Ushbu dars "ajoyib sikl" deb ataladi. Ushbu darsda biz o'yin uchun bir qator raqamlar ishlatamiz. Har bir o'yinchi uch marta shashqoltosh tashlab boshlang'ich qiymat, to'xtash qiymati va intervalni aniqlaydi. Har bir yurishda biz boshlang'ich qiymat va u bilan farqi butun intervalga teng qadam bilan sonlarni belgilaymiz. Biz stop qiymatiga erishganimizda harakatni to'xtatamiz. Eng ko'p ball olgan o'yinchi g'olib hisoblanadi! "Ajoyib sikl" ko'p hollarda foydali bo'lishi mumkin. Masalan, agar meteorolog bo'lsangiz, doim "ajoyib sikl"dan foydalanasiz. Salom, men Becky. Men meteorologman, shamollarni o'rganaman. Men kompaniyamizning shamol elektr stansiyalari qo'yilgan Kolumbiya daryosining daralari hududi uchun shamol tezligini prognoz qilaman. Biz qancha shamol bo'lishini tushunishga harakat qilamiz, bu bilan biz qancha elektr energiyasiga ega bo'lishimizni bilamiz. So'ng, ushbu ma'lumotni treyderlarga real vaqtda taqdim etamiz. Ular energiyani sotish va sotib olishda ishlab chiqiladigan energiya hajmini bilishi va bu bilan tarmoq ishi muvozanatda bo'lishi va shamol stansiyalari berishi mumkin bo'lgan energiya samarali ishlatilishiga ishonch hosil qilishlari kerak. Biz Portlenddagi Kaban Troller qayta tiklanuvchi energiya Milliy boshqaruv markazidamiz, 21 00:01:50,660 --> 00:01:56,000 ayni shu yerda biz mamlakat bo'ylab joylashgan fermalar haqida ma'lumotni olamiz. Hatto eng kuchli kompyuterlar ham atmosferani hamma joyda imitatsiya qila olmaydi. Kompyuter prognozlash modellarida bizda grid - panjara deb nomlangan narsa bor. Tarmoqning har bir nuqtasi kenglik va uzunlikdir. Biz fizikani hisoblashimiz kerak, shamol tezligini taxmin qilishimiz, haroratni, bosimni va boshqalarni bilishimiz kerak. Bu juda katta grid va biz bu hisoblashlarni turli nuqtalarda qilamiz. Biz bular ustidan millionlab marta o'tamiz. Men qiladigan bitta narsa, men sikldan foydalanaman. Bunda, masalan, sikl bu yerda. Shamolni taxmin qilganingizda, bu prognozga kiritilgan turli xil parametrlar mavjudligini anglatadi, odam bu hisob-kitoblarni astoydil o'tirib ham qila olmaydi. Shamolga ta'sir qiladigan juda ko'p turli jihatlar mavjud shuning uchun biz buni taxmin qiladigan kompyuter modelidan foydalanamiz.