Ushbu dars "Konvertlardagi o'zgaruvchilar" deb ataladi. Bunda biz ba'zi ma'lumotlarga ega bo'lmagan hollarda gap tuzishni o'rganamiz. Ko'pchiligimiz allaqachon bunday bo'shliqlarni to'ldirish haqida tushuncha va tajribaga ega. Biz uy vazifamizda ismimizni yozganda ayni shuni qilamiz. Ba'zan biz bir nechta bo'shliqni to'ldirishimiz kerak bo'ladi va bu holatda, biz u yerda qanday ma'lumot borligini bilish uchun belgi qilamiz. O'zgaruvchilar o'zgarishi mumkin bo'lgan ma'lumot o'rnida ishlatiladi. Yo'q ma'lumot o'rniga o'zgaruvchini qo'shsak, biz qilayotgan ishimiz ustida ishlashni davom ettira olamiz va boshqalarga ushbu ma'lumotni keyinroq to'ldirishga ruxsat beramiz. Dasturiy ta'minotda o'zgaruvchilardan juda ko'p foydalanamiz. O'zgaruvchilarni ism, elektron pochta manzili va login uchun agregat sifatida ishlatamiz. Shunday qilib, foydalanuvchi uni to'ldirgandan so'ng, ushbu ma'lumot qayerda paydo bo'lishi dasturga aytishimiz mumkin. Biz doimo o'zgaruvchilardan foydalanamiz. Har safar, ma'lumotlarni keyinchalik ishlatish kerak bo'lganda, uni saqlab qolish uchun o'zgaruvchilardan foydalanamiz. Aytaylik, foydalanuvchi qilgan tvitlar sonini hisoblashimiz kerak. Har safar foydalanuvchi tvit qilganda biz tegishli qiymatga bir qo'shamiz. Va har safar foydalanuvchi tvitni o'chirganda, biz bu qiymatdan birni yairamiz. Qachonki biz foydalanuvchi qancha tvit qilganini bilmoqchi bo'lsak, shu o'zgaruvchi qiymatiga qaraymiz xolos.