Ishingizda sizni qo'llab-quvvatlovchi shaxsni qanday topish mumkin?
-
0:01 - 0:051988-yilning bahor faslida
-
0:05 - 0:08mening hayolimga ajoyib bir fikr keldi.
-
0:08 - 0:10Mening ilk davra suhbatim mobaynida,
-
0:10 - 0:12bu haqda bilmaganlar uchun izoh bersam,
-
0:12 - 0:16davra suhbati Uol-Stritda ommabop bo'lgan
-
0:16 - 0:19yil yakuni sarhisob qilinadigan jarayon bo'lib,
-
0:19 - 0:24analitik, hamkor, vitse-prezidentdan tortib boshqaruvchilargacha qamrab oldi.
-
0:24 - 0:28Bu bahs-muhokamalar yopiq eshiklar ortida,
-
0:28 - 0:31davra suhbati, ya'ni stol atrofida kechgan
-
0:31 - 0:34hamda har bir shaxs tabaqalarga -
-
0:34 - 0:37oliy, o'rta toifa va quyi toifalarga bo'lib,
-
0:37 - 0:40so'ngra ular bonus sinflariga taqsimlandi.
-
0:40 - 0:43Bu har bir professionallik darajasiga qarab belgilandi.
-
0:43 - 0:47U yerda ilk bor bo'lib, kuzatar ekanman,
-
0:47 - 0:50bir kishi suhbat natijasini tasmaga
-
0:50 - 0:53yozishga mas'ul ekanligini ko'rdim.
-
0:53 - 0:56Xonada barcha nomzodlarning ishlarini taqdim
-
0:56 - 0:59etishga mas'ul bo'lgan boshqa kishilar ham bor edilar.
-
0:59 - 1:03Shuningdek, boshqa taklif etilgan mehmonlar ham bo'lib, ular
-
1:03 - 1:06taqdim etilayotgan nomzodlarga sharh berishlari lozim edi.
-
1:06 - 1:10Menga shunisi qiziq ediki, mazkur boshqa insonlar o'z
-
1:10 - 1:14martabalari jihatidan muhokama qilinayotganlardan ko'ra ancha salmoqli edi,
-
1:14 - 1:18va ular nazariy jihatdan zikr etilgan nomzodlar bilan muayyan aloqaga ega edilar.
-
1:18 - 1:22Hozirda men ilk bora shu davra suhbatida bo'lganimdan nihoyatda mamnunman,
-
1:22 - 1:26chunki o'zim ham shu jarayonni bosib o'tishimni
-
1:26 - 1:29va mening imtiyozlarim aynan shu yo'l orqali hal etilishini bilar edim.
-
1:29 - 1:31Shuning uchun men bu uslubning mexanizmi,
-
1:31 - 1:32eng muhimi esa maqsadim
-
1:32 - 1:36meritokratiya, ya'ni munosiblarni saralash konsepsiyasining afzalliklariga
-
1:36 - 1:39bitirgan biznes universitetimdan tortib men suhbatlashgan har bir kompaniya tomonidan
-
1:39 - 1:40qay yo'sinda ishontirilayotganini anglab yetish edi.
-
1:40 - 1:42Har safar kompaniyalar bilan suhbatimda
-
1:42 - 1:46ular menga: "Qadriyatlarimiz, jamiyki jarayonimiz meritokratiyadan iborat", deyishar edi.
-
1:46 - 1:49Bunday tashkilotda ilgarilash uchun siz aqlli bo'lsangiz,
-
1:49 - 1:52boshingizni ko'tarmasdan, chinakamiga qattiq ishlasangiz
-
1:52 - 1:53albatta eng cho'qqiga ko'tarilasiz.
-
1:53 - 1:57Demak, bu aynan qanday kechishiga shohid bo'lish uchun imkoniyat edi.
-
1:57 - 1:59Shunday qilib jarayon bo'shlanar ekan,
-
1:59 - 2:02men yig'ilish bayonnomachisi birinchi shaxs ismini chaqirganini eshitdim.
-
2:02 - 2:04"Jou Smit".
-
2:04 - 2:08Jouning ishini taqdim etishga mas'ul ham shunday qildi.
-
2:08 - 2:11Taqdimotning so'nggi uchinchi qismida kimdir gapni bo'lib, dedi:
-
2:11 - 2:13"Bu ajoyib nomzod, nihoyatda,
-
2:13 - 2:16u noyob tahliliy va miqdoriy malakalar sohibi.
-
2:16 - 2:18Bir so'z bilan aytganda superyulduz".
-
2:18 - 2:20Bosh bayonnomachi keyin dedi:
-
2:20 - 2:23"Demak, Jou oliy tabaqa toifasiga mansub".
-
2:23 - 2:26Ikkinchi kishi, Meri Smit.
-
2:26 - 2:29O'sha taqdimot o'rtasida, kimdir dedi: "Pishiq nomzod.
-
2:29 - 2:32Ajralib turuvchi aytarlik fazilatlari bo'lmasada, dastyorlikka yaraydi".
-
2:32 - 2:34Bayonnomachi dedi:
-
2:34 - 2:36"Meri o'rta toifaga mansub ekanda".
-
2:36 - 2:39Keyin kimdir aytdi: "Arnold Smit".
-
2:39 - 2:42Arnoldning ishini taqdim etuvchi kishi og'zini ochmasdan
-
2:42 - 2:46kimdir: "Falokat, ofat. Bu bolaning tuturig'i yo'q.
-
2:46 - 2:48Standartlarimizga monand emas", dedi.
-
2:48 - 2:50Nomzod ishi taqdimotidan avval
-
2:50 - 2:51bayonnomachi aytdi:
-
2:52 - 2:55"Demak, Arnold quyi toifaga boradi".
-
2:55 - 2:58Aynan o'sha lahzalarda men ushladim ... marvaridlarimni
-
2:58 - 3:01(Kulgu)
-
3:02 - 3:05o'zimga-o'zim "Mening nomimdan kim gapirar ekan-a?" dedim.
-
3:06 - 3:08Kim mening nomimdan gapiradi?
-
3:09 - 3:13O'sha onda men angladimki, meritokratiya g'oyasi
-
3:13 - 3:17o'sha har bir tashkilot so'ylaydigan fikr, shunchaki afsona ekan.
-
3:17 - 3:23Siz 100 foiz malaka va bilim asoslangan muhitga ega bo'la olmaysiz.
-
3:23 - 3:27Gap shundaki, baholash mezonida inson omili mavjud,
-
3:27 - 3:29chunki, o'z nomi va tavsifi bilan
-
3:29 - 3:31biri ikkinchisini noxolisga chiqaradi.
-
3:31 - 3:37O'sha lahzada men anglayotgan edimki, yopiq eshiklar ortida
-
3:37 - 3:40mening nomimdan mulohaza yuritayotgan inson
-
3:40 - 3:43meni shunday taqdim etayotganda,
-
3:43 - 3:46qaror qabul qiluvchilar davra atrofida o'tirib
-
3:46 - 3:48mening foydamga javob berayotgan edi.
-
3:49 - 3:52Bu nihoyatda mushohada uchun saboq bo'ldi,
-
3:52 - 3:55va o'zimga-o'zim "Xo'sh, o'sha inson kim?
-
3:55 - 3:57Bu insonni qanday nomlash mumkin?", dedim.
-
3:57 - 4:01O'sha vaqtda ommalashgan atama xususida o'ylab,
-
4:01 - 4:04dahshat, bu inson murabbiy bo'lishga noloyiq,
-
4:04 - 4:09chunki, murabbiyning vazifasi aslida sizga mos maslahatni berish
-
4:09 - 4:13aynan sizga va sizning istiqbolingizdagi orzu-umidlaringizga yo'naltirilgan bo'lishi kerak, dedim.
-
4:13 - 4:16Yaxshining yaxshiligini, yomonning yomonligini
-
4:16 - 4:18hech qanday cheklovlarsiz ayta oluvchilar bor.
-
4:19 - 4:23Albatta, duch kelgan kishi himoyachi - advokat bo'la olmaydi,
-
4:23 - 4:27chunki kimningdir himoyachisi bo'lish uchun
-
4:27 - 4:28pul sarflab o'tirish shart emas.
-
4:28 - 4:31Albatta siz alohida xonaga chaqirtirilib, yopiq
-
4:31 - 4:34eshiklar ortida advokat bo'lishingizga hojat yo'q.
-
4:34 - 4:36Deyarli ikki yil o'tib, bu kishi
-
4:36 - 4:40qanday atalishi lozimligini tushunib yetdim.
-
4:40 - 4:42Men Michigan universitetida so'zga chiqib,
-
4:42 - 4:44bo'lg'usi biznes boshqaruvi magistrlariga
-
4:44 - 4:46chiqargan saboqlarim haqida gapirar ekanman,
-
4:46 - 4:48Uoll-Stritda o'tgan qisqa uch yillik faoliyatimdan keyin
-
4:48 - 4:50menda bir fikr uyg'ondi.
-
4:50 - 4:54Iye, bu inson axir sening manfaatlaringdan xabardor kishi-ku,
-
4:54 - 4:57yoxud aytish mumkinki, hujjatlaringni xonaga ko'tarib kiruvchi
-
4:57 - 4:59bu inson shundayki, u sizga nisbatan o'zining
-
4:59 - 5:02qimmatli siyosiy va ijtimoiy vaznlarini sarflaydi,
-
5:02 - 5:06bu inson sizning nomingizdan stolni taqillatadi,
-
5:06 - 5:09bu - homiyku.
-
5:10 - 5:12Bu - homiy.
-
5:13 - 5:15Keyin esa o'zimga aytdim,
-
5:15 - 5:17"Xo'sh, qanday qilib homiyga ega bo'lasan?
-
5:18 - 5:20Va ochig'ini aytganda, sizga nega homiy kerak?".
-
5:20 - 5:22O'zi siz homiyga muhtojsiz, rosti.
-
5:22 - 5:23Chunki, ma'lumki,
-
5:23 - 5:27bilishimcha, baholash jarayoni bir bosqichdan iborat emas,
-
5:27 - 5:30xoh akademik, xoh sog'liqni saqlash, xoh moliyaviy xizmatlar sohasi bo'lsin,
-
5:30 - 5:34bular inson omili mavjud bo'lmagan sohalar emas.
-
5:34 - 5:37Demak bu noxolis yondashuv mezoni borligini anglatadi.
-
5:37 - 5:43Sizning ishingizni taqdim etuvchi shaxsda subyektivlik o'lchami bor.
-
5:43 - 5:45Subyektivlik o'lchovi
-
5:45 - 5:47ular nimalar deyishlarida sizda mavjud
-
5:47 - 5:51obyektiv ma'lumotni qanday talqin etishlarida namoyon bo'ladi.
-
5:51 - 5:56Subyektivlik o'lchovi qanday bayon etishlari va nimani aytishlarida
-
5:56 - 5:59pirovard natijaga ta'sir etadi.
-
5:59 - 6:03Shu bois amin bo'lishingiz kerakki, so'zga chiqayotgan kishi
-
6:03 - 6:04sizning himoyachingiz
-
6:04 - 6:07qalbida sizning eng maqbul manfaatlaringiz bo'lsin
-
6:07 - 6:11va u ularga erishishga qodir bo'lsin, nima bo'lsa ham
-
6:11 - 6:13yopiq eshiklar ortida uni uddalasin.
-
6:13 - 6:16Endilikda, mendan hamisha so'rashadi:
-
6:16 - 6:18"Siz bunga qanday erishasiz?"
-
6:18 - 6:24Ochig'i, nirvana shunday ideal muhitki unda odamlar
-
6:24 - 6:27"men buni siz uchun amalga oshiraman, siz
-
6:27 - 6:30muvaffaqiyatli bo'lishingiz uchun ishonch hosil qilaman", deb qaror qiladi.
-
6:30 - 6:34Ammo shu yerdagilarning aksariyati bilamizki, bu aslida bunday ro'y bermaydi.
-
6:34 - 6:37Kelinglar, muomala tamoyilini tushintirib
-
6:37 - 6:42homiyingizni topish qobiliyatingizga qanday ta'sir etishi haqida gapirsam.
-
6:42 - 6:47Istagan holatda ikki xil masala vujudga keladi:
-
6:47 - 6:50bu ijro masalasi va munosabatlar masalasi.
-
6:50 - 6:54Ijro masalasi shunday holat bo'lib, unda
-
6:54 - 6:58sizdan so'ralgan narsa
-
6:58 - 7:00hamda bir oz undan ortiqrog'i boladi.
-
7:00 - 7:04Har safar vazifani odamlar kutganidan ko'prog'ini
-
7:04 - 7:06uddalasangiz ijro holatini yuzaga keltirasiz.
-
7:07 - 7:09Bu xuddi birjadagi singari ro'y beradi.
-
7:09 - 7:12Qachondir bir kompaniya jamoatchilikka
-
7:12 - 7:14ulushning 25 sentini to'layman desa,
-
7:14 - 7:16ular ulushning 40 sentini to'laydilar, birjadagi
-
7:16 - 7:19aksiyalar o'sar ekan, sizniki ham oshadi.
-
7:19 - 7:22Ijro masalasi uch sababdan salmoqli.
-
7:22 - 7:25Birinchidan, u sizni nazarga tushirtiradi.
-
7:25 - 7:28U sizga nufuz keltiradi.
-
7:28 - 7:32Ikkinchidan, u sizga daromad va lavozimni
-
7:32 - 7:35kasbiy tajribangizda barvaqt olib keladi.
-
7:35 - 7:38Va istagan muhitda ham juda erta sodir bo'ladi.
-
7:38 - 7:413-dan esa, bu homiyni jalb etishi mumkin.
-
7:41 - 7:44Nega? Chunki, kuchli ijro
-
7:44 - 7:48jamoadagi obro' darajangizni oshiradi va
-
7:48 - 7:51avval aytganimdek, homiyning o'zi kelishi mumkin.
-
7:51 - 7:55Nega? Chunki, hamma yulduzlarni xush ko'radi.
-
7:55 - 7:59Mabodo bir vaziyatda
-
7:59 - 8:02homiyni topa olmasangiz,
-
8:02 - 8:03quyidagicha xushxabar bor.
-
8:03 - 8:07Yodingizda bo'lsin, vakolatingizdan foydalanib, homiy so'rashingiz mumkin.
-
8:08 - 8:13Mana endi, boshqa eng muhim fazilat haqida.
-
8:13 - 8:16Bu munosabatlar masalasidir.
-
8:16 - 8:20Munosabatlar jihati tevarak-atrofingizdagi
-
8:20 - 8:25kishilarga sarmoya kiritish orqali erishiladi,
-
8:25 - 8:29atrofingizdagi kishilarga ko'maklashish orqali erishiladi.
-
8:29 - 8:33Siz mutlaqo tanimagan odamingizdan
-
8:33 - 8:36misqollab orttirilgan shaxsiy obro'larini sizning
-
8:37 - 8:39nomingizdan foydalanishni so'ray olmaysiz.
-
8:39 - 8:41Bu bunday kechmaydi.
-
8:42 - 8:47Shuning uchun muhimi atrofingizdagi odamlar bilan
-
8:47 - 8:50bog'lanish, muloqot qilish va tanishishga vaqt sarflash,
-
8:50 - 8:55va eng muhimi ularga sizni bilish imkonini taqdim eitshingiz kerak.
-
8:55 - 8:57Chunki ular sizni bilishsa,
-
8:57 - 9:00katta ehtimol bilan murojaat qilganingizda
-
9:00 - 9:03homiyim bo'ling deb,
-
9:03 - 9:06javoblari albatta ijobiy bo'ladi.
-
9:06 - 9:10Endi homiyga ega bo'lish kerak degan fikrimga qo'shilsangiz,
-
9:10 - 9:14homiyni qanday aniqlash haqida suhbatlashsak.
-
9:15 - 9:17Agar homiyni axtarayotgan bo'lsangiz,
-
9:17 - 9:20ular 3 ta asosiy fazilatga ega bo'lishlari kerak.
-
9:20 - 9:251-dan ular qaror qabul qiluvchi davrada kursiga ega bo'lishlari,
-
9:25 - 9:28ish faoliyatingizdan xabardor bo'lishlari,
-
9:29 - 9:32zero yopiq eshiklar ortidan kuzata olsin,
-
9:32 - 9:34ularda muayyan salohiyat bo'lishi kerak,
-
9:34 - 9:37boshqacha aytganda kuch bo'lishi kerak.
-
9:37 - 9:40Ularda o'sha uch narsa bo'lishi juda muhim.
-
9:40 - 9:43Tegishli shaxsni aniqlab olganingizdan so'ng
-
9:43 - 9:45buni qanday qilib so'raysiz?
-
9:45 - 9:47Ssenariy quyidagi tartibda bo'ladi:
-
9:47 - 9:52"Jim, shu yili lavozim pillapoyalaridan ko'tarilishdan nihoyatda manfaatdorman
-
9:52 - 9:54O'tgan yil men uchun samarali bo'ldi
-
9:54 - 10:00va ushbu tashkilotga o'z loyiqligim yoki tayyorligimni
-
10:00 - 10:02isbotlash uchun hech narsani ko'rsata olmayman
-
10:02 - 10:06lekin kimdir yopiq eshiklar ortida hozir bo'lib
-
10:06 - 10:09nomimdan davrada fikr yuritishidan voqifman.
-
10:09 - 10:13Siz meni taniysiz, ishlarimdan xabardorsiz va xaridorlarning taklif-mulohazalaridan voqifsiz,
-
10:13 - 10:17va umid qilamanki, mening nomimdan bahs yuritish sizga malol kelmaydi".
-
10:17 - 10:19Mabodo Jim sizni bilsa
-
10:19 - 10:21va muayyan munosabatlarga ega bo'lsangiz
-
10:22 - 10:25uning rozilik berish ehtimoli ancha yuqori bo'ladi.
-
10:25 - 10:26Agar u inson xo'p desa,
-
10:26 - 10:29u en uchun ham harakat qilib ko'radi.
-
10:29 - 10:32Lekin, Jimning yo'q deyish ehtimoli bor
-
10:32 - 10:34va agar u yo'q desa, mening fikrimcha,
-
10:34 - 10:36u sizga yo'q deyishiga uch sabab bor.
-
10:36 - 10:411-dan, u faoliyatingizdan yetarli voqifman, deb hisoblamaydi.
-
10:41 - 10:44Yopiq eshiklar ortidan haqiqiy vakolatga ega bo'lish
-
10:44 - 10:48nomingizdan ta'sirli va samarali bo'lish uchun yetarli deb hisoblamaydi.
-
10:48 - 10:50Uning rozi bo'lmasligiga ikkinchi sabab,
-
10:50 - 10:53sizning u bunga qodir degan fikringizdir,
-
10:53 - 10:56ammo u bunga qurbi yetmasligini biladi
-
10:56 - 11:00va buni u siz bilan suhbatda tan olmaydi.
-
11:00 - 11:01(Kulgu)
-
11:01 - 11:04Va sizga monelik qiladigan 3-bahona -
-
11:04 - 11:05u sizni yoqtirmaydi.
-
11:05 - 11:06Siz unga yoqmaysiz.
-
11:06 - 11:07(Kulgu)
-
11:07 - 11:09Va bu sodir bo'lishi mumkin.
-
11:10 - 11:14Lekin hatto bu siz uchun muhim ma'lumot bo'lib,
-
11:14 - 11:18homiy bilan navbatdagi suhbatga tayyorlanishda
-
11:18 - 11:21oz bo'lsada salmoqliroq xizmat qiladi.
-
11:22 - 11:26Homiyga ega bo'lishning ahamiyatini ta'riflarshga til ojiz.
-
11:26 - 11:30Bu sizning kasbiy o'sishingizdagi muhim munosabatdir.
-
11:30 - 11:33Murabbiyga ega bo'lish ochig'i zo'r ish,
-
11:33 - 11:37lekin murabbiysiz ishingizda uzoq yashab ketishingiz mumkin,
-
11:37 - 11:42ammo hech qaysi tashkilotda homiysiz ko'tarila olmaysiz.
-
11:43 - 11:47Shuning uchun muntazam ravishda o'zingizdan,
-
11:47 - 11:50"Hujjatlarimni tegishli xonaga kim olib kiryapti?
-
11:50 - 11:52Mening hujjatlarimni xonaga kim olib kirmoqda?",
-
11:52 - 11:56deb so'rashingiz lozim. Agar bunga javobingiz
-
11:56 - 11:59bo'lmasa aytgan bo'lardimki sa'y-harakatingizni
-
11:59 - 12:02homiy aloqalariga sarflashga yo'naltiring,
-
12:03 - 12:06chunki bu muvaffaqiyatingiz kalitidir.
-
12:06 - 12:09Fikrimni yakunlar ekanman, so'zlarimni shu yerda
-
12:09 - 12:11jam bo'lgan bo'lg'usi homiylarga yo'naltirishga ijozat bersangiz.
-
12:12 - 12:15Bordiki sizlar mo'tabar dargohga taklif etilgan bo'lsangiz
-
12:15 - 12:18bilingizkim, o'sha kursida joyingiz bo'ladi,
-
12:18 - 12:20va agar kursi egasi bo'lganingizdan so'ng
-
12:21 - 12:23sizda fikr bildirish mas'uliyati bo'ladi.
-
12:23 - 12:28Odamlarning gap-so'ziga parvo qilib kuchingizni zoye ketgazmang,
-
12:28 - 12:31shuningdek, ularning fikridan qat'iy nazar madad
-
12:31 - 12:34berayotgan kimsa o'zingiz singari bo'lsa-da.
-
12:34 - 12:37Agar shijoatingizga munosib bo'lsa,
-
12:38 - 12:40uni sarflang.
-
12:40 - 12:43Uoll-stritdagi bir necha o'n yillik ishimdan olgan sabog'im,
-
12:43 - 12:46o'z qudratingizni oshirish yo'li - uni boshqalarga berish ekan,
-
12:46 - 12:48va yuragingizdagi sizning ovozingizdir.
-
12:48 - 12:53(Qarsaklar)
-
12:54 - 12:59Ovozingiz esa qudratingizning yuragidadir.
-
13:00 - 13:01Undan foydalaning.
-
13:01 - 13:02Katta rahmat.
-
13:02 - 13:09(Qarsaklar)
- Title:
- Ishingizda sizni qo'llab-quvvatlovchi shaxsni qanday topish mumkin?
- Speaker:
- Karla Harris
- Description:
-
Ishxona ko'pincha meritokratiya o'chog'i va u yerda muvaffaqiyatga erishish uchun boshingizni ko'tarmasdan qattiq ishlash lozim deb qabul qilinadi. Uoll-strit faxriysi Karla Harris o'zining dastlabki mehnat faoliyatidayoq bu afsona ekanligini anglagan. Aslida kalit peshqadam bo'lishmi? Homiyni toping: bu shaxs siz (hali) taklif etilmayotgan yuqori darajadagi, yopiq eshiklar ortidagi majlislarda sizning nomingizdan so'zlovchi bo'lsin. Mazkur samimiy va o'ta ta'sirli taqdimotda samarali homiylik munosabatlarini qanday aniqlash va rivojlantirish yo'llari haqida saboq oling.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 13:23
TED Translators admin approved Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work | ||
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work | ||
Zabikhulla Saipov edited Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work | ||
Zabikhulla Saipov edited Uzbek subtitles for How to find the person who can help you get ahead at work |