Men Lydia Wintersman, Mojang brend direktoriman. Biz Minecraft deb nomlanadigan kichik o‘yin yaratdik. minecraftdagi mening eng sevimli ishim bu tadqiqot qilish. Men g‘orlarda sarguzasht qilish va nimalardir topib yurishni yaxshi ko‘raman. Dasturchi emas, shunchaki oddiy shaxs sifatida, men Minecraft darslarini kuzatib borishdan zavq olaman va o‘zim mustaqil ravishda kod yozishni ham o‘rganayaman. Eng so‘nggi bosqichda ko‘plab moveForward(); bloklari kerak bo'ladi. Agar biz komputerga shunchaki to‘rt yoki besh marta oldinga harakatlanish buyrug‘ini bera olganimizda, ishimiz osonlashardi. Baxtimizga, komputerlar looplar yordamida takroriy buyruqlarni juda yaxshi bajara oladi. Minecraftni qurishda, yangi dunyo yaratishda uchun dastlabki narsalarni joylashtirish uchun biz takrorlanuvchi loop sikllardan foydalanamiz. Bular ming-minglab bloklar demakdir. Biz looplardan kichik jarayonlarda ham foydalanamiz, masalan, sayr qilayotganda Alexning oldinga va orqaga qadam tashlashi. Takrorlanuvchi loop sikllar dasturlashning eng kuchli qismlaridan biri. Tun yaqinlashmoqda, shuning uchun keyingi bir nechta bosqichlarda biz xavfsizlik uchun uy qurmoqchimiz. Buni osongina bajarish uchun, biz repeat bo‘limdan foydalanmoqchimiz. Uyimizning devorini qurish uchun, Alexga to‘rt marta oldinga harakatlanishini va taxtachani joylashini ayta olamiz yoki oldinga harakatlanib, taxtachani joylash buyruqlarini repeat blokiga joylab, ko‘p marta qaytarishini aytishimiz mumkin. Hozir, biz repeat bloki ustiga bosamiz va unga bu amallarni necha marta takrorlashini aytamiz. Endi, keling tun tushmasdan uyimizni quralik! Ajoyib!