Men 6 yoshligimda sovg'alar oldim. Mening boshlang’ich sinf o’qituvchimda shunday hayrotomuz g’oya tug'ildi. U bizni sov’g’alar olish hissiyotini tuyishimiz bilan birga bir-birimizni maqtashning yaxshi tomonini o’rganishimizni istadi. Ustozim barchamizni sinfxona oldiga jamladi, hammamizga sovg’alar sotib olib, ularni burchakka terib qo’ygan edi. Va u: "Shu yerda turib bir-birimizni yaxshi so’zlar bilan siylasak-chi?” dedi. O’z ismingizni eshitsangiz, sovg’angizni olishga borasiz, so’ng o’tirasiz. Ajoyib g’oya, to’g’rimi? Nima o'xshamasligi mumkin? (Kulgu) Xo’sh, dastlab biz 40 kishi edik, va men har gal kimnidir ismini eshitishim bilan shodligimdan uree deb yuborardim. So’ng 20 kishi qoldi, keyin 10 kishi, undan keyin 5 kishi… nihoyat 3 kishi. Va ulardan biri men edim. Yoqimli so’zlar ulashish to’xtadi. Men o’sha daqiqada yig’layotgan edim. Ustozning hafsalasi pir bo’lib, “Kimdir bu insonlar haqida ham biror iliq so’z aytadimi?” (Kulgu) “Hech kim? Mayli, sovg’angizni olingda, joyingizga o'tiring. O’zingizni yaxshi tuting, kelasi yil kimdir siz haqda iliq so’z aytar. (Kulgu) Tasvirlab berishimdan buni juda yaxshi esga olishimni bilgandirsiz. (Kulgu) Biroq o’sha kuni kim o’zini yomonroq his qilganini bilmayman. Menmi yoki o’qituvchi? U jamoani shakllantirish jarayonini 3 nafar 6 yasharlik bolalar uchun hajviy ko’rsatuvga aylantirganini tushungandir. Biroq bu kulgili emasdi. Televizorda odamlar ustidan hazil qilishsa, miriqib kulardingiz. Bu kun haqida biror kulgili narsani eslolmayman. Bu mening bir ko’rinishim edi va bu vaziyatga, omma oldida rad etilishga qayta duch kelmaslik uchun o’limga ham tayyor edim. Bu bir ko’rinishim. Shiddatli sakkiz yildan so’ng, shaxrimizga—Beijing, Xitoyga Bill Geyts nutq so’zlash uchun tashrif buyurdi va men uning nutqini eshitdim. Bu kishi menga yoqib qoldi. Endi men nima qilishni istashimni bilaman, deb o’yladim. O’sha kecha oilamga shunday xat yozdim "25 yoshimgacha dunyodagi eng katta kompaniyani quraman va bu kompaniya Microsoftni sotib oladi." (Kulgu) Men dunyoni zabt etish g’oyasiga tamoman yopishib oldim. dominantlik, to’g’rimi? buni ichimdan to’qiganim yo’q, o’sha xatni yozgandim. Mana o’sha xat. (Kulgu) Buni o’qib chiqishingiz shart emas (Kulgu) Qolaversa, bu yomon husnixat, lekin ba’zi muhim so’zlarni belgilab qo’ydim. Tushunib oldiz. (Kulgu) Shunday qilib ... bu boshqa bir ko'rinishim edi. dunyoni zabt etuvchi. Xo’sh, ikki yildan so’ng menga Amerikaga borish imkoniyati taqdim etildi. Darhol rozi bo’ldim, chunki u yerda Bill Geyts yashaydi, to’g’rimi? (Kulgu) Bu biznesdagi ilk sayohatim, deb o’yladim. So’ng, keyingi shiddatli 14 yil. 30 yoshda edim. Yo’q, o’sha kompaniyani qurmadim. Hatto boshladim ham. Men o'zi Fortune 500 kompaniyalaridan birida marketing menejer bo'lib ishlardim. Bir yerda turib qolganimni bildim. Bir yerda qotib qoldim. Nega? O’sha xatni yozgan 14 yoshli bola qani? Bunga sabab uning urinib ko’rmaganligi emas. Bunga sabab har safar menda yangi g'oya uyg’onganida, biror yangi narsaga urinib ko’rishni istaganimda, hatto ishda ham taklif berishni istardim guruhda odamlar orasida o’z fikrimni bildirishni istardim o’sha 14 yashar va 6 yashar o’rtasida doimiy kurash mavjudligini his qildim. Biri dunyoni zabt etishni, o’zgarish qilishni istasa, boshqa biri esa rad javobidan qo’rqadi. Va har gal o’sha 6 yashar yutib keldi. Bu qo’rquv hatto o’z kompaniyamni yaratganimda ham meni tark etmadi. Ha, 30 yoshligimda o’z kompaniyamga ega bo’ldim. Agar Bill Geyts bo’lishni xohlasangiz, ertami-kechmi boshlashingiz kerak tog’rimi? Tadbirkorlik faoliyatim davomida sarmoya kiritish imkoniyatini qo'lga kiritdim, keyinroq esa rad etildim. Bu rad javobi menga azob berdi. Shunchalik qattiq azoblandimki, shundayoq hammasidan voz kechishni istadim. Ammo sal o’tib o’yladim. Bill Geyts oddiygina sarmoya kiritishdan rad etilish tufayli ortga chekinardimi? Har qanday muvaffaqiyatli tadbirkor shu tariqa chekinadimi? Aslo. Ana shunda men buni anglab yetdim. Ok, yaxshi kompaniya qura olaman. Yaxshi jamoa yoki yaxshi mahsulot yaratishim mumkin, biroq shu narsa aniqki, men yaxshi lider bo’lishim kerak. Yaxshi inson bo’lishim zarur. Men buyog’iga o’sha 6 yashar hayotimda hukmronlik qilishiga ortiq qo’yib bermayman. Uni o’z joyiga qaytarishim kerak. Shunday qilib onlayn ko’mak izlay boshladim. Google mening do’stim edi. (Kulgu) “Qanday qilib rad etilish qo’rquvini yengga olaman?” deb qidiruv berdim. Qo’rquv va azoblar qanday paydo bo’lishi haqidagi bir qancha psixologik maqolalarga ko’zim tushdi. So’ng bir qancha “Har narsani o’zingga olaverma, shunchaki yengib o’t” shunga o’xshash ruhlantiruvchi maqolalarni ko’rdim. Buni kim ham bilmaydi? (Kulgu) Biroq nega hanuz qo’rquvdaman? So’ngra omadim kelib shu vebsaytni topdim. U radetilishterapiyasi.com deb nomlangan. (Kulgu) "Rad etilish Terapiyasi" bu kanadalik tadbirkor tomonidan yaratilgan o’yin. Uning ismi Jeyson Komeli. Bu g’oyaning mag’zi shunday: siz 30 kun davomida rad etilish uchun biror narsa izlaysiz har kuni biror narsada rad etilasiz va oqibatda bu azob sizga begona bo’ladi. Bu g’oya menga yoqib tushdi. (Kulgu) O’zimga shunday dedim, “Bilasanmi? Men buni qilmoqchiman va o'zim rad etilish hissini 100 kun tuymoqchiman. Rad javobini olish uchun o’z g’oyalarimni yaratdim va undan video blog tayyorladim. Mana bu mening ishlarim. Blog shunday ko’rinishda edi. Birinchi kun ... (Kulgu) Notanish kishidan 100 dollar qarz olish. Ishlayotgan joyimga bordim. Zinadan tushdim va stol ortida o’tirgan gavdali kishini ko’rdim. U qo’riqchiga o’xshab ko’rindi. Shu sababdan unga yaqinlashdim. Yurib boryapman va bu umrimdagi eng uzun yo’l edi, bo'ynimning orqa qismidagi tuklar tik holatda, terlayotgandim, yuragim esa gupirlab urardi. Borib shunday dedim “Hoy, janob 100 dollar qarz bera olasizmi?” (Kulgu) U menga qarab “Yo’q.” “Nega?” dedi Men esa “Yo’qmi? Kechirasiz.” dedim. So'ng esa orqamga o’girilib, qochib qoldim. (Kulgu) Juda xijolat tortdim. O’zimni videoga olgandim, o’sha kecha o’zimni rad javobi olganimni ko’rayotgandim. O’zimni qanchalik qo’rquvga tushganimni ko'rdim. Men xuddi “The 6th Sense” filmidagi boladek edim. Men arvohlarni ko’rdim. (Kulgu) Keyin o’sha kishini ko’rdim. Bilasizmi, u unchalik qo’rqinchli emasdi U to’lachadan kelgan, yoqimtoy yigit edi. va u hatto mendan “Nega?” deb so’radi. Rostdan ham, u buni tushuntirib berishimni so’radi. Ko’p narsalar aytishim mumkin edi. Tushuntirib berishim mumkin edi. U bilan kelishib olishim mumkin edi. Bularning birortasini qilmadim. Qo’limdan kelgani yugurish bo'ldi. Bu xuddi hayotimning mikrodunyosiga o’xshashini his qildim. Har gal rad etilishimni his qildimmi, oyog’imni qo’limga olib yuguraman. Bilasizmi nima? Keyingi safar nima bo’lishidan qat’iy nazar, hech qayerga ketmayman. Vaziyatni qo’lga olaman. 2-kun: “Burger to’ldirish” imkonini so’rash (Kulgu) Burger oshxonasiga borib, tushlikni yeb oldim va kassir oldiga borib, shunday dedim: Salom, burger to’ldirib berasizmi? (Kulgu) U chalkashib ketdi. “Burger to’ldirish nima degani?” (Kulgu) Shunday dedim “Xo’sh, bu xuddi ichimlik to’ldirib berishga o’xshaydi, lekin o’rniga burger” U: “Uzr, bizda burger to’ldirishning imkoni yo’q” dedi. (Kulgu) Ana shunda rad javobini oldim. Ketib qolsam bo’lardi, biroq bunday qilmadim. Shunday dedim, “Burgerlaring menga yoqadi, oshxonangiz ham chakkimas, burger to’ldirish imkoniyatini berganlaringda sizlarni yanada yaxshi ko'rardim. (Kulgu) U esa “Mayli, menejerimga buni aytaman, ehtimol bunday imkoniyat berilar, ammo bugun qila olmaymiz” dedi. Keyin ketdim. Ha aytgancha, menimcha ular hech qachon burger to’ldirish imkoniyatini joriy etmagan. (Kulgu) Menimcha, ular hali ham ishlamoqda. Biroq, ilk marotaba men his etgan hayot-mamot tuyg’usi endi yo’q, negaki vaziyatni o’z qo’limga oldim, chunki ketib qolmadim. O’zimga “Ajoyib, men allaqachon buni o’rganyapman. Zo’r” dedim. So'ng 3-kun: Olimpiya donutlariga ega bo’lish. Ana shunda hayotim butunlay o’zgarib ketdi. Krispi Kremega bordim. U Qo’shma Shtatlarning janubi-sharqiy qismida joylashgan donutlar do’koni edi. Ular bu yerda ham borligiga ishonchim komil. Ichkariga kirib: “Olimpiya simvollariga o’xshash donut tayyorlab bera olasizmi? Oddiy qilib aytganda, 5 ta donutni birlashtirasiz…” dedim. Ularning bunga rozi bo’lmaydi, to’g’rimi? Donut tayyorlovchi meni o’ta jiddiy qabul qildi. (Kulgu) U qo’liga qog’oz olib, uning ranglari va halqalarini yoza boshladi. “Buni qanday tayyorlashim mumkin?” dedi. 15 daqiqadan so’ng esa, u qo’lida Olimpiya halqalariga o’xshash quti bilan chiqdi. Juda hayajonda edim. Bunga ishona olmasdim. Men o’sha kun olgan video esa Youtubeda besh million kuzatuvchiga ega bo’ldi. Dunyo ham bunga ishona olmayotgan edi. (Kulgu) Shu sababdan men gazetalar, tok-shoular, barchasining mavzusiga aylandim. Shu tariqa mashhur bo’ldim. Ko’plab insonlar email orqali: “Qilayotgan ishlaringiz hayratlanarli” deb yoza boshlashdi. Biroq bilasizmi, shon-shuhrat va mashhurlik menga hech narsa bermadi. Mening chin istagim o’zimni o’rganish va o’zgartirish edi. Shu tariqa men 100 kunlik rad etilishni o’yin maydoniga, tadqiqot loyihasiga aylantirdim. Nima o'rgana olishim mumkinligini ko’rmoqchi edim. Natijada ko’p narsalar o'rgandim. Ko’plab sirlardan boxabar bo'ldim. Misol uchun, shunga amin bo’ldimki, agar men chekinmasam, rad javobini olsm, "yo'q"ni “ha” ga aylantira olishim mumkin. Sehrli so’z esa, “nega?” Bir kuni qo’limda gul bilan bir notanish kishining uyiga bordim, eshikni taqillatib, shunday dedim: shu gulni sizning tomorqangizda eksam bo’ladimi? (Kulgu) U esa “Yo’q” dedi. Eshikni yopishidan oldin unga shunday dedim “Negaligini bilsam bo’ladimi? U “Tomorqaga ekkan hamma narsani payhon qilib yuboradigan itim bor.” dedi. Gulingiz isrof bo’lishini xohlamayman. Gul ekmoqchi bo’lsangiz, ko’chani kesib o’tib Konniga ayting. U gullarni yoqtiradi. Xuddi shunday qildim. Ko’chani kesib o’tib, Konnining eshigini qoqdim. U meni ko’rib quvonib ketdi. (Kulgu) Va yarim soatdan so’ng Konnining tomorqasida shu gul paydo bo’ldi. Hozir uning yaxshiroqligiga ishonchim komil. (Kulgu) Biroq, ilk rad etilishdayoq ortga chekinganimda U kishi menga ishonmadi, negaki men ahmoqman, tuzuk kiyinmaganligim, yaxshi ko’rinishda bo’lmaganim uchun deb o’ylardim. Bular sababli emas. Sababi men taklif etgan narsa uning istagi bilan mos kelmagan- -ligida edi. U menga ishonch bildirib, kelishuv qoidalariga asosan yo'l ko'rsatdi. Men yo’nalishni o’zgartirdim. Kunlardan bir kun so’zlarim bilan ha javobini olish imkoniyatini oshirish mumkinligini bilib oldim. Misol uchun bir kuni Starbucksga bordim va menejerdan “Starbucks mezboni bo’lsam maylimi? deb so'radim. U shunday ohangda “Starbaks mezboni, u nima degani? “Wallmart mezbonlarini bilasizmi?” dedim. Bilasizmi, ular do’konga kirishingizdan oldin sizga salom beradi va aslida hech narsa o’g’irlamasligingizga ishonch hosil qilishadi? Starbucks xaridorlariga Wallmart ruhini ulashaman. (Kulgu) Xo’sh, bu yaxshi fikrligiga ishonchim komil emas. Aslida, bu yaxshimasligini aniq bilaman. U esa qarab, “Ha” Uning ismi Erik, “Bilmasam.” dedi. U meni shu tariqa tinglayotgan edi. “Bilmasam.” Undan “Bu g’alatimi?”deb so’radim. U esa “Bu judayam g’alati.” dedi. Biroq shuni aytishi bilan uning munosabati butunlay o’zgardi. Aftidan, u barcha shubhalarini chetga surib qo’ydi. U “Mezbon bo’lishingiz mumkin, lekin o’ta g’alati tuyulmasin” dedi. (Kulgu) Keyin 1 soat davomida Starbucksga mezbonlik qildim. Tashrif buyurgan har bir xaridorga salom berib, dam olish kuni zavqini ulashdim. Ha aytgancha, sizning qaysi kasbga yo’nalganligingizni bilmayman, mezbonlik qilmang. (Kulgu) Bu o’ta zerikarli edi. Bu qo’limdan kelishini angladim, chunki men “Bu g’alatimi?” deb so’radim. Men undagi shubhani tilga oldim. “Bu g’alatimi?” deb so’rashim g’alati kishi emasligimni anglatadi. Bu aslida xuddi unga o’xshab fikrlayotganimni, bunga g’alati narsa sifatida qarayotganimni anglatadi. Qayta-qayta shunga amin bo'ldimki, savol so’rashdan oldin odamlarda mavjud bo’lishi mumkin bo'lgan shubhani aytganimda, ularning ishonchini qozondim. Menga ha deb javobini berish ehtimolli oshdi. So’rash orqali hayotimdagi orzularga erishishim mumkinligiga amin bo’ldim.. Mening to’rt avlodim o’qituvchilik qilgan, buvim menga doim shunday der edilar, “Jia, seni qo’lingdan hamma narsa keladi, lekin o’qituvchi bo’lsang zo’r bo’lardi” (Kulgu) Biroq men tadbirkor bo’lishni istagandim, o'qituvchi bo'lmadim. Lekin ta’lim berish bir umrlik orzuyim edi. “Kollejda dars berishni so’rab ko’rsamchi?” dedim. O'sha paytlar Ostinda yashardim. Shu sabab Ostindagi Texas Universitetiga borib professor eshigini qoqdim, “Talabalaringizga dars o’tsam bo’ladimi?” deb so'radim. 1-2 urinishda hech narsaga erishmadim. Chekinmay, davom ettirdim. Va uchinchi urinishimda professorni lol qoldirdim. U “Hali hech kim bunday qilmagan” dedi. Slaydlarim va darslarim bilan tayyorlanib kelar edim. U “Qoyil, bularni ishlata olaman. Ikki oydan so’ng kelsangizchi? Sizni o’quv dasturimga joylashtiraman.” dedi. Va ikki oydan so’ng, men o’qita boshladim. Bu men. Ehtimol, meni ko’ra olmaysiz. Yomon surat. Bilasizmi, ba’zida yorug’lik sizni rad etadi? (Kulgu) Lekin... Darsni tugatib, u yerdan ko’zimda yosh bilan chiqdim. Chunki, bor yog’i so'rash orqali hayotdagi orzularimga erishish mumkinligi haqida o’yladim. Men har doim bularning barchasini bajarishim kerak, ya’ni eng zo’r tadbirkor bo’lishim yoki o’qitish uchun PhD olishim kerak deb o'ylardim. Yo’q, men shunchaki so'radim va o’qita oldim. Sizga yaxshi ko’rinmayotgan ushbu rasmda Martin Lyuter King iqtibosini keltirgandim. Nega deysizmi? Chunki o’z tadqiqotimda shunga amin bo’ldimki, dunyoni o'zgartira oladigan, yashash tarzimiz va fikrlash tarzimizni o’zgartiruvchi insonlar ilk va qattiq tanqidga uchragan insonlar bo’lishgan. Martin Lyuter King, Mahatma Gandi, Nelson Mandela kabi insonlar va hatto Iso Masih ham. Bu insonlar ularning aslida qanday insonligini rad javobi aniqlashiga qo'yib bermadi. Rad etilishdan so‘ng unga bildirgan munosabati ularning aslida kimligini aniqlashga qo'yib berdi Ular rad etilishga iliq qarashgan. Rad etilishdan saboq olish uchun bu insonlar kabi bo'lish shart emas va mening vaziyatimda rad javobi menga tekkan la'nat, mening qo’rquvim edi. U meni butun umr ta’qib etdi, men esa undan qochayotgandim. So’ng men u bilan kelishishni boshlab uni hayotimdagi eng katta tuhfaga aylantirdim. Rad etilish qanday qilib imkoniyatga ayla- nishi mumkinligi haqda o’rgata boshladim. Insonlarga rad etilish qo’rquvini yengish uchun yordam berishda blogimdan, nutq va yaqinda chop etilgan kitobdan, hatto bu uchun hozirda yaratayotgan texnologiyamdan foydalanaman. Hayotda rad etilganda, keyingi safar qiyinchilik yoki mag’lubiyatga uchraganingizda, uning imkoniyatlari haqida o’ylab ko’ring. Chekinmang. Agar u bilan iliqlik o’rnatsangiz, u sizning ham tuhfangizga aylanishi mumkin. Rahmat. (Qarsaklar)