Bu nimaligini bilasizmi?
Shishasimon mavjudotlar bo'lgan
joy bor desam nima deysiz?
Yoki bizga ko'rinmas bo'lgan
hayot shakllari bor desam-chi?
Lekin fazogirlar ularni
har doim ko'rishadi.
Bu ko'rinmas jonzotlar olis
ekzosayyoradagi o'zga sayyoraliklar emas.
Ular diatomlardir:
fotosintetik, bir hujayrali suv
o'tlariidir, kislorod ishlab chiqaradigan
va urug' bulutlariga sayyoralararo
miqyosda yordam beradigan.
Ular murakkab, geometrik
ekzoskeletlardir --
albatta shishadan bo'lgan.
Ularni koinotdan ummon yuzasidagi
ranglarning aylanishida ko'rasiz.
Ular o'lganida esa,
ularning shisha uylari
ummon tubiga cho'kadi,
havodan uglerodni olib
pastga olib ketadi
va ummondagi uglerod ajratilmalarining
sezilarli qismini tashkil qiladi.
Biz o'zga sayyorada yashaymiz.
Bu Yer sayyorasida xilma-hil
sirli hayot mavjud
va ko'pchiligi dunyo chekkasida yashaydi,
ko'z oldimizda yoki ongimizda.
O'sha chekkalardan biri Antarktika.
Odatda, Antarktika haqida o'ylasak,
hosilsiz va hayotsiz joyni
tasavvur qilamiz...
Bir qancha pingvinlarni aytmasak.
Lekin Antarktika qutbdagi hayot vohasi
sifatida ma'lum bo'lish kerak
o'ta ajabtovur, sanoqsiz jonzotlar
makoni bo'lgan.
Xo'sh, nega biz ularni so'nggi tabiat
xujjatli filmlarida ko'rmadik?
Chunki ular qor va muz
ostiga yashirinishgan,
bizga ko'rinmaydigan holda.
Ular mikrobdir:
muzliklar ichida yashaydigan
mitti o'simlik va mavjudotlardir,
muz ostidagi
va muz osti hovuzlarida
suzib yuruvchi.
Ular jozibadorligi bo'yicha
megafaunadan kam joyi yo'q
biz ko'rib yurgan tabiat
hujjatli filmlaridagi.
Ammo qanday qilib odamlarni
ko'rinmas narsalarga ishontirish mumkin?
Men yaqinda Antarktikada
5 haftalik expeditsiyada bo'ldim
mikroblar miqyosida yovvoyi tabiat
rejissyori bo'lish uchun.
185 funtli uskunalar bilan,
harbiy samalyotga chiqdim
va mikroskoplarni u yerga olib bordim
bu mikroskopik ekstremofillarni
suratga olish va o'rganish uchun
va kam o'rganilgan ekotizimni
yaxshiroq tushinish uchun
biz yashaydigan sayyoradagi.
Bu ko'rinmas jonzotlarni
suratga olish uchun,
Ularning makonini ko'rishim kerak edi --
Ya'ni muzni ostiga tushishim kerak edi.
Har yili dengiz muzlari Antarktika
hajmidan ikki barovarga ko'payadi.
9 fut qalinlikdagi muz ostiga
qiyo boqish uchun,
dengiz muziga kiritilgan
uzun, metal quvurga tushdim
hayotga to'lib-toshgan ekotizimga
guvoh bo'lish uchun,
dengiz tubi va yarqiragan muzlik
shiftini o'rtasida turgan holda.
Mana bu tashqaridan qanday ko'rinadi.
Bu shunchaki sehrli edi.
Ba'zi mavjudotlar urug' qisqichbaqasi
kabi g'aroyib edi
va yana ko'plab chiroyli
geometrik diatomlar ham.
Keyin men tepaga chiqdim
Quruq Vodiysida tunash uchun
bir necha hafta davomida.
Antarktikaning 98 foizi
muz bilan qoplangan
Quruq Vodiysi Antarktikaning
eng katta hududidir.
Faqat u yerda Antarktikaning
qandayligini ko'rish mumkin.
Bu yerda bakteriyalardan
namuna oldim,
muz ostidagi hovuzdan temir oksidi
otilib chiqadigan tabiat hodisasi,
ushbu joy o'n yil oldinham
hayotsiz deb hisoblangan,
Men muzlikka chiqdim
uning ichini teshish uchun,
yashayotgan sanoqsiz, qattiq tanali
mavjudotlarni kashf qildim
muzning ichki qatlamlariga tushganimda.
Kriokonit tuynuglari
kichik to'q rangdagi loydan
tashkil topadi
muzlikkka tushkanida
va tuynuk bo'ylab pastka erishni
boshlaydi vad keyin muzlaydi.
Shu tarzda loy parchalarini
muz ichida saqlab qoladi,
huddi kichik oroldagi olamga o'xshab,
har biri o'zining noyob ekotizimi bilan.
Men topgan ba'zi jonzotlarni
tanishingiz mumkin,
bu jonzotga o'xshaganlarni --
Ularni yaxshi ko'raman.
Ular huddi panjali yopishqoq
ayiqchaga o'xshaydi.
Suv ayig'i nomi bilan ham ma'lum.
Ular o'zining noyob jihati
bilan mashhur,
keskin sharoitlarda omon qolishga
yordam beradigan.
Koinot vakuumida ham.
Ammo ularni topish uchun koinot
yo Antarktikaga borishni hojati yo'q.
Ular yer yuzi bo'ylab moxlarda yashaydi
Trotuar yoriqlaridan to parklargacha.
Siz ehtimol bu son-sanoqsiz ko'rinmas
jonzotlar yonidan har kuni o'tib ketarsiz.
Boshqasi tanish bo'lishi mumkin
ammo notanish bo'lishi ham mumkin
bu nematoda kabi.
Na ilon, va na chuvalchang.
Ular o'ziga xos mavjudotdir.
Ular chuvalchang kabi tiklanaolmaydi
yoki ilon kabi sudralib yurolmaydi.
Lekin ularda og'zini ichida
kichkina, o'tkir ignalari bor.
Ignalar ov qilishga va uni
yutishga yordam beradi.
Yer yuzidagi har bir odamga,
57 milliard nematoda to'g'ri keladi.
Ba'zi mavjudotlar butunlay
notanish bo'lishi mumkin.
Lekin o'zlari ajoyib yashashadi.
Bu kabi jonzotlarda tojlari
aylana og'izga aylanadi
ularning ichak tizimi judayam shaffof
va lentasimon siyanobakteriyalar
petri balig'i bo'ylab ko'p tarqalgan.
Ko'pincha biz OAVda
ko'radigan narsamiz
mikroorganizmlarning
elektron mikroskopik rasmlaridir,
qo'rqinchli maxluqqa o'xshaydigan.
Ularni ko'rmasak, hayoti
bizga sirliligicha qoladi,
garchi ular biz bilan deyarli
yonma-yon yashashsa-da.
Ularning kunlik hayoti qanday?
Ular qanday qilib
atrof-muhit bilan bog'lanadi?
Agar siz hayvonot bog'ida
pingvinlarni rasmini ko'rsangiz
va ularni hech qachon hayotda muz
ustida ko'rmasangiz,
siz pingvinlarni to'liq tushuna olmaysiz.
Mitti jonzotlar harakatini ko'rib,
biz ularning hayotini yaxshiroq anglaymiz.
Antarktikadagi va tomorqalarimizdagi
ko'rinmas hayotni hujjatlashtirmasak,
biz qancha mavjudotlar bilan
birga yashayotganligimizni bilmaymiz.
Bu esa hali ga'royib va ajoyib
ona sayyoramizdan
o'rganadigan narsamiz ko'pligidan
dalolat beradi. .
Rahmat.