pchiligimiz 00:07:46.780 --> 00:07:49.673 uchun rivojlangan shaxsiy xotira ta'siri 00:07:49.697 --> 00:07:52.432 yaxshilangan ruhiy yutuq bo'lardi. 00:07:52.456 --> 00:07:54.911 Ehtimol, bu ijtimoiy yutuq hamdir. 00:07:56.658 --> 00:08:01.305 Lekin Altsgeymer va ruhiy kasalligiga uchragan millionlab odamlar uchun 00:08:03.209 --> 00:08:05.412 rivojlangan xotira ularning hayotiga o'zgarish 00:08:05.436 --> 00:08:07.897 kiritishi ular hayotidagi yolg'izlik, qadr-qimmat, 00:08:09.016 --> 00:08:10.795 hamda o'zaro aloqadagi o'zgarishdir. NOTE Paragraph 00:08:12.166 --> 00:08:17.813 Biz hozir sun'iy intellektning renessans davri o'rtasida turibmiz. 00:08:18.652 --> 00:08:20.623 Ya'ni, o'tgan bir necha yil davomida 00:08:20.647 --> 00:08:24.278 biz yillar davomida kurashib kelayotgan 00:08:24.302 --> 00:08:28.272 SI muammolariga yechimni kuzatishimiz mumkin. 00:08:29.226 --> 00:08:31.893 Bu muammolar suhbatni anglash, yozuvni va rasmni 00:08:31.917 --> 00:08:33.237 fahmlashdan iborat edi. 00:08:34.177 --> 00:08:38.252 Biz bunday kuchli texnologiyani qanday foydalanishni o'zimiz tanlashimiz mumkin. 00:08:39.268 --> 00:08:44.132 Biz SI ni bizni avtomatlashtirish va biz bilan raqobatlasha olishi, 00:08:44.156 --> 00:08:48.133 yoki undan bizni rivojlantirishi va biz bilan birga ishlashi uchun, 00:08:48.157 --> 00:08:51.228 bizning kognitiv cheklovlarimizni yengish 00:08:51.252 --> 00:08:54.414 va biz qilayotgan ishni yaxshiroq bajarish maqsadida 00:08:54.438 --> 00:08:55.729 foydalanishimiz mumkin. 00:08:56.339 --> 00:09:02.843 Biz mashinalarga intellekt o'rnatishning yangi yo'llarini topganimiz sari, 00:09:02.867 --> 00:09:05.936 ushbu intellektni sharoitidan qat'iy nazar, 00:09:05.960 --> 00:09:08.341 har bir ko'makdoshga muhtoj bo'lgan odamga 00:09:08.365 --> 00:09:11.899 yordam berishga hissamizni qo'shishimiz mumkin. 00:09:13.189 --> 00:09:14.718 Shuning uchun, 00:09:14.742 --> 00:09:17.903 har safar mashina aqlliroq bo'lgani sari 00:09:18.628 --> 00:09:20.032 biz aqlliroq bo'lamiz. NOTE Paragraph 00:09:21.028 --> 00:09:24.761 Shu sababli SI boshqalar bilan ulashishga arziydi. NOTE Paragraph 00:09:24.785 --> 00:09:25.967 Rahmat. NOTE Paragraph 00:09:25.991 --> 00:09:29.964 (Qarsaklar)