1 00:00:00,952 --> 00:00:02,341 Barchaga salom. 2 00:00:02,793 --> 00:00:05,183 Yuzimning yarmida soqol yoʻqligini sezgandirsiz-a? 3 00:00:05,603 --> 00:00:07,746 Yoʻq, bu bahsni boy berganimdan emas. 4 00:00:07,770 --> 00:00:10,723 Ancha yillar oldin juda jiddiy kuyishni boshdan kechirganman. 5 00:00:10,747 --> 00:00:12,810 Natija:butun tanam chandiqlar bilan qoplandi 6 00:00:12,834 --> 00:00:14,682 jumladan, yuzimning oʻng tarafi ham. 7 00:00:14,682 --> 00:00:17,450 Shu sababli, yuzimning yarmida teri tuklari oʻsmaydi. 8 00:00:17,450 --> 00:00:19,817 Bu deyarli simmetrik koʻrinadi shundaymi? 9 00:00:19,889 --> 00:00:22,976 Xullas, yuz tuklarini muhokama qilib boʻldig-a? 10 00:00:23,000 --> 00:00:25,788 Keling, endi ijtimoiy fanlarga oʻtamiz. 11 00:00:25,788 --> 00:00:31,443 Ayniqsa, insoniyatning imkoniyat chegarasi va u hozirgacha erisha olgan nuqta farqiga 12 00:00:31,621 --> 00:00:33,279 eʼtibor qaratishni istardim. 13 00:00:33,279 --> 00:00:35,624 Ahamiyat bersak, ular oʻrtasidagi tafovvut katta. 14 00:00:35,624 --> 00:00:38,247 Qanday sohada boʻlmasin, biz erisha oladigan narsalar va 15 00:00:38,247 --> 00:00:40,482 erishganimiz oʻrtasida juda katta boʻshliq bor. 16 00:00:40,482 --> 00:00:42,653 Sizga bir savolim bor: 17 00:00:42,677 --> 00:00:46,658 orangizda qanchangiz avvalgi oyda oʻz meʼyoringizdan ortiq ovqatlandingiz? 18 00:00:46,662 --> 00:00:48,850 Shunchaki oʻrtacha qilib olganimizda. Yaxshi. 19 00:00:48,964 --> 00:00:53,276 Orangizdan qanchangiz oʻtgan oy keragidan kam jismoniy mashq bajardingiz? 20 00:00:53,320 --> 00:00:56,409 Xoʻp. Orangizdan qanchangiz uchun hozirgi qoʻl koʻtarish mashqlari 21 00:00:56,443 --> 00:00:58,323 bugun uchun yagona badantarbiya boʻldi? 22 00:00:58,397 --> 00:01:00,609 (Kulgu) 23 00:01:01,519 --> 00:01:05,308 Orangizda mashina haydayotib bir marta boʻlsa ham xabar yozishganlar bormi? 24 00:01:06,050 --> 00:01:09,386 Yaxshi, vijdonan javob berishga oʻtdik. Keling, vijdoningizni sinaymiz. 25 00:01:09,430 --> 00:01:11,582 Shu yerdagilarning qanchasi oʻtgan oy davomida 26 00:01:11,606 --> 00:01:14,342 xojatxonadan chiqayotib doim ham qoʻlini yuvmagan? 27 00:01:14,446 --> 00:01:15,894 (Kulgu) 28 00:01:15,928 --> 00:01:17,352 Ha, vijdon biroz pand berdi. 29 00:01:17,376 --> 00:01:21,003 Aytgancha, biz mashina haydab, telefon ishlatganimizni oson tan oldik. 30 00:01:21,027 --> 00:01:23,076 Lekin qoʻlimizni yuvmaslikka kelganda esa... 31 00:01:23,100 --> 00:01:24,800 (Kulgu) 32 00:01:25,389 --> 00:01:26,666 Bunday misollar juda koʻp 33 00:01:26,690 --> 00:01:29,553 Muammo shundaki, biz qila olishimizga imonimiz komil boʻlgan 34 00:01:29,617 --> 00:01:31,521 narsalar, vaziyatlar juda koʻp. 35 00:01:31,545 --> 00:01:35,185 Biz umuman boshqa odam boʻlishimiz mumkin, biroq harakatlarimiz boshqacha. 36 00:01:35,209 --> 00:01:37,462 Oʻrtadagi tafovvutni qanday yengish mumkin? 37 00:01:37,486 --> 00:01:39,961 Javobi oddiy: "Boshqalarni xabardor qiling" 38 00:01:39,985 --> 00:01:43,323 Masalan, atrofingizdagilarga rulda telefon ishlatish xatarliligi ayting 39 00:01:43,357 --> 00:01:45,931 "Bu xavfli ekanligini bilmaysanmi? Boshqa bunday qilma" 40 00:01:45,951 --> 00:01:49,182 Odamlarga nimadir xatarli ekanligini aytsangiz, ular buni toʻxtatadi. 41 00:01:49,206 --> 00:01:50,892 Rulda telefon ishlatish bir misol. 42 00:01:50,916 --> 00:01:52,728 Yana bir achinarli misol: 43 00:01:52,788 --> 00:01:53,718 AQSh yiliga 44 00:01:53,718 --> 00:01:58,652 700-800 million dollarni "moliyaviy savodxonlik" yoʻlida sarflaydi 45 00:01:59,331 --> 00:02:02,210 Bundan natija nima? 46 00:02:02,305 --> 00:02:05,098 Yaqinda moliyaviy savodxonlikka oid barcha tadqiqotlar 47 00:02:05,392 --> 00:02:07,854 oʻrganib chiqildi. Jarayon "meta-analiz" deyiladi. 48 00:02:08,191 --> 00:02:11,316 Ularning aniqlashlariga koʻra, insonlarga moliyaviy savodxonlikdan 49 00:02:11,398 --> 00:02:12,922 dars oʻtilayotganini aytsangiz, 50 00:02:13,026 --> 00:02:15,403 ular maʼlumotlarni oʻrganib, yaxshi eslab qoladilar 51 00:02:15,527 --> 00:02:18,390 Biroq oʻrganganlarini amalda qoʻllashadimi? Yoʻq, kamdan-kam. 52 00:02:18,524 --> 00:02:20,803 Oʻquv dasturi yakunidagi hisoblashlar 53 00:02:20,907 --> 00:02:22,768 savodxonlik 3-4% ga oshganini koʻrsatdi 54 00:02:22,842 --> 00:02:24,628 Biroz oʻtib koʻrsatkich yana pasaydi 55 00:02:24,702 --> 00:02:26,409 Qarabsizki, 56 00:02:26,433 --> 00:02:29,322 yakuniy oʻsish – 0,1%. 57 00:02:29,506 --> 00:02:33,048 Ha, 0 emas, lekin shunda ham 0 ga juda-juda yaqin. 58 00:02:33,222 --> 00:02:34,660 (Kulgu) 59 00:02:34,964 --> 00:02:37,345 Mana shu holat men uchun achinarli. 60 00:02:37,389 --> 00:02:39,922 Gap shundaki, odamlarga shunchaki maʼlumotni yetkazish 61 00:02:39,936 --> 00:02:43,024 doim ham ularning harakatlarini yaxshi tomonga oʻzgartira olmaskan 62 00:02:43,024 --> 00:02:44,183 Unda nima qilish kerak? 63 00:02:44,207 --> 00:02:47,060 Bu borada ijtimoiy fanlar bir necha yechim bera oladi. 64 00:02:47,084 --> 00:02:50,787 Eng birinchi qadam shuki, kishining harakatlarini oʻzgartirish uchun 65 00:02:50,811 --> 00:02:52,796 dastlab uning muhitini oʻzgartirish lozim 66 00:02:53,232 --> 00:02:56,101 Demak, insonni emas, muhitni oʻzgartirish kerak 67 00:02:56,295 --> 00:03:00,173 Keling, sizga buni oddiy soʻzlar bilan tushuntiraman. 68 00:03:00,197 --> 00:03:02,219 Buning uchun xulq-atvorni oʻzgartirishni 69 00:03:02,243 --> 00:03:05,299 fazoga raketa joʻnatishga qiyoslaylik. 70 00:03:05,602 --> 00:03:08,166 Fazoga raketa uchirish paytida ikki narsani 71 00:03:08,190 --> 00:03:09,636 esda saqlashimiz lozim. 72 00:03:09,660 --> 00:03:12,117 Birinchisi – qarshilikni kamaytirish. 73 00:03:12,141 --> 00:03:15,117 Raketaning aerodinamikasini taʼminlash uchun 74 00:03:15,175 --> 00:03:17,366 uning qarshilik kuchi kichik boʻlishi kerak. 75 00:03:17,390 --> 00:03:20,913 Ikkinchi vazifamiz – unga koʻp miqdorda yoqilgʻilarni joylashdir. 76 00:03:20,937 --> 00:03:24,921 Shunda u vazifalarni bajarish uchun yetarli quvvatga ega boʻladi. 77 00:03:25,461 --> 00:03:27,827 Xulq-atvorni oʻzgartirish ham shunday. 78 00:03:27,851 --> 00:03:30,226 Muhokamani qarshilikdan boshlaylik 79 00:03:31,345 --> 00:03:34,275 Sizga aytib bermoqchi boʻlgan bir tadqiqotimizda 80 00:03:34,299 --> 00:03:37,412 onlayn dorixona bilan ish olib bordik. 81 00:03:37,436 --> 00:03:39,387 Tasavvur qiling, doktor huzuriga bordingiz 82 00:03:39,411 --> 00:03:41,053 Muolajangiz uzoq davom etarkan. 83 00:03:41,077 --> 00:03:43,914 Shifokor sizga zarur dorilarni yozib berdi. 84 00:03:43,938 --> 00:03:46,232 Siz yuqoridagi onlayn dorixona bilan 85 00:03:46,256 --> 00:03:49,499 shartnoma tuzdingiz va har 90 kunda pochta orqali dorilarni oldingiz. 86 00:03:49,519 --> 00:03:51,669 Har 90 kunda dori, dori, dori. 87 00:03:52,062 --> 00:03:55,792 Onlayn dorixona oʻz mijozlariga 88 00:03:55,806 --> 00:03:58,566 brend dorilardan arzonroqiga oʻtishni taklif qilishmoqchi. 89 00:03:58,846 --> 00:04:01,230 Ular email orqali mijozlarga shunday xat yozishadi: 90 00:04:01,254 --> 00:04:03,558 "Iltimos, arzonroq dorilarga oʻting. 91 00:04:03,582 --> 00:04:07,009 Bunda siz ham, biz ham, sizning boshligʻingiz ham pul tejaydi". 92 00:04:07,033 --> 00:04:08,411 Xoʻsh, odamlar nima qilarkan? 93 00:04:08,657 --> 00:04:09,808 Hech nima. 94 00:04:09,832 --> 00:04:12,310 Dorixonadagilar turli usullarni qoʻllab koʻrishdi. 95 00:04:12,334 --> 00:04:15,426 Natija boʻlmagach, bir ajoyib taklif eʼlon qilishdi. 96 00:04:15,450 --> 00:04:17,399 Unda yozilishicha: 97 00:04:17,423 --> 00:04:21,117 "Agar arzonroq dorilarga oʻtsangiz, 1 yil davomida ular tekin boʻladi". 98 00:04:21,141 --> 00:04:22,648 1 yil tekin. Bu ajoyibku! 99 00:04:23,179 --> 00:04:26,027 Mijozlarning necha foizi taklifni qabul qildi deb oʻylaysiz? 100 00:04:27,067 --> 00:04:28,466 10% dan kami. 101 00:04:29,104 --> 00:04:31,342 Shunda dorixona xodimlari oldimga keldi. 102 00:04:31,366 --> 00:04:32,815 Ular norozi edilar. 103 00:04:33,491 --> 00:04:34,792 Mening aybim nima deysizmi? 104 00:04:34,826 --> 00:04:37,791 Men "oʻziga tortuvchi tekin narsa" mavzularida koʻp yozgandim. 105 00:04:37,791 --> 00:04:40,748 Ularda shunday deyilgandi, agar biror narsaning narxini 106 00:04:40,768 --> 00:04:43,952 10 sentdan 1 sentga tushursangiz, savdoda katta oʻzgarish boʻlmaydi 107 00:04:43,976 --> 00:04:46,892 Uni 1 sentdan 0 sentga oʻzgartirsangiz esa odamlar xursand. 108 00:04:46,916 --> 00:04:47,988 (Kulgu) 109 00:04:48,012 --> 00:04:51,293 Dorixona xodimlari: "Qara, sening gapingga kirib, tekin qildik. 110 00:04:51,317 --> 00:04:52,625 Nega bu ish bermayapti? 111 00:04:52,649 --> 00:04:53,878 Gap nimada?" – deyishdi. 112 00:04:54,314 --> 00:04:57,063 "Balki gap qarshilik kuchidadir",– dedim men. 113 00:04:57,408 --> 00:04:59,132 Ular tushunmadi. Ularga tushuntirdim: 114 00:04:59,206 --> 00:05:01,098 "Odamlar brend dorilarga yozilishgan. 115 00:05:01,122 --> 00:05:03,839 Ular hech narsa qilishmasa ham, shu dorilarni olaverishadi 116 00:05:03,873 --> 00:05:07,170 Oddiy dorilarga oʻtish uchun ular bu haqida xabar berishlari lozim. 117 00:05:07,194 --> 00:05:08,839 Buning uchun esa, 118 00:05:08,843 --> 00:05:10,750 ular sizga javob xati yozishlari kerak". 119 00:05:10,760 --> 00:05:12,940 Buni "hayratlantiruvchi dizayn" deb nomlaymiz. 120 00:05:12,950 --> 00:05:15,378 Bu yerda ikki xil jarayon bir vaqtda sodir boʻlyapti 121 00:05:15,402 --> 00:05:17,089 Brend vs oddiy 122 00:05:17,113 --> 00:05:19,745 hamda hech nima qilmaslik vs harakat. 123 00:05:19,896 --> 00:05:22,290 Shunda ularning joyini almashtirishni taklif qildim 124 00:05:22,417 --> 00:05:25,894 Mijozlarga: "Biz sizlarni arzon dorilarga aʼzo qilmoqchimiz. 125 00:05:25,958 --> 00:05:27,590 Sizdan hech narsa talab qilinmaydi 126 00:05:27,614 --> 00:05:30,752 brend dorilar bilan qolmoqchi boʻlsangiz, xabar bering", desakchi? 127 00:05:30,766 --> 00:05:31,820 (Kulgu) 128 00:05:31,834 --> 00:05:33,045 Toʻgʻrimi? 129 00:05:33,490 --> 00:05:34,837 Nima boʻldi deb oʻylaysiz? 130 00:05:36,471 --> 00:05:38,389 Advokatlar, advokatlar murojaat qilishdi 131 00:05:38,413 --> 00:05:41,742 (Kulgu) 132 00:05:43,967 --> 00:05:45,862 Maʼlum boʻlishicha, bu qonunga zid ekan. 133 00:05:45,886 --> 00:05:49,284 (Kulgu) 134 00:05:51,398 --> 00:05:54,346 Aytgancha, ijodkorlik va gʻoyalarni rivojlantirish uchun 135 00:05:54,370 --> 00:05:56,924 noqonuniy yoki nojoiz ishlar haqida oʻylash yaxshi. 136 00:05:56,948 --> 00:06:00,398 Agar u amalga koʻchmay, faqat miyada qolsa. 137 00:06:00,422 --> 00:06:01,772 (Kulgu) 138 00:06:01,796 --> 00:06:03,598 Biroq masalaning negiziga qarasak, 139 00:06:03,622 --> 00:06:07,621 chindan ham, brendli dorilarni olish uchun mijoz hech qanday ish qilishi kerak emas. 140 00:06:07,645 --> 00:06:11,550 Men taklif qilgan noqonuniy gʻoyada esa, aksi– arzon dorini shundoq ham olaverasiz 141 00:06:11,554 --> 00:06:14,956 Mening gʻoyam ish bermagach,biz ikki taraf ham birlashgan nuqtani topdik 142 00:06:14,966 --> 00:06:16,270 E-mailda shunday yozdik: 143 00:06:16,294 --> 00:06:18,317 Agar xabarga javob yozmasangiz, 144 00:06:18,341 --> 00:06:20,501 dori yetkazishni toʻxtatishga majbur boʻlamiz. 145 00:06:21,083 --> 00:06:24,846 Javob xatingizda n narxli brend yoki m narxli oddiy dorini tanlaganingizni 146 00:06:24,870 --> 00:06:26,472 yozib joʻnatishingizni soʻraymiz. 147 00:06:26,846 --> 00:06:28,752 Ana endi ular bir nima qilmasa boʻlmaydi 148 00:06:28,776 --> 00:06:30,751 Ikki tomonda ham bir xil shart shundaymi? 149 00:06:30,785 --> 00:06:33,546 Hech nima qilmasdan biriga erishishning iloji yoʻq vaziyat 150 00:06:33,570 --> 00:06:35,522 Necha foiz odatiy dorilarga oʻtdi deysiz? 151 00:06:36,278 --> 00:06:37,796 Aksariyat odamlar. 152 00:06:38,108 --> 00:06:39,401 Xoʻsh, bu nimani anglatadi? 153 00:06:39,425 --> 00:06:41,946 Kishilar oddiy dorilarni afzal koʻradimi yo brendni? 154 00:06:41,994 --> 00:06:43,380 Bir narsa aniq: 155 00:06:43,774 --> 00:06:46,013 xatlarga javob berishni yomon koʻramiz. (kulgu) 156 00:06:46,037 --> 00:06:50,940 Mana shu birinchi xulosamiz boʻldi: kichik narsalar muhim ahamiyatga ega. 157 00:06:50,964 --> 00:06:53,966 Demak, qarama-qarshilikni aniqlash uchun istalgan vazifani olib, 158 00:06:54,010 --> 00:06:56,657 uning qaysi qismida qarama-qarshilik koʻpligini aniqlang 159 00:06:56,661 --> 00:06:59,294 Aynan shu istalgan harakatni bajarishdan ushlab turibdi 160 00:06:59,318 --> 00:07:01,764 Istalgan harakat va bajarilishi oson boʻlgan harakat 161 00:07:01,784 --> 00:07:03,496 bir-biriga toʻgʻri kelmagan holda 162 00:07:03,520 --> 00:07:06,052 ularni qayta koʻrib chiqib, bir-birga moslash kerak. 163 00:07:06,419 --> 00:07:08,817 Birinchi qismda qarama-qarshilik haqida gaplashdik. 164 00:07:08,841 --> 00:07:10,813 Keling endi motivatsiyani koʻrib chiqamiz 165 00:07:10,878 --> 00:07:12,078 Bir tadqiqotimizda 166 00:07:12,102 --> 00:07:16,440 Biz Keniyaning Kibera nomli xarobalaridagi odamlarni qora kunga pul saqlab qoʻyishga 167 00:07:16,464 --> 00:07:18,412 koʻndirmoqchi boʻldik. 168 00:07:18,486 --> 00:07:21,303 Bilamizki, kambagʻallikda ortiqcha pul saqlab qoʻyish qiyin. 169 00:07:21,317 --> 00:07:23,851 Kuningiz har kuni topayotgan pulingiz hisobiga oʻtadi 170 00:07:23,885 --> 00:07:25,662 baʼzan kutilmagan muammolar chiqadi. 171 00:07:25,686 --> 00:07:30,037 Ana shunda, sizning ortiqcha xarajatga pulingiz boʻlmaydi – qarz olasiz. 172 00:07:30,061 --> 00:07:36,174 Kibera aholisi esa, baʼzan haftasiga 10% qoʻshimcha toʻlab ham qarz olishadi. 173 00:07:36,248 --> 00:07:38,887 Qarabsizki, qarz botqogʻidan chiqish qiyinlashib boradi. 174 00:07:38,901 --> 00:07:41,384 Bazoʻr kun kechirayotgandingiz, bir koʻrgilik boʻldi. 175 00:07:41,448 --> 00:07:44,054 Qarz oldingiz, vaziyat kundan kunga yanada ogʻirlashdi. 176 00:07:44,078 --> 00:07:47,435 Shuning uchun ham,ularga qora kunga pul saqlab qoʻyishni uqtirdik. 177 00:07:48,141 --> 00:07:50,707 Shunda ularni bu ishga qanday ruhlantirish, 178 00:07:50,731 --> 00:07:53,050 qaysi yoqilgʻi qoʻshish haqida oʻylay boshladik. 179 00:07:53,074 --> 00:07:54,865 Biz har narsa qilib koʻrdik. 180 00:07:55,373 --> 00:07:57,971 Baʼzilariga har hafta xabar yozib, 181 00:07:57,995 --> 00:08:02,088 shu hafta 100 shilling (taxminan 1 dollar) saqlab qoʻyishni soʻradik. 182 00:08:02,571 --> 00:08:06,757 Baʼzilariga bu xat goʻyoki oʻz bolalaridan kelgandek qilib yozdik: 183 00:08:07,317 --> 00:08:10,724 "Otajon, oyijon, bu men Joey" – 184 00:08:10,748 --> 00:08:12,515 farzandining ismi 185 00:08:12,539 --> 00:08:16,484 "Oilamiz kelajagi uchun bu hafta 100 shiling saqlab qoʻyaylik" 186 00:08:16,508 --> 00:08:20,278 Qalay? Men yahudiyman. Bizning falasafada biroz aybdorlik hissi foyda keltiradi. 187 00:08:20,312 --> 00:08:21,562 (Kulgu) 188 00:08:21,586 --> 00:08:23,639 Baʼzilarga 10% qoʻshimcha pul taklif qildik. 189 00:08:23,653 --> 00:08:26,742 "100 shilling saqlab qoʻying va biz sizga uning 10% ini qoʻshamiz" 190 00:08:26,756 --> 00:08:28,011 Baʼzilarga 20% dedik. 191 00:08:28,035 --> 00:08:30,509 Baʼzilarga ham 10%, ham 20% foyda taklif qilindi. 192 00:08:30,543 --> 00:08:32,986 Biroq unda yoʻqotishdan qoʻrquv holati aralashgandi. 193 00:08:33,020 --> 00:08:33,741 Bu nima degani? 194 00:08:33,751 --> 00:08:37,240 Yoʻqotishdan qoʻrqish nazariyasiga koʻra, bizning yoʻqotishdan qoʻrquvimiz 195 00:08:37,274 --> 00:08:38,990 foydadan oladigan zavqdan kuchliroq. 196 00:08:39,034 --> 00:08:41,781 Keling, 10% foyda belgilangan bir kishini tasavvur qilamiz 197 00:08:41,815 --> 00:08:43,416 U 40 shilling saqlab qoʻydi. 198 00:08:43,440 --> 00:08:45,627 Qoidaga muvofiq, unga yana 4 shilling beramiz 199 00:08:45,651 --> 00:08:47,103 U katta rahmat aytadi. 200 00:08:47,127 --> 00:08:48,587 Biroq u 6 shilling yoʻqotdi. 201 00:08:48,591 --> 00:08:51,450 Agar u 100 shilling saqlab qoʻyganida, yana 6 shilling olardi 202 00:08:51,484 --> 00:08:52,878 Biroq u buni anglab yetmadi. 203 00:08:52,902 --> 00:08:55,289 Endi biz foizni oldindan berib qoʻyadigan boʻldik. 204 00:08:55,313 --> 00:08:57,598 Haftaning boshida unga 10 shilling koʻrsatamiz va 205 00:08:57,622 --> 00:08:59,292 "bular seni kutayapti" deb aytamiz. 206 00:08:59,330 --> 00:09:01,856 Agar ular 40 shilling saqlaganini koʻrsak, aytamiz: 207 00:09:01,876 --> 00:09:05,407 "Voy atigi 40 shillingmi? Unda faqat 4 shilling berib, 6 tasini qaytaramiz" 208 00:09:05,431 --> 00:09:08,434 Foizni oldin yo keyin berganimizda ham 209 00:09:08,458 --> 00:09:10,156 ular 10% foyda olishyapti. 210 00:09:10,180 --> 00:09:11,704 Biroq foyda boshida koʻrsatilsa, 211 00:09:11,710 --> 00:09:14,911 ular oʻzlari olishi mumkin boʻlgan, ammo yoʻqotgan pulni koʻrishadi. 212 00:09:14,950 --> 00:09:18,622 Xoʻsh, biz xat joʻnatishni, uni bolalari yozgandek yozishni, boshda yo oxirida 213 00:09:18,686 --> 00:09:20,523 10-20% foyda berishni sinab koʻrdik. 214 00:09:20,560 --> 00:09:22,374 Bizda yana bir usul bor edi. 215 00:09:22,398 --> 00:09:24,768 Bu mana shunday kattalikdagi tanga edi. 216 00:09:24,792 --> 00:09:26,845 Unda 24gacha raqamlar bor edi. 217 00:09:27,472 --> 00:09:30,935 Ularga tangani kulbasining bir chetiga qoʻyishni aytdik. 218 00:09:30,959 --> 00:09:34,260 Har hafta tangadagi sonlardan birining ustidan chizib borishdi. 219 00:09:34,284 --> 00:09:36,388 1-hafta, 2-hafta, 3-hafta, 4 220 00:09:36,412 --> 00:09:38,811 Agar shu hafta pul saqlab qoʻyishmasa, "-" belgisi, 221 00:09:38,855 --> 00:09:41,753 agar pul saqlab qoʻyishsa, "/" belgisini qoʻyishlari kerak edi 222 00:09:41,788 --> 00:09:43,052 Endi taxmin qiling: 223 00:09:43,076 --> 00:09:46,396 qay bir usul koʻproq samara berdi? 224 00:09:46,420 --> 00:09:48,791 Xat, bolalardan xat, 10%, 20% 225 00:09:48,815 --> 00:09:51,025 hafta boshi, hafta oxiri yo tanga? 226 00:09:51,119 --> 00:09:53,504 Sizga oʻrtacha odam qanday fikrdaligini aytaman. 227 00:09:53,528 --> 00:09:55,515 Biz AQSh va Keniyaliklar ichida 228 00:09:55,539 --> 00:09:57,633 shu borada soʻrovnoma oʻtkazdik. 229 00:09:57,657 --> 00:10:00,601 Ularga koʻra, 20% ning taʼsiri 10% dan koʻra 230 00:10:00,625 --> 00:10:01,867 koʻproq boʻladi. 231 00:10:01,891 --> 00:10:03,727 Qolganlarining foydasi yoʻq: 232 00:10:03,751 --> 00:10:06,476 bolalar, tanga – foydasiz. 233 00:10:07,048 --> 00:10:09,998 Odamlarning fikricha, yoʻqotishdan qoʻrqishning ham taʼsiri kam 234 00:10:10,677 --> 00:10:11,937 Aslida nima boʻldi? 235 00:10:12,861 --> 00:10:15,033 Haftada bir marta xat joʻnatish 236 00:10:15,057 --> 00:10:16,266 ancha foyda berdi. 237 00:10:16,848 --> 00:10:18,006 Yaxshi-a! 238 00:10:18,030 --> 00:10:21,629 Dastur 6 oy davom etdi. Odamlarga eslatib turishning foydasi bor. 239 00:10:21,798 --> 00:10:25,033 Haftaning oxirida 10% qoʻshimcha berish undan sal samaraliroq boʻldi. 240 00:10:25,057 --> 00:10:26,915 Demak, moliyaviy ragʻbat ham ish berdi. 241 00:10:27,033 --> 00:10:31,033 Hafta oxirida 20% berishning 10% dan farqi yoʻq. 242 00:10:31,625 --> 00:10:33,192 Haftaning boshida 10% berish 243 00:10:33,256 --> 00:10:34,593 avvalgilaridan samaraliroq. 244 00:10:34,637 --> 00:10:35,985 Yoʻqotish qoʻrquvi ishlaydi. 245 00:10:36,009 --> 00:10:38,080 Hafta boshida 20% bersakchi? 246 00:10:38,104 --> 00:10:41,179 Farqi yoʻq: natija oʻsha-oʻsha 247 00:10:41,203 --> 00:10:44,181 Bolalar nomidan xat yozish 248 00:10:44,205 --> 00:10:47,419 20% li yoʻqotish xavfidan ham samaraliroq chiqdi. 249 00:10:47,443 --> 00:10:49,101 Ajoyib-a? 250 00:10:49,125 --> 00:10:52,453 Bolalardan xatlarning qanchalik ruhlantiruvchi ekanligi hayratlanarli. 251 00:10:52,477 --> 00:10:55,827 Bundan xulosa: biz bolalarimizdan yetarlicha foydalanmaymiz. 252 00:10:55,851 --> 00:10:57,899 (Kulgu) 253 00:10:57,923 --> 00:11:03,391 Albatta, bolalar mehnatini nazarda tutmayabman. 254 00:11:03,995 --> 00:11:06,439 Biroq ota-ona va farzand munosabatlarini koʻrsangiz, 255 00:11:06,463 --> 00:11:08,842 biz bolalarimiz uchun hamma narsa qilamiz, 256 00:11:08,886 --> 00:11:10,597 ularning kelajagi haqida oʻylaymiz. 257 00:11:10,621 --> 00:11:12,101 Oʻylashimcha, 258 00:11:12,125 --> 00:11:15,236 biz kerakli maqsadga erishish uchun bolalarimizdan 259 00:11:15,260 --> 00:11:17,811 ruhlantiruvchi vosita sifatida foydalanishimiz mumkin. 260 00:11:18,767 --> 00:11:21,674 Biroq tadqiqotning eng ajablanarli jihati tanga bilan bogʻliq. 261 00:11:21,698 --> 00:11:24,948 Tanga boshqa usullardan ikki baravar koʻproq pul asrashga undadi. 262 00:11:25,727 --> 00:11:28,409 Endi savol:nega? Tanganing nimasi bor edi? 263 00:11:29,046 --> 00:11:31,702 Tanga haqida qanday oʻylay boshlaganimni aytaman, 264 00:11:31,726 --> 00:11:33,230 keyin yana shu joyga qaytamiz. 265 00:11:33,254 --> 00:11:35,990 Men, aytaylik, kofe sotib olish haqida izlanish qilsam, 266 00:11:36,028 --> 00:11:38,650 hech qayerga chiqishim shartmas– ofisimda oʻtiraveraman. 267 00:11:38,680 --> 00:11:41,393 Koʻp marta kofe sotib olganman, qanday ishlashini bilaman. 268 00:11:41,421 --> 00:11:42,907 Vaziyat bilan tanishman. 269 00:11:42,927 --> 00:11:46,034 Dunyodagi eng qashshoq joylar haqida izlanish oʻtkazganda esa, 270 00:11:46,058 --> 00:11:48,587 u yerga borib, nimalar boʻlayotganini oʻrganish kerak. 271 00:11:48,621 --> 00:11:50,947 U yerda tizim qanday ishlashini bilish kerak. 272 00:11:51,589 --> 00:11:52,956 Bir kuni 273 00:11:52,980 --> 00:11:55,505 Janubiy Afrikaning Soveto nomli joyida edim. 274 00:11:55,529 --> 00:11:59,152 Janoza sugʻurtasi sotiladigan joyda edim. 275 00:11:59,990 --> 00:12:03,878 AQShdagi aholi toʻylar uchun juda koʻp sarflashini bilamiz-a? 276 00:12:03,902 --> 00:12:05,909 Janubiy Afrikada, bu – janozalar. 277 00:12:06,365 --> 00:12:11,349 Odamlar 1-2 yillik daromadini janozalar uchun sarflashadi. 278 00:12:11,912 --> 00:12:14,710 U yerda oʻtirar ekanman... 279 00:12:14,734 --> 00:12:19,146 aytgancha, Janubiy Afrikaliklarni irratsional deyishingizdan oldin 280 00:12:19,190 --> 00:12:20,930 sizlarga shuni eslatib oʻtmoqchiman: 281 00:12:20,954 --> 00:12:23,788 ha,toʻyga nisbatan janozaga koʻproq pul sarflashar, 282 00:12:23,832 --> 00:12:26,789 lekin ular hayotida 1 marta janozasi boʻlishini aniq bilishadi. 283 00:12:26,813 --> 00:12:29,856 (Kulgu) 284 00:12:36,000 --> 00:12:41,045 Xoʻsh, janoza sugʻurtasi sotadigan joyda oʻtiribman-a? 285 00:12:41,069 --> 00:12:45,040 Bir kishi oʻzining 12 yashar bolasi bilan kelib qoldi. 286 00:12:45,064 --> 00:12:48,323 U 1 haftalik janoza sugʻurtasini sotib oldi. 287 00:12:48,821 --> 00:12:51,451 Agar u kelasi 7 kun ichida vafot etsa, 288 00:12:51,475 --> 00:12:53,631 sugʻurta janozasining 90%ini qoplab beradi. 289 00:12:54,353 --> 00:12:57,398 Odamlar kambagʼalliklari uchun kam miqdorda sugʻurta, 290 00:12:57,522 --> 00:12:59,343 kam miqdorda sovun v.b sotib olishadi. 291 00:12:59,367 --> 00:13:01,170 U sugʻurtani oldi va 292 00:13:01,194 --> 00:13:03,864 oʻta tantanavor harakatlar bilan uni bolasiga berdi. 293 00:13:04,456 --> 00:13:07,705 Ularni kuzatar ekanman, "bu tantanavorlik nimaga ekan" dedim. 294 00:13:07,729 --> 00:13:09,257 Bu ota nima qilyapti? 295 00:13:09,281 --> 00:13:13,316 Tasavvur qiling, oila boquvchisi pulning 296 00:13:13,340 --> 00:13:15,760 bir qismini sugʻurta uchun sarfladi. 297 00:13:16,587 --> 00:13:18,928 Bugun kechasi oilada nima boʻladi? 298 00:13:19,939 --> 00:13:21,509 Ovqat odatdagidan kam boʻladi. 299 00:13:21,533 --> 00:13:25,591 Kambagʻallikning bu darajasida,ular kam ovqat, kam kerosin, kam suv koʻrishadi 300 00:13:25,615 --> 00:13:27,470 Demak, shu kuni nimadir kam. 301 00:13:27,494 --> 00:13:30,757 Bu ota va bizning tanga bir narsani aytmoqchi edi: 302 00:13:30,781 --> 00:13:33,349 ha, bugun stolda ovqat kamdir. 303 00:13:33,373 --> 00:13:35,230 Lekin, bu yerda boshqa vaziyat ham bor. 304 00:13:35,728 --> 00:13:39,518 Koʻrib turganingizdek, iqtisodiyotda saqlab qoʻyish va sugʻurtaga oʻxshash 305 00:13:39,542 --> 00:13:42,130 muhim, samarali, ammo koʻzga koʻrinmas vaziyatlar bor. 306 00:13:42,620 --> 00:13:45,499 Muammo ularni qanday qilib koʻrinarli qilishda. 307 00:13:46,105 --> 00:13:49,837 Keling, raketamiz modeliga qaytamiz. 308 00:13:50,373 --> 00:13:52,647 Dastlab, tizimni koʻzdan kechirib, 309 00:13:52,671 --> 00:13:56,370 muvozanatsizlik tugʻdirayotgan qismlarni qidirib chiqamiz. 310 00:13:56,394 --> 00:13:58,750 Agar boʻlsa, bu tengsizlikni tuzatamiz. 311 00:13:58,774 --> 00:14:02,626 Keyingi ishimiz tizimning kattaroq rasmini tasavvur qilishdir. 312 00:14:02,650 --> 00:14:06,033 Savol beramiz: "Qanday yoqilgʻi quyib, quvvatni oshirishimiz mumkin? 313 00:14:06,057 --> 00:14:07,739 Bu esa eng qiyin masalalardan biri. 314 00:14:07,763 --> 00:14:10,675 Biz nima eng koʻp samara berishini har doim ham topa olmaymiz. 315 00:14:10,719 --> 00:14:13,341 Bu pulmi? Yoʻqotishdan qoʻrqish nazariyasimi? 316 00:14:13,365 --> 00:14:15,113 Bu koʻzga koʻrinarli boshqa omilmi? 317 00:14:15,208 --> 00:14:18,034 Aniq bilmaymiz. Shuning uchun ham hammasini sinab koʻramiz. 318 00:14:18,048 --> 00:14:21,614 Shuni ham inobatga olish kerakki, baʼzan intuitsiyamiz bizni aldashi mumkin. 319 00:14:21,648 --> 00:14:24,585 Biz har doim ham qaysi yoʻl yaxshi ishlashini bila olmaymiz. 320 00:14:25,019 --> 00:14:26,877 Bizning imkoniyatlarimiz chegarasi va 321 00:14:26,921 --> 00:14:29,885 hozir kimligimizning orasidagi farqqa eʼtibor qaratar ekanmiz, 322 00:14:29,929 --> 00:14:32,938 bu farqni koʻrib turib, u haqida oʻylash juda tushkunli. 323 00:14:32,962 --> 00:14:35,543 Lekin yaxshi xabar ham bor: biz koʻp narsa qila olamiz. 324 00:14:35,904 --> 00:14:38,535 Baʼzi oʻzgarishlar oson, baʼzilari mushkulroq. 325 00:14:38,599 --> 00:14:41,816 Ammo har bir muammoni birma-bir yengib oʻta olamiz. 326 00:14:41,840 --> 00:14:45,082 Shunchaki odamlarni bundan xabardor qilib emas, 327 00:14:45,156 --> 00:14:46,985 qarama-qarshilikni kamaytirish, 328 00:14:47,039 --> 00:14:48,369 motivatsiya qoʻshish bilan. 329 00:14:48,393 --> 00:14:49,930 Menimcha, bu qoʻlimizdan keladi. 330 00:14:49,954 --> 00:14:52,170 Oradagi farqni yoʻqotishning iloji bormi? Yoʻq. 331 00:14:52,194 --> 00:14:54,604 Lekin biz yaxshiroq boʻla olamizmi? Ha. 332 00:14:54,628 --> 00:14:56,204 Eʼtiboringiz uchun katta rahmat 333 00:14:56,288 --> 00:14:59,628 (Qarsaklar)