Ushbu dars "Parametrlarli qo'shiq yozish" deb ataladi. Bu yerda bir nechta qo'shiq yozamiz Ba'zan qo'shiqlarda naqarot har safar biroz o'zgarishi mumkin. Qari Mcdonald fermasini eslasangiz kerak? Barcha hayvonlar uchun naqarot bir oz boshqacha. Bu fermada uning sigir bo'lgan, a-i-i-I-o edi. Bu qo'shiq naqarotidagi kichik o'zgarishlar bizga parametrlarni tushuntirishga yordam berishi mumkin. Ba'zan funksiyaga parametr kerak bo'ladi. Parametr maxsus ehtiyojlar uchun funksiyani o'zgartirishga imkon beradigan qo'shimcha ma'lumot qismidir. Do'stlaringiz bilan muzqaymoq qilganingizda, kompyuter dasturidagi funksiya parametriga o'xshash jarayonni amalga oshirasiz. Muzqaymoq hamma uchun bir xil bo'lishi mumkin, lekin do'stlarinngizdan "topping" - ustiga nima qo'shishni so'raganingizda, ular turli xil kombinatsiyalarni xohlaydi. Funksiya nomi "topping", lekin topping turlarining har biri parametr bo'ladi. Funksiyalar va parametrlar katta kompyuter dasturlarini yaratish va mukammal muzqaymoq ishlab chiqarish uchun birgalikda ishlaydi.