WEBVTT 00:00:07.982 --> 00:00:10.572 Kunlarning birida shaharda Shaytoni-La'in paydo bo'ldi. 00:00:10.572 --> 00:00:14.652 Ammo xavotirga hojat yo'q: u bor-yo'g'i teatrda qora jodu tomoshasini qo'ymoqchi. NOTE Paragraph 00:00:14.652 --> 00:00:17.577 Mana shu qiziqarli muqaddima Mixail Bulgakovning shoh asari – 00:00:17.577 --> 00:00:22.322 "Usta va Margarita" ning asosiy syujet chizig'ini shakllantiradi. 00:00:22.322 --> 00:00:24.992 XX asrning 30-yillarida Moskvada yozilgan bu asarda 00:00:24.992 --> 00:00:28.782 siyosiy satira, tarixiy proza va 00:00:28.782 --> 00:00:30.632 okkultizmga yo'girilgan mistika o'zaro 00:00:30.632 --> 00:00:34.632 uyg'unlashgan bo’lib, 20-asrning eng buyuk, shu bilan birga, eng g'ayrioddiy 00:00:34.632 --> 00:00:37.122 romanlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. NOTE Paragraph 00:00:37.122 --> 00:00:39.742 Hikoya boshida Moskva adabiy uyushmasining 00:00:39.742 --> 00:00:41.525 ikki a'zosi o'rtasidagi suhbat 00:00:41.525 --> 00:00:45.315 o'zini qora jodu seansini o'tkazishga taklif qilingan 00:00:45.315 --> 00:00:47.705 chet ellik olim sifatida tanishtirgan 00:00:47.705 --> 00:00:51.245 Voland ismli g'oyat g'alati kimsaning tashrifi bilan bo'linadi. 00:00:51.245 --> 00:00:55.485 Notanish kishi bu ikki hamrohni falsafiy munozaraga jalb qilib, ularning 00:00:55.485 --> 00:00:58.278 taqdirlari haqida dahshatli bashoratlar qilayotgan 00:00:58.278 --> 00:01:01.949 bir paytda, kitobxon e'tibori to'satdan milodiy I asrda 00:01:01.949 --> 00:01:04.399 Quddusda bo'layotgan voqealarga ko'chiriladi. 00:01:04.399 --> 00:01:08.699 Rim prokuratori Pontiy Pilat Iso Masihni istar-istamas o'limga hukm qiladi. 00:01:08.699 --> 00:01:11.497 Asar syujeti ikkita badiiy olamda parallel ravishda 00:01:11.497 --> 00:01:16.307 yuz beradi – Voland va uning sheriklari: Azazello, Korovyov, Gella va 00:01:16.307 --> 00:01:18.788 Begemot ismli bahaybat mushuk 00:01:18.788 --> 00:01:21.428 aql bovar qilmaydigan sehr-jodu kuchi yordamida 00:01:21.428 --> 00:01:23.648 haqiqiy tomosha ko'rsatib, 00:01:23.648 --> 00:01:28.348 olamonni katta to'palon va sarosima ichida qoldiradilar. NOTE Paragraph 00:01:28.348 --> 00:01:32.780 Romandagi qora yumor ko'pincha nafaqat shaytoniy shumliklarda, 00:01:32.780 --> 00:01:35.660 balki asarning tarixiy kontekstida ham o'z aksini topadi. 00:01:35.660 --> 00:01:39.660 Bulgakov asari voqealari u yaratilgan siyosiy muhit – 00:01:39.660 --> 00:01:43.310 Stalinizm avj olgan SSSR da sodir bo'ladi. O'sha paytda yozuvchi 00:01:43.310 --> 00:01:46.889 va san'atkorlar kuchli senzura bosimi ostida ishlaganlar, 00:01:46.889 --> 00:01:50.299 asarlari davlat mafkurasiga zid bo'lgan taqdirda, qamoqqa olinishlari, 00:01:50.299 --> 00:01:53.679 quvg'in qilinishlari va hatto qatl etilishlari mumkin edi. 00:01:53.679 --> 00:01:55.879 Ishlari ma'qullangan taqdirda ham, ularning 00:01:55.879 --> 00:01:58.379 faoliyati, shuningdek, uy-joyi, safar-sayohatlari, 00:01:58.379 --> 00:02:01.419 butun turmush tarzi qat'iy byurokratiya nazoratiga olingan. 00:02:01.419 --> 00:02:02.289 Romanda Voland 00:02:02.289 --> 00:02:06.509 mazkur tizimni ustalik bilan manipulyatsiya qiladi, voqelikni aqlni 00:02:06.509 --> 00:02:08.519 shoshirar darajada o'zgartirib yuboradi. 00:02:08.519 --> 00:02:12.749 Qahramonlardan birini tramvay urib boshi uziladi, shiftdan pul yomg'ir bo'lib 00:02:12.749 --> 00:02:16.431 yog'iladi – moskvaliklar bularning barchasiga o'ziga xos manfaatparastlik 00:02:16.431 --> 00:02:20.441 bilan munosabat bildiradi. Bu Sovet jamiyatida o'zining yuqori ideallariga 00:02:20.441 --> 00:02:22.111 qaramay ochko'zlik va xudbinlik hukm 00:02:22.111 --> 00:02:24.209 surayotganini ko'rsatadi. Quruq hikoya uslubi 00:02:24.209 --> 00:02:27.919 sekin-asta g'ayrioddiy hodisalarni sovet tuzumidagi 00:02:27.919 --> 00:02:31.659 kundalik hayotning bema'niligi bilan qorishtirib yuboradi. NOTE Paragraph 00:02:31.659 --> 00:02:35.869 Ammo qanday qilib Bulgakov avtoritarizm davrida bunday 00:02:35.869 --> 00:02:38.234 isyonkor romanni nashr etishga muvaffaq bo'ldi? 00:02:38.234 --> 00:02:40.284 Afsuski, u buni uddalay olmadi... 00:02:40.284 --> 00:02:43.484 U "Usta va Margarita" ustida o'n yildan ortiq ishladi. 00:02:43.484 --> 00:02:45.424 Stalinning shaxsiy iltifoti Bulgakovni 00:02:45.424 --> 00:02:48.904 og'ir jazodan saqlab qolgan bo'lishi mumkin, ammo ko'plab pyesalarning 00:02:48.904 --> 00:02:51.904 sahnalashtirilishi va asarlarining chop etilishi taqiqlandi, 00:02:51.904 --> 00:02:55.424 tirik qoldirishsa-da, ijodiy faoliyati cheklandi. 00:02:55.424 --> 00:02:57.844 1940-yil muallif vafot etgach, 00:02:57.844 --> 00:03:00.034 qo'lyozma chop etilmay qoldi. 00:03:00.034 --> 00:03:03.884 1960-yillarga kelibgina senzura qilingan nusxasi bosilib chiqdi, 00:03:03.884 --> 00:03:05.924 qo'lyozmaning asl nusxalari esa 00:03:05.924 --> 00:03:09.214 yashirin doiralarda tarqalishda davom etdi. 00:03:09.214 --> 00:03:12.674 Kitobning to'liq matni u yozib tugatilganiga 30 yildan oshgach, 00:03:12.674 --> 00:03:15.934 1973-yildagina nashr etildi. NOTE Paragraph 00:03:15.934 --> 00:03:19.754 Bulgakovning senzura bilan murosasiz kurashi va ijodiy inqiroz davri 00:03:19.754 --> 00:03:23.474 romanning ikkinchi qismiga avtobiografik ruh bag'ishlaydi, 00:03:23.474 --> 00:03:26.104 unda biz asar nomidagi qahramon bilan tanishamiz. 00:03:26.104 --> 00:03:30.454 "Usta" noma'lum yozuvchi bo'lib, uzoq yil roman ustida ishlaydi, ammo 00:03:30.454 --> 00:03:34.164 nashriyotlar rad etgach, xuddi Bulgakov kitobning birinchi nusxasini yoqib 00:03:34.164 --> 00:03:36.964 yuborgani singari u ham qo'lyozmasini yondirib yuboradi. 00:03:36.964 --> 00:03:41.214 Biroq bosh qahramon Ustaning sevgilisi Margaritadir. NOTE Paragraph 00:03:41.214 --> 00:03:43.807 Sevgilisining sarobga aylangan orzusiga sadoqati 00:03:43.807 --> 00:03:48.207 tufayli u iblis to'dasining nayrangbozliklarida ishtirok etadi 00:03:48.207 --> 00:03:51.627 va roman syujeti kulminatsiya nuqtasiga yetadi. NOTE Paragraph 00:03:51.627 --> 00:03:55.156 O'zining qora yumori va murakkab tuzilishiga qaramay, 00:03:55.156 --> 00:03:58.356 "Usta va Margarita" aslida san'at, sevgi va poklanish to'g'risida 00:03:58.356 --> 00:04:02.406 mulohaza yuritadi, chunki aynan ular 00:04:02.406 --> 00:04:05.233 umidsizlik va xudbinlikka berilishdan saqlaydi. 00:04:05.233 --> 00:04:09.593 Ko'p yillardan so'ng, barcha qiyinchiliklarga qaramay kitobning nashr 00:04:09.593 --> 00:04:14.060 etilishi Voland Ustaga aytgan so'zlarning o'ziga xos tasdig'idir: 00:04:14.060 --> 00:04:17.297 "Qo'lyozmalar yonmaydi".