Dasturlashni 8-sinfdaligimda o‘rganganman. Men birinchi marta ekranga yashil aylana va qizil kvadrat chiqarishni o‘rgangandim. Dasturlashni o‘rganish unchalik qiyinmas, doimiy yangi buyruqlarni o‘rganib borish kerak, oxir-oqibat sizda shunchalik ko‘p bilim va ko‘nikma shakllanadiki, ular bilan xohlagan ishingizni qila olasiz. Informatika — bu faqat kompyuter qanday ishlashini va qanday o‘ylashini o‘rganishdir, shunday ekan siz unga yangi ishlarni bajarishni o‘rgatishingiz mumkin. Bugungi kunda informatika orqali qila oladigan ishlaringiz talaygina. Menimcha, dasturlash — super qudratga ega bo‘lish uchun eng yaqin soha. (Tanya: informatika talabasi) Keyingi soatda dasturlashning tub mohiyatini o‘rgatadigan o‘yin o‘ynaymiz. Odatda, dasturlash matn ko‘rinishida bo‘ladi, lekin biz siz dastur yaratishingizga qulay, olib joylaydigan bloklardan foydalanamiz. Bularning tagida siz kod yozayapsiz. Boshlanishida biz shunday kod tuzamizki, u mana bu jahldor qushchaga labirint bo‘ylab yurib, tuxumini o‘girlagan zolim cho‘chqachani tutadi. Oyna uch asosiy qismdan iborat. Chap qismda dastur ishga tushadigan labirint joylashgan. Har bir tur uchun qo‘llanmalar labirint pastida yozilgan. O‘rtadagi soha bu asboblar qutisi, undagi har bir blok qushcha tushunadigan buyruqlar. O‘ngdagi oq soha esa ishchi qism va bu yerda biz o‘z dasturimizni quramiz. Agar men “yurish” blogini olib, ishchi qismga tashlab, “bajar”ni bossam, nima bo‘ladi? Qushcha bir qadam oldinga yuradi. Agar men qushcha bir qadam tashlagandan keyin biror ish qilishini xohlasamchi? Men dasturga boshqa blok ham qo‘sha olaman. “Chapga burilish” blogini tanlab, “yurish” blogining tagiga sariq strelka paydo bo‘lmaguncha olib kelamiz. Shundan keyin uni qo‘yib yuboramiz va bu ikkala blok birlashadi. Agar “bajar” tugmasini yana bossam, qushcha ishchi qismdagi birlashgan buyruqlarni tepadan pastga qarab bajaradi. Agar biror blokni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, uni olib, axlat qutisiga tashlaysiz. “Bajar” tugmasini bosganingizdan keyin qushchani boshlang‘ich o‘rniga qaytarish uchun “tiklash” tugmasini bosasiz. Keling endi shu cho‘chqachalarni tutamiz!