0:00:03.700,0:00:05.600 Dasturlashni 8-sinfdaligimda o‘rganganman. 0:00:05.700,0:00:07.000 Men birinchi marta 0:00:07.000,0:00:10.500 ekranga yashil aylana va qizil kvadrat chiqarishni o‘rgangandim. 0:00:10.700,0:00:13.400 Dasturlashni o‘rganish unchalik qiyinmas, doimiy yangi buyruqlarni o‘rganib borish kerak, 0:00:13.400,0:00:16.400 oxir-oqibat sizda shunchalik ko‘p bilim va ko‘nikma shakllanadiki, ular bilan xohlagan ishingizni qila olasiz. 0:00:17.700,0:00:22.330 Informatika — bu faqat kompyuter qanday ishlashini va qanday o‘ylashini o‘rganishdir, 0:00:22.330,0:00:24.700 shunday ekan siz unga yangi ishlarni bajarishni o‘rgatishingiz mumkin. 0:00:24.800,0:00:28.100 Bugungi kunda informatika orqali qila oladigan ishlaringiz talaygina. 0:00:28.200,0:00:31.200 Menimcha, dasturlash — super qudratga ega bo‘lish uchun eng yaqin soha. 0:00:31.300,0:00:34.200 (Tanya: informatika talabasi) Keyingi soatda dasturlashning 0:00:34.200,0:00:36.000 tub mohiyatini o‘rgatadigan o‘yin o‘ynaymiz. 0:00:36.000,0:00:39.500 Odatda, dasturlash matn ko‘rinishida bo‘ladi, lekin biz 0:00:39.600,0:00:43.200 siz dastur yaratishingizga qulay, olib joylaydigan bloklardan foydalanamiz. 0:00:43.200,0:00:46.000 Bularning tagida siz kod yozayapsiz. 0:00:46.000,0:00:49.400 Boshlanishida biz shunday kod tuzamizki, 0:00:49.400,0:00:54.000 u mana bu jahldor qushchaga labirint bo‘ylab yurib, tuxumini o‘girlagan zolim cho‘chqachani tutadi. 0:00:54.000,0:00:56.600 Oyna uch asosiy qismdan iborat. 0:00:56.600,0:01:00.000 Chap qismda dastur ishga tushadigan labirint joylashgan. 0:01:00.000,0:01:04.000 Har bir tur uchun qo‘llanmalar labirint pastida yozilgan. 0:01:04.000,0:01:06.000 O‘rtadagi soha bu asboblar qutisi, 0:01:06.000,0:01:10.200 undagi har bir blok qushcha tushunadigan buyruqlar. 0:01:10.200,0:01:13.000 O‘ngdagi oq soha esa ishchi qism 0:01:13.000,0:01:15.100 va bu yerda biz o‘z dasturimizni quramiz. 0:01:15.100,0:01:21.000 Agar men “yurish” ("move") blogini olib, ishchi qismga tashlab, “bajar” ("run")ni bossam, nima bo‘ladi? 0:01:21.000,0:01:23.500 Qushcha bir qadam oldinga yuradi. 0:01:23.500,0:01:28.000 Agar men qushcha bir qadam tashlagandan keyin biror ish qilishini xohlasamchi? 0:01:28.000,0:01:30.300 Men dasturga boshqa blok ham qo‘sha olaman. 0:01:30.300,0:01:33.900 “Chapga burilish” ("turn right") blogini tanlab, 0:01:33.900,0:01:37.000 “yurish” ("move") blogining tagiga sariq strelka paydo bo‘lmaguncha olib kelamiz. 0:01:37.000,0:01:41.000 Shundan keyin uni qo‘yib yuboramiz va bu ikkala blok birlashadi. 0:01:41.000,0:01:45.000 Agar “bajar” ("run") tugmasini yana bossam, 0:01:45.000,0:01:47.000 qushcha ishchi qismdagi birlashgan buyruqlarni tepadan pastga qarab bajaradi. 0:01:47.000,0:01:49.000 Agar biror blokni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, 0:01:49.000,0:01:52.000 uni olib, axlat qutisiga tashlaysiz. 0:01:52.000,0:01:57.800 “Bajar” ("run") tugmasini bosganingizdan keyin qushchani boshlang‘ich o‘rniga qaytarish uchun “tiklash” ("reset") tugmasini bosasiz. 0:01:57.800,0:01:59.500 Keling endi shu cho‘chqachalarni tutamiz!