Rahmat. Bir vaqtlar Hindistonda bir Maharaja shoh bor edi, va uning tug'ilgan kuni uchun hamma rahbarlar shohga loyiq sovg'a keltirishi lozim deb farmon chiqarildi. Ba'zilar mayin ipaklar, ba'zilar ajoyib qilichlar, ba'zilar oltin keltirishdi. Navbatning oxirida ajindor, kichik jussali, qishlog'idan ko'p kunlab dengiz bo'ylab piyoda kelayotgan bir keksa kishi kelardi. Keksa kishi yurib kelar ekan, shohning o'gli, "Sen shohga nima sovg'a keltirding?" deya so'radi, va keksa kishi asta sekin qo'lini ochib, juda ham chiroyli, binafsha va sariq, qizil va ko'k buramali dengiz qobig'ini ko'rsatdi. Va Shohning o'gli aytdi, "Bu Shohga loyiq sovg'a emas! Bu qanday sovg'a?" Keksa kishi sekin unga qaradi va aytdi, "Uzoq sayohat... sovg'aning qismidir." (Kulgu) Shu lahzalarda, men sizga, tarqatishga arzigulik deb ishonadigan, sovg'a bermoqchiman. Lekin berishimdan oldin, sizni mening uzoq sayohatimga olib ketishimga ijozat bering. Ko'pchiligingiz kabi, hayotni kichkina bola bo'lib boshladim. Qanchangiz hayotni kichkina bola bo'lib boshladingiz? Yosh tug'ilgan? Taxminan yarmingiz... xop... (Kulgu) Qolganlaringizchi, nima? Siz katta bo'lib tug'ilganmisiz? Eh, men sizlarning onalaringiz bilan uchrashsam edi! Imkonsizlik haqida ayting! Bolaligimdan, menda imkoni bo'lmagan ishlarni bajarishga katta qiziqish bo'lgan. Shu bugun men yillab kutgan kundir, chunki bugun men sizning oldingizda imkonsiz ishni mana shu yerda, TEDxMaastrichtda uddalashga urinib ko'raman. Men oxirini oshkor qilish bilan boshlayman: Men sizga shuni isbotlaymanki, imkonsiz narsa imkonsiz emas. Hamda men sizga tarqatishga arzigulik sovg'a berib yakunlayman: Men sizga hayotingizda imkonsiz ishlarni qila olishingizni ko'rsataman. Imkonsizni bajara olishni izlanishimda, men shuni bildimki dunyodagi hamma odamlarga ikki hislat umumiydir. Barchaning qo'rquvlari bor, va barchaning orzulari bor. Imkonsizni bajara olishni izlanishimda, yillar davomida men bajargan va menga imkonsiz ishni bajarishga sabab bo'lgan uch omilni topdim: Dodgeball, yoki sizning aytishingizcha "O‘rtaga tushar" supermen, va chivin. Shular mening asosiy so'zlarim. Endi siz nega men hayotimda imkonsiz ishlarni qilishimni bilasiz. Men sizni mening uzun sarguzashtimga, uzun sayohatimga olib bormoqchiman, qorquvlardan orzularga, so'zlardan qilichlarga, Dodgeball ("O'rtaga tushar") dan Supermenga, va chivinga. Va umid qilamanki, sizga hayotda imkonsiz ishlarni qanday uddalashni ko'rsata olaman. 4- Oktyabr, 2007 yil. Men Garvard Universitetining Sanders teatri sahnasiga, men hamkor avtorlik qilgan, "Qilich yutish ...va uning yon ta'sirlari" deb atalgan tibbiy ilmiy ishi uchun 2007 yilgi Tibbiyot sohasidagi Ig Nobel mukofotini qabul qilgani chiqqanimda yuragim dukillardi, tizzalarim qaltirardi. (Kulgu) U men hech o'qib ko'rmagan, Britaniyaning bir kichik Tibbiyot jurnalida nashr qilingan edi. Bu men uchun erishib bo'lmas orzuning ushalishi edi, men kabi insonga kutilmagan sovg'a edi, bu men hech unutmaydigan sharaf edi. Ammo bu hayotimning eng unutilmas qismi emas edi. 1967- yili 4- Oktyabrda, bu qo'rquvdagi, uyatchan, ozg'in, zaif bola ekstremal qo'rquvlardan azoblanardi. Sahnaga chiqqani tayyorlanishi bilan, uning yuragi dukillardi, tizzalari qaltirardi. So'zlagani og'zini ochganda, u so'zsiz jim qolardi. U titroqlarda yig'lab turardi. U vahimada falaj bo'lgan, qo'rquvdan muzlagan edi. Bu qo'rquvdagi, uyatchan, zaif bola ekstremal qo'rquvlardan azoblanardi. U qorong'idan, balandliklardan o'rgimchaklar va ilonlardan qo'rqardi ... O'rqimchaklar va ilonlardan qo'rqasizlarmi? Ha, bir nechtangiz... U suvdan va akulalardan... shifokorlar, hamshiralar va tish shifokorlaridan, ignalar, burg'ular, va o'tkir asboblardan qo'rqardi. Hammasidan ham ko'proq odamlardan qo'rqardi. Ushbu qo'rquvdagi, uyatchan, zaif bola men edim. Menda muvaffaqiyatsizlikdan va rad etilishdan qo'rquv, o'zimga past baho berish, kamsitish, va o'sha zamonda noma'lum bo'lgan: ijtimoiy notinchlik sindromi bor edi. Qo'rquvlarim borligidan, zo'ravorlar meni qizdirishar va do'pposlashar edi. Ular meni ismlar bilan masxara qilishar, ularning hech bir kiyik oyinlariga hech ham qo'shishmas edi. Aytgancha, ular meni qo'shishadigan bir o'yin bor edi... O'rtaga tushar - va men yahshi qocha olmasdim. Zo'ravonlar ismini aytishar, va men bosh ko'tarib qarardim va qizil koptoklarning mening yuzim tomon uchib kelishini ko'rardim. Bam, bam, bam! Va maktabdan uyga qaytayotgan ko'plab kunlarim esimda, yuzlarim qizil va achitar, quloqlarim qiliz va jiringlar edi. Ko'zlarim yoshlar bilan yonar, ularning so'zlari esa quloqlarimda lovillardi. Agar kimdir, "Tayoq va toshlar suyaklarimni sindira oladi, ammo so'zlar menga hech qachon zarar qilmaydi" ... deb aytgan bo'lsa, bu yolg'on. So'zlar pichoq kabi kesa oladi. So'zlar qilich kabi tesha oladi. So'zlar shunchalar chuqur yaralar yarata oladiki, ularni ko'rib bo'lmaydi. Mening qorquvlarim bor edi. So'zlar esa eng ashaddiy dushmanim edi. Hali ham. Lekin mening orzularim ham bor edi. Men uyga borardim va Supermen chizma kitoblaridan malham topardim, Supermen chizma kitoblarini o'qirdim, va Supermen kabi super qahramon bo'lishni orzu qilardim. Men haqiqat va adolat uchun kurashishni, yovuzlar va kriptonitlarga qarshi kurashishni, dunyo bo'ylab uchib g'ayritabiiy yutuqlar bilan hayotlarni saqlab qolishni istardim. Shuningdek, menda haqiqiy narsalarga ham ulkan qiziqish bor edi. Men Ginnesning Dunyo Reckordlari, va Ripleyning "Ishonsang Ishonmasang" kitoblarini o'qirdim. Ginnesning Dunyo Rekordlari yoki Ripleyning kitoblarini o'qiganlar bormi? Men u kitoblarni sevaman! Men haqiqiy odamlar haqiqiy yutuqlarga erishganligini ko'rdim. Va aytdim, shunday qilishni istayman. Agar zo'ravonlar meni sport o'yinlari o'ynagani qo'yishmasa, men haqiqiy sehr, haqiqiy ajoyib harakatlar ko'rsatishni hohlayman. Men o'sha zo'ravonlar qila olmaydigan ajoyib ish qilishni xohlayman. Men o'z maqsadimni topishni, hayotim mazmuni borligini bilishni, ajoyib ish bilan dunyoni o'zgartirishni xohlayman; Men imkonsiz narsa imkonsiz emasligini isbotlashni istayman. 10 yildan song - 21- tug'ilgan kunimdan bir hafta avval edi. Mening hayotimni tubdan o'zgartirgan ikki voqea bir kunda sodir bo'ldi. Men Janubiy Hindistonning Tamil Nadu shahrida missioner bo'lib yashayotgan edim, va mening ustozim, do'stim so'radi, "Sening Thromlaring bormi, Daniel?" Va men javob berdim, "Thromlar? Thromlar nima?" U aytdi, "Thromlar bu hayotdagi asosiy maqsadlar. Ular orzular va maqsadlar birikmasi kabi, masalan, agar sen istaganingni qila olsang, xohlagan joyinga bora olsang, istagan insoning bo'la olsang, qayerga borar eding? Nima qilar eding? Kim bo'lar eding? Men aytdim, "Men bunday qilolmayman! Juda ham qo'rqaman! Juda ko'p qo'rquvlarim bor!" Shu kecha men guruch bo'yrani bungalov uyning tomiga olib chiqib, yulduzlar ostida yotdim, va ko'rshapalaklar chivinlarni tutishini tomosha qildim. Hayolimda faqat Thromlar, orzular va maqsadlar, va o'sha koptoklari bor zo'ravonlar edi. Bir necha soatdan so'ng uyg'ondim. Yuragim dukillardi, tizzalarim qaltirardi. Ammo bu safar qorquvdan emasdi. Butun badanim titrardi. Keyingi besh kun davomida men hushimdan bir ketib bir kelib, o'lim to'shagida hayotim uchun olishardim. Mening miyam 105 (F, 40.5 C) darajali malariya isitmasidan yonardi. Har gal hushimga kelganimda, faqatgina thromlar haqida o'ylardim. Men, "Hayotimda nima qilishni istayman?" deya o'yladim. Nihoyat, 21- tug'ilgan kunimdan oldingi kechada, ravshanlik onida, men shuni tushunib yetdim: men tushundimki, bu kichkinagina chivin, Anopheles Stephensi, o'sha kichkinagina chivin, 5 mikrogramdan ham yengil, tuz parchasidan ham oz, agar osha chivin 170 pound, 80 kiloli kishini yenga olsa, bu mening kriptonitim ekanligini angladim. Keyin men angladim, yo'q, yo'q, u chivin emas, u chivinning ichidagi yiliga milliondan ziyod odamlarni o'ldiradigan kichkina parazit, Plasmodium Falciparum. Songra men angladim, yo'q, yo'q, u bundanda kichik, ammo menga u ancha katta tuyilardi. Men tushundimki, mening kriptonitim bu qorquv edi, mening parazitim, u meni butun hayotimda yiqitib kelayotgan edi. Bilasizmi, xavf va qo'rquvning farqi bor. Xavf haqiqiy. Qo'rquv esa tanlov. Men tanlash imkoni borligini angladim: yoki men qorquvda yashab, o'sha kecha muvaffaqiyatsizlikda jon berishim mumkin, yoki men qo'rquvlarimni o'limga tik qo'yib orzularim tomon intilishim, va hayotda yashahga jasorat qilishim mumkin edi. Bilasizmi, o'lim to'shagida yotish va o'limga yuzma-yuz qarash sizni judayam yashashga undaydi. Men barcha vafot etishini, hech kim rostiga yashamasligini angladim. Biz vafot etish jarayonida yashaymiz. Bilasizmi, siz vafot etishni o'rganganingizda rostdan yashashni o'rganasiz. O'sha kecha men o'z hayotimni o'zgartirishga qaror qildim. Men o'lishni istamadim. Men biroz ibodat qildim, va aytdim "Xudo, agar meni 21- tug'ilgan kunimgacha saqlasang, bundan buyon qo'rquv hayotimni boshqarishiga yo'l bermayman. Qo'rquvlarimni o'limga tik qo'yaman, orzularimga intilaman, o'z nuqtai nazarimni o'zgartirishni, hayotimda ajoyib ishlar qilishni istayman, o'z maqsadimni topishni, imkonsiz narsa imkonsiz emasligini bilishni xohlayman." Men sizga o'sha kecha omon qoldimmi aytmayman, buni o'zingiz tushunib olasiz. (Kulgu) Ammo o'sha kecha men birinchi 10 maqsadim ro'yxatini tuzdim: men asosiy qit'alarga tashrif buyurishni, dunyoning 7 mo'jizasini ko'rishni ko'plab tillar o'rganishni, kimsasiz orolda yashahsni, okeanda kemada yashashni, Amazonda hindu qabilasida yashashni, Shvetsariyaning eng baland cho'qqisiga chiqishni, kun chiqarda Everest cho'qqisini ko'rishni, Nashvilda musiqa biznesida ishlashni, tsirkda ishlashni, va samolyotdan sakrashni xohladim. Keyingi yigirma yil mobaynida, o'sha maqsadlarning ko'pchiligiga erishdim. Har safar bir maqsadni ro'yhatdan chiqarganimda, men ro'yhatimga 5-10 ta maqsad qo'shardim, va ro'yhatim o'shib borardi. Keyingi 7 yil davomida, Bahamasdagi kichik bir orolda yashadim. Chamasi yetti yilcha, chig'anoq kulbada, oroldagi yagona ovqat akula va skatlarni nayzada tutib ovqatlanib, belbog'-mato kiyib, yashadim va akulalar bilan suzishni o'rgandim. Keyin Meksikaga ko'chdim, so'ngra Ekvadordagi Amazon daryosi havzasiga ko'chib o'tdim, Pujo Pongo Ecuador, u yerda qabila bilan yashadim, va o'zimga bo'lgan ishonchimni maqsadlarim orqali oz-ozdan tiklay boshladim. Nashvildagi musiqa biznesiga ko'chdim, va keyin Shvetsiyaga, Stokgolmda ko'chib, u yerda musiqa biznesida ishladim, u yerda men Arktika doirasining ichidagi, Kebnekaise cho'qqisiga chiqdim. Men masxarabozlikni, janglyo'rlikni, uzunoyoq yurishni, monosikl haydashni, olov yutishni, chinni yutishni o'rgandim. 1997-yilda 12 tadan kam qilich yutuvchilar qolganligini eshitib, men aytdim, "Buni qilishim kerak!". Men qilish yutuvchini uchratdim, va undan maslahat so'radim. U aytdi, "Mayli, senga 2 maslahat: Birinchisi: Bu juda xavfli, Buni bajarib odamlar halok bo'lishgan. Ikkinchisi: Bajarib ko'rma! (Kulgu) Men buni maqsadlarim ro'yhatiga qo'shdim. So'ngra men har kuni 10-12 marta, 4 yil mobaynida tajriba qildim. Bularni hisoblab chiqdim... 4 x 365 [x 12] Bu men 2001-yilda birinchi qilichni yuta olishimdan avvalgi, chamasi 13000, muvaffaqiyatsiz urinishlar edi. Shu vaqt davomida, qilich yutish bo'yicha dunyoning eng etakchi mutaxassisi bo'lishni maqsad qildim. Men har bir kitob, jurnal, gazeta maqolasi, har bir tibbiy hisobot, fiziologiya, va anatomiyani o'rganib chiqdim, shifokor va hamshiralar bilan suhbatlashdim, barcha qilich yutuvchilarni Xalqaro Qilich Yutuvchilar uyushmasiga jamladim, va 2 yil davomida, Qilich Yutish va uning Yon Ta'sirlari borasida tibbiy ilmiy ish olib bordim, bu Britaniyaning Tibbiyot Jurnalida nashr etildi. (Kulgu) Rahmat. (Qarsaklar) Va men qilich yutish haqida bir necha ajoyib narsalar o'rgandim. Bugungi kechdan avval o'ylamagan, ammo endi o'ylaydigan narsalaringiz haqida. Kelasi safar siz uyingizgaga borib, bifshteksni pichoq, yoki qilich, yoki "bestek" bilan kesayotganingizda bu haqida o'ylaysiz... Men shuni bildimki, qilich yutish Hindistonda - men uni 20 yoshligimda birinchi marta ko'rgan joyda boshlangan - chamasi 4000 yil avval, taxminan Mil. Av. 2000 yilda. So'ngi 150 yil davomida, qilich yutuvchilar ilm-fan va tibbiyot sohalarida 1868 yili Freiburg Germaniyada, Dr. Adolf Kussmaul tomonidan qattiq endoskopni yasashga yordam berishgan. 1906 yilda esa Uelsda elektro kardio diagramma, yutish, va hazm qilish kasalliklarini o'rganishda, bronxoskoplar, va shu kabilar. Ammo, so'ngi 150 yil davomida yuzlab jarohatlar, va o'nlab o'limlar haqida bilamiz... Mana bu Dr. Adolf Kussmaul kashf etgan qattiq endoskop. Lekin biz shuni o'rgandikki, so'ngi 150 yil ichida 29 o'lim bo'lib, ularning orasida yuragini teshib olgan Londonlik ushbu qilich yutuvchi ham bor. Shuningdek, biz yiliga 3 dan 8 gacha jiddiy qilich yutish jarohatlari bo'lishini o'rgandik. Buni menga qo'ng'iroq qilishlaridan bilaman. Yaqinda ikkisini eshitdim, o'tgan ikki-uch hafta ichida bittasi Shvetsiya, va bittasi Orlandodan qilich yutuvchilar jarohatlari tufayli shifoxonadalar. Shunday qilib, bu juda xavfli. Qilich yutish borasida yana bir o'rgangan narsa shuki, qilich yutishni o'rganish uchun ko'pchilikga 2 yildan - 10 yilgacha vaqt kerak. Lekin men izlab topgan eng ajoyib narsa bu qilich yutuvchilar qanday qilib imkonsiz ishni uddalashni o'rganishlari edi. Men sizga kichik bir sirimni ochaman: imkoni bo'lmagan o'sha 99.9% ga e'tibor bermang. Mumkin bo'lgan o'sha 0.1% ga e'tibor qarating, va qanday bajarishni toping. Endi siz bilan qilich yutuvchi ongiga sayohat qilishimizga ijozat bering. Qilich yuta olish, moddadan ongni ustun qo'yish meditatsiyasini talab qiladi, o'tkir diqqatni, ichki a'zolarni chetlab o'tish va avtomatik reflekslarni yengish uchun aniq aniqlikni, o'zlashtirilgan miya bog'lanishlarini, takroriy mushak xotirasi orqalini, 10,000 dan ziyod amaliy tajribani talab qiladi. Endi siz bilan qilich yutuvchi tanasiga sayohat qilishimizga ijozat bering. Qilich yutish uchun, qilichni tilim ustidan tushirishim, qizilo'ngachdagi tiqin refleksini repressiya qilishim, epiglottisdan pastga 90 darajada burilishim, yuqori qizilo'ngach sfinkteri kricofaringealdan o'tishim, perystalsis refleksini repressiya qilishim, qilichni o'pkalar orasiga, ko'krak qafasiga tushirishim kerak. Mazkur holatda, men yuragimni chetga surishim kerak. Agar e'tibor bersangiz, yuragim urishini qilichdan ko'ra olasiz. Chunki u 1/8 dyuym (3 mm) qalinlikdagi qizilo'ngach to'qimasi bilan ajralib, yurakga suyanib turibdi. Bu soxtalab bo'ladigan narsa emas. Keyin uni ko'krak suyagidan siljitib o'tkazishim, pastki qizilo'ngach sfinkteridan oshqozonga o'tishim oshqozondagi qaytim refleksini repressiya qilib, 12 barmoqli ichakgacha tushishim kerak. Juda oson. (Kulgu) Agar bundan ham o'tsam, fallopiya naychalarimgacha tushardim. (Gollandiyacha) Fallopiya naychalari! Yigitlar, bu haqida keyinroq xotinlaringizdan so'rashingiz mumkin... Odamlar mendan so'rashadi, ular "Hayotingizni xavf ostiga qo'yib, yuragingizni siljitib, qilich yutish ko'p jasorat talab qilsa kerak...". Yo'q. Haqiqiy jasorat talab qiladigani bu o'sha qo'rquvdagi, uyatchan, ozg'in, zaif bolaning muvaffaqiyatsizlik va rad etilishni xavfga qo'yib, yuragini ochishi, va g'ururiyatini yutib mana bu yerda bir guruh musofrlar oldida turib sizlarga uning qo'rquvlari va orzulari haqida hikoyasini aytishi, ichki a'zolarini tokilishini xavf ostiga qo'yishi, to'liq hamda majoziy ma'noda. Bilasizmi - rahmat. (Qarsaklar) Bilasizmi, asli ajoyib narsa shuki hayotimda diqqatga sazovor ish qilishni doimo istardim, hozir buni qilyapman. Lekin asli diqqatga sazovor ish bu, 21 qilichni birdaniga yutishimda emas, 88 ta akulasi bor akvariumda 20 fut (6 m) suv ostidami, Ripleyning "ishonasanmi Yo'qmi"sigami, yoki Stan Leening Superodamlariga 1500 dajarada isitilganimi, "Po'lat Odam" sifatida, ha u shovvoz juda issiq edi! Yoki qilich bilan avtomobilni Ripley uchun tortish, yoki Ginnes uchun, yoki uni "Amerikaning Talanti Bor" ko'rsatuvi finalida bajarish, yoki 2007-yilgi tibbiyotdagi Ig Nobel mukofotini yutishda emas. Yo'q, bular aslida diqqatga sazovorli narsalar emas. Odamlar shunday deb o'ylashadi. Yo'q, yo'q, yo'q. Unday emas. Asli diqqatga sazovorlisi bu Xudoning o'sha qo'rquvdaqi, uyatchan, ozg'in, zaif bolakayni balanddan qo'rqadigan, suvdan va akulalardan qo'rqadigan, shifokor va hamshiralardan, o'tkir anjomlardan, odamlarga so'zlashdan qorqishidan, endi esa u menga dunyoni 30,000 fut balandliklarda uchib, o'tkir buyumlarni akula akvariumlari ostida ytib, dunyo bo'ylab shifokor, hamshira, va siz kabi tinglovchinlarga suhbatlashtirishi. Mana bu men uchun asli diqqatga sazovor narsa. Doimo imkonsizni uddalashni istardim - Rahmat. (Qarsaklar) Rahmat. (Qarsaklar) Doimo imkonsizni uddalashni istardim, endi bunga erishdim, Hayotimda diqqatga sazovorli ish qilishni va dunyoni o'zgartirishni istardim, endi esa qilyapman. Men doimo dunyo bo'ylab uchib yurib g'ayritabiiy ishlar qilishni va hayotlarni saqlab qolishni istardim, endi esa qilyapman. Yana bilasizmi nima? O'sha bolakayning ulkan orzusining kichik bir qismi hali ham bor, qalbim tubida. (Kulgu) (Qarsaklar) Bilasizmi, men doimo o'z maqsadimni topishni istardim, endi esa topdim. Lekin bilasizmi? Bu qilichlar bilan emas, o'ylaganingiz emas, kuchli hosiyatim emas. Aslida bu mening kuchsizligim, so'zlarim. Mening maqsadim qo'rquvni har bir qilich bilan, har bir so'z bilan, har bir pichoq bilan, har bir hayot bilan, odamlarni super qahramon bo'lishga va hayotlarida imkonsizni qilishga undash orqali yengib, dunyoni o'zgartirishdir. Mening maqsadim o'zgalarga maqsadlarini topishda yordam berish. Sizniki nima? Sizning maqsadingiz nima? Bu yerga nima qilish uchun keltirilgansiz? Men biz barchamiz super qahramon bo'lish uchun chaqirilganmiz deb ishonaman. Sizning super qobiliyatingiz nima? Dunyoning 7 milliard aholisi orasida bugungi kunda o'ndan kam qilich yutuvchilar qolgan, ammo siz bittasiz. Siz betakrorsiz. Sizning hikoyangiz nima? Sizni nima o'zgacha qiladi? Hattoki ovozingiz ingichka va titroq bo'lsa ham hikoyangizni ayting. Sizning maqsadlaringiz nima? Agar istaganingizni bajara olsangiz, istagan insoningiz, istagan joyda - Nima qilgan bo'lardingiz? Qayerga borardingiz? Nima qilgan bo'lardingiz? Hayotingizda nima qilishni istardingiz? Katta orzularingiz nima? Bolaligingizda katta orzularingiz nimalar edi? Eslab ko'ring. Bu emas edi, shunday emasmi? Sizning eng g'ayritabiiy g'alati va noma'lum deb o'ylagan orzularingiz nimalar? Bu sizning orzuingizni unchalar g'alati emas qilib ko'rsatadi, shunday emasmi? Sizning qilichingiz nima? Har biringizning qilichingiz bor, qo'rquv va orzularning ikki tomonli qilichi. U nima bo'lmasin, qilichingizni yuting. Xonimlar va janoblar, orzularingizga ergashing. Kim bo'lishni istashingizdan qat'iy nazar, hech qachon kech emas. Imkonsizni hech qila olmaydi deb o'ylagan, o'sha koptokli zo'ravonlarga faqat bir gapim bor: Rahmat. Chunki agar yovuzlar dastidan bo'lmasa, bizda super qahramonlar bo'lmasdi. Men bu yerga imkonsiz narsa imkonsiz emasligini isbotlash uchun keldim. Bu juda ham xavfli, bu meni o'ldira oladi. Sizga yoqadi deya umid qilaman. (Kulgu) Bu gal sizning yordamingiz kerak. Tinglovchilar: Ikki, uch. Dan Meyer: Yo'q, yo'q, yo'q. Menga sanoqda yordamingiz kerak, barchangiz, ho'p? (Kulgu) Agar so'zlarni bilsangiz? Hop? Men bilan sanang. Tayyormisiz? Bir. Ikki. Uch. Yo'q, bu 2, lekin tushundingiz. Tinglovchilar: Bir. Ikki. Uch. (Hayratlanish) (Qarsaklar) DM: Ha! (Qarsaklar) (Olqishlar) Katta rahmat. Rahmat, rahmat, rahmat. Qalbimning tubidan rahmat. Aniqrog'i, oshqozonimning tubidan rahmat. Men bu yerga imkonsiz ishni bajarish uchun keldim deb aytdim, va hozir bajardim. Ammo bu imkonsiz ish emas edi. Men buni har kuni bajaraman. Imkonsiz ish bu o'sha qo'rquvdagi, uyatchan, ozg'in va zaif bolaning o'z qo'rquvlariga yuzma yuz borib, ushbu [TEDx] sahnasida turib, dunyoni, har gal bir so'z bilan, har gal bir qilich bilan, har gal bir hayot bilan o'zgartirishi edi. Agar men sizni yangicha fikrlashga chorlagan bo'lsam, agar sizni imkonsiz narsa imkonsiz emas deya ishontirgan bo'lsam, agar men siz o'z hayotingizda imkonsiz ishni bajara olishingizni anglatgan bo'lsam, mening vazifam yakunlandi, ammo sizniki esa endigina boshlanmoqda. Hech qachon orzu qilishdan to'htamang. Hech qachon ishonishdan to'htamang. Menga ishonganingiz uchun rahmat va mening orzuimning qismi bo'lganingiz uchun ham rahmat. Va ushbu mening sizga sovg'am: Imkonsiz ish ... Tinglovchilar: Imkonsiz emas. Uzoq sayohat sovg'aning qismi. (Qarsaklar) Rahmat. (Qarsaklar) (Olqishlar) Mezbon: Rahmat, Dan Meyer, qoyil!