Buvingiz sizni yoshligidagi jasurligi bilan lol qoldirsa ham, siz buvingiz trapez ustasi bo'lganiga ishonishingiz qiyin bo'lsa kerak. Ammo bel va tirsakdagi og'rig', qariyalar orasida keng tarqalgan tizza qirsillashi shunchaki “qarilik” emas. Aslida, bog'imdagi qotish holati ko'plab yoshlarni ham azoblantiradi. Sabachisi artrit. Bu kasallik bo’g’imlarda yallig’lanish va og’riq keltiradi. AQShda 90 million kishilarda mavjud. Ammo qotgan va qirsillaydigan bo'g'imlar muqarrar holatmi? Nima sababdan artrit ko'p uchraydiga kasallik va nima uchun haligacha bu keng tarqalgan kasallikga da'vo topmadik? Birinchi to'siq bu artritning yuzta turli hil holatlardan iboratligi. Bu barcha holatlarda bo'gimda og'riq hamda yallig'lanish kuzatiladi. Ammo, bularni nima keltirishi hamda simptomlar avjligi farqlanadi. Hattoki, eng tarqalgan turi osteoartritni oldini olish biz oylagandek oson emas. Artrit aynan bir yosh guruhiga munosibligi notog'ri tushunchadir. Osteoartrit sababi ko'pincha bemorning yoshligidagi oddiy jarohat tufayli yuzaga kelgani aniqlanishi mumkin. Immunitet hujayralari tezda shikastlangan joyni tozalash va tiklashga yordam berib, fermentlarni ishlab chiqaradi. Bu fermentlardan bir turlari bu matritca metalloproteinazlari va agrekanazlaridir. Bular shikastlangan joydagi toqimalarni tozalaydi va yallig'lanishni qozg'atadi. Tez shishish tizza bog'imining tiklanish vaqtida himoya qilsa ham, lekin toqimar to'liq bitmasa immunitet hujayralari vaqtdan ortiq qolib ketadi. Fermentlar to'htamay ishlab chiqarilishi to'g'ayni yemiradi, bo'g'imni kuchsizlantiradi, va artrit holatini yaratadi. Artritning barcha turlari o'tmishdagi sport shikasti tufayli emasdir. AQShda 1, 3 million kishida uchraydigan romatoid artritini misol qilib olamiz. Bu kasallik aslida autoimmun kasalligidir, autoantitanalar tabiiy holda ishlab chiqariladigan oqsillarga hujum qiladi. Bu oqsillardan bir turini bog'im tog'ayi ishlab chiqaradi. Bunga sababchi nima ekanligi hali ham no'malum. Ammo, hulosa shuki organizm bog'im toqimasini horijiy bosqinchi deb ko'radi. Immunitet hujayralari toqimani sozlashga hojat bo'lmasa ham bostirib kiradi. Bu reaktciya surunkali yallig'lanishga olib borib, suyak va to'g'ayni yemiradi. Yana bitta kassalik turi, spondiloartrit, bu paytgacha etib otilgan kasalliklarga o'hshash joylari bor. Bemorlar bog'imlarida doimiy yallig'lanish kuzatiladi, Bu holat pay va chandirlar suyakka qoshiladigan, hattoki avval shikast yetqazilmagan joylarda ham kuzatiladi. Fermentlar toshib kelib, osteoartritdagi yemirilish holatiga oboradi. Ammo, buni sababchisi sitokin oqsillari bo'ladi. Fermentlar to'g'ayni yemirgani sari, organizm kichik bo'g'imlarni qo'shib ularni barqarorlashtirishga urinadi. Bu jarayon paytida ba'zan suyak shporalari deb ataladigan o'simtalar paydo bo'ladi, bu o'simtalar kuchli bo'g'im og'rig'i va zichlanishiga sabab bo'ladi. Artrit kasalligini keltiradigan omillar ko'p. Shu bois hozirda faqat alomatlarni da'volash usullari qollanadi, kasallik sababchilarini emas. Bu usullarning biri МАТХ metodi bo'lib, to'g'ayning bo'laklaridan hujayralar to'planib, ulardan yangi toqima yasaladi. Boshqa bitta usul bu mikrofraktura. Hirurglar kickik teshiklar yaratib, ular orqali suyak iligidan ildiz hujayralari oqib chiqib yangi to'g'ay yaratadi. Eng ohorgi chora to'g'ayi butunlay yemirilgan bemorning toliq bo'g'imini almashtiriluvi. Ammo bu kabi keskin choralar bo'lsa ham autoimmun artritni yaratuvchi sabablarini da'volash hali ham mushkul masaladir. Olimlar NOF-alfa oqsil terapiya usullarini qollab oldinga ketayaptilar. Bu oqsil romatid artrit yallig'lanishing asosiy sababchilaridar biridir. Ammo, bu usul ham kasallik sababini emas, kasallik alomatlarini da'volaydi holos. Bu orada esa, artrit oldini olishning eng yanhshi himoyasi bu hayot tarzidir, misol sog'lom vazn ushlash, bu bo'g'imlarga bosimni tushiradi, yoki yoga va velosiped minish kabi oson mashq'ulotlar bajarish, va chekmaslik. Bu kabi artrit oldini oladigan faoliyatlar uzoq umr kechirishimizga yordam beradi. Bizlar turli hil artrit kasalliklarini da'volash yollarini tadqiqot yoli bilan izlashni davom etamiz.