1988-yilning bahor faslida
mening hayolimga ajoyib bir fikr keldi.
Mening ilk davra suhbatim mobaynida,
bu haqda bilmaganlar uchun izoh bersam,
davra suhbati Uol-Stritda ommabop bo'lgan
yil yakuni sarhisob qilinadigan jarayon bo'lib,
analitik, hamkor, vitse-prezidentdan tortib boshqaruvchilargacha qamrab oldi.
Bu bahs-muhokamalar yopiq eshiklar ortida,
davra suhbati, ya'ni stol atrofida kechgan
hamda har bir shaxs tabaqalarga -
oliy, o'rta toifa va quyi toifalarga bo'lib,
so'ngra ular bonus sinflariga taqsimlandi.
Bu har bir professionallik darajasiga qarab belgilandi.
U yerda ilk bor bo'lib, kuzatar ekanman,
bir kishi suhbat natijasini tasmaga
yozishga mas'ul ekanligini ko'rdim.
Xonada barcha nomzodlarning ishlarini taqdim
etishga mas'ul bo'lgan boshqa kishilar ham bor edilar.
Shuningdek, boshqa taklif etilgan mehmonlar ham bo'lib, ular
taqdim etilayotgan nomzodlarga sharh berishlari lozim edi.
Menga shunisi qiziq ediki, mazkur boshqa insonlar o'z
martabalari jihatidan muhokama qilinayotganlardan ko'ra ancha salmoqli edi,
va ular nazariy jihatdan zikr etilgan nomzodlar bilan muayyan aloqaga ega edilar.
Hozirda men ilk bora shu davra suhbatida bo'lganimdan nihoyatda mamnunman,
chunki o'zim ham shu jarayonni bosib o'tishimni
va mening imtiyozlarim aynan shu yo'l orqali hal etilishini bilar edim.
Shuning uchun men bu uslubning mexanizmi,
eng muhimi esa maqsadim
meritokratiya, ya'ni munosiblarni saralash konsepsiyasining afzalliklariga
bitirgan biznes universitetimdan tortib men suhbatlashgan har bir kompaniya tomonidan
qay yo'sinda ishontirilayotganini anglab yetish edi.
Har safar kompaniyalar bilan suhbatimda
ular menga: "Qadriyatlarimiz, jamiyki jarayonimiz meritokratiyadan iborat", deyishar edi.
Bunday tashkilotda ilgarilash uchun siz aqlli bo'lsangiz,
boshingizni ko'tarmasdan, chinakamiga qattiq ishlasangiz
albatta eng cho'qqiga ko'tarilasiz.
Demak, bu aynan qanday kechishiga shohid bo'lish uchun imkoniyat edi.
Shunday qilib jarayon bo'shlanar ekan,
men yig'ilish bayonnomachisi birinchi shaxs ismini chaqirganini eshitdim.
"Jou Smit".
Jouning ishini taqdim etishga mas'ul ham shunday qildi.
Taqdimotning so'nggi uchinchi qismida kimdir gapni bo'lib, dedi:
"Bu ajoyib nomzod, nihoyatda,
u noyob tahliliy va miqdoriy malakalar sohibi.
Bir so'z bilan aytganda superyulduz".
Bosh bayonnomachi keyin dedi:
"Demak, Jou oliy tabaqa toifasiga mansub".
Ikkinchi kishi, Meri Smit.
O'sha taqdimot o'rtasida, kimdir dedi: "Pishiq nomzod.
Ajralib turuvchi aytarlik fazilatlari bo'lmasada, dastyorlikka yaraydi".
Bayonnomachi dedi:
"Meri o'rta toifaga mansub ekanda".
Keyin kimdir aytdi: "Arnold Smit".
Arnoldning ishini taqdim etuvchi kishi og'zini ochmasdan
kimdir: "Falokat, ofat. Bu bolaning tuturig'i yo'q.
Standartlarimizga monand emas", dedi.
Nomzod ishi taqdimotidan avval
bayonnomachi aytdi:
"Demak, Arnold quyi toifaga boradi".
Aynan o'sha lahzalarda men ushladim ... marvaridlarimni
(Kulgu)
o'zimga-o'zim "Mening nomimdan kim gapirar ekan-a?" dedim.
Kim mening nomimdan gapiradi?
O'sha onda men angladimki, meritokratiya g'oyasi
o'sha har bir tashkilot so'ylaydigan fikr, shunchaki afsona ekan.
Siz 100 foiz malaka va bilim asoslangan muhitga ega bo'la olmaysiz.
Gap shundaki, baholash mezonida inson omili mavjud,
chunki, o'z nomi va tavsifi bilan
biri ikkinchisini noxolisga chiqaradi.
O'sha lahzada men anglayotgan edimki, yopiq eshiklar ortida
mening nomimdan mulohaza yuritayotgan inson
meni shunday taqdim etayotganda,
qaror qabul qiluvchilar davra atrofida o'tirib
mening foydamga javob berayotgan edi.
Bu nihoyatda mushohada uchun saboq bo'ldi,
va o'zimga-o'zim "Xo'sh, o'sha inson kim?
Bu insonni qanday nomlash mumkin?", dedim.
O'sha vaqtda ommalashgan atama xususida o'ylab,
dahshat, bu inson murabbiy bo'lishga noloyiq,
chunki, murabbiyning vazifasi aslida sizga mos maslahatni berish
aynan sizga va sizning istiqbolingizdagi orzu-umidlaringizga yo'naltirilgan bo'lishi kerak, dedim.
Yaxshining yaxshiligini, yomonning yomonligini
hech qanday cheklovlarsiz ayta oluvchilar bor.
Albatta, duch kelgan kishi himoyachi - advokat bo'la olmaydi,
chunki kimningdir himoyachisi bo'lish uchun
pul sarflab o'tirish shart emas.
Albatta siz alohida xonaga chaqirtirilib, yopiq
eshiklar ortida advokat bo'lishingizga hojat yo'q.
Deyarli ikki yil o'tib, bu kishi
qanday atalishi lozimligini tushunib yetdim.
Men Michigan universitetida so'zga chiqib,
bo'lg'usi biznes boshqaruvi magistrlariga
chiqargan saboqlarim haqida gapirar ekanman,
Uoll-Stritda o'tgan qisqa uch yillik faoliyatimdan keyin
menda bir fikr uyg'ondi.
Iye, bu inson axir sening manfaatlaringdan xabardor kishi-ku,
yoxud aytish mumkinki, hujjatlaringni xonaga ko'tarib kiruvchi
bu inson shundayki, u sizga nisbatan o'zining
qimmatli siyosiy va ijtimoiy vaznlarini sarflaydi,
bu inson sizning nomingizdan stolni taqillatadi,
bu - homiyku.
Bu - homiy.
Keyin esa o'zimga aytdim,
"Xo'sh, qanday qilib homiyga ega bo'lasan?
Va ochig'ini aytganda, sizga nega homiy kerak?".
O'zi siz homiyga muhtojsiz, rosti.
Chunki, ma'lumki,
bilishimcha, baholash jarayoni bir bosqichdan iborat emas,
xoh akademik, xoh sog'liqni saqlash, xoh moliyaviy xizmatlar sohasi bo'lsin,
bular inson omili mavjud bo'lmagan sohalar emas.
Demak bu noxolis yondashuv mezoni borligini anglatadi.
Sizning ishingizni taqdim etuvchi shaxsda subyektivlik o'lchami bor.
Subyektivlik o'lchovi
ular nimalar deyishlarida sizda mavjud
obyektiv ma'lumotni qanday talqin etishlarida namoyon bo'ladi.
Subyektivlik o'lchovi qanday bayon etishlari va nimani aytishlarida
pirovard natijaga ta'sir etadi.
Shu bois amin bo'lishingiz kerakki, so'zga chiqayotgan kishi
sizning himoyachingiz
qalbida sizning eng maqbul manfaatlaringiz bo'lsin
va u ularga erishishga qodir bo'lsin, nima bo'lsa ham
yopiq eshiklar ortida uni uddalasin.
Endilikda, mendan hamisha so'rashadi:
"Siz bunga qanday erishasiz?"
Ochig'i, nirvana shunday ideal muhitki unda odamlar
"men buni siz uchun amalga oshiraman, siz
muvaffaqiyatli bo'lishingiz uchun ishonch hosil qilaman", deb qaror qiladi.
Ammo shu yerdagilarning aksariyati bilamizki, bu aslida bunday ro'y bermaydi.
Kelinglar, muomala tamoyilini tushintirib
homiyingizni topish qobiliyatingizga qanday ta'sir etishi haqida gapirsam.
Istagan holatda ikki xil masala vujudga keladi:
bu ijro masalasi va munosabatlar masalasi.
Ijro masalasi shunday holat bo'lib, unda
sizdan so'ralgan narsa
hamda bir oz undan ortiqrog'i boladi.
Har safar vazifani odamlar kutganidan ko'prog'ini
uddalasangiz ijro holatini yuzaga keltirasiz.
Bu xuddi birjadagi singari ro'y beradi.
Qachondir bir kompaniya jamoatchilikka
ulushning 25 sentini to'layman desa,
ular ulushning 40 sentini to'laydilar, birjadagi
aksiyalar o'sar ekan, sizniki ham oshadi.
Ijro masalasi uch sababdan salmoqli.
Birinchidan, u sizni nazarga tushirtiradi.
U sizga nufuz keltiradi.
Ikkinchidan, u sizga daromad va lavozimni
kasbiy tajribangizda barvaqt olib keladi.
Va istagan muhitda ham juda erta sodir bo'ladi.
3-dan esa, bu homiyni jalb etishi mumkin.
Nega? Chunki, kuchli ijro
jamoadagi obro' darajangizni oshiradi va
avval aytganimdek, homiyning o'zi kelishi mumkin.
Nega? Chunki, hamma yulduzlarni xush ko'radi.
Mabodo bir vaziyatda
homiyni topa olmasangiz,
quyidagicha xushxabar bor.
Yodingizda bo'lsin, vakolatingizdan foydalanib, homiy so'rashingiz mumkin.
Mana endi, boshqa eng muhim fazilat haqida.
Bu munosabatlar masalasidir.
Munosabatlar jihati tevarak-atrofingizdagi
kishilarga sarmoya kiritish orqali erishiladi,
atrofingizdagi kishilarga ko'maklashish orqali erishiladi.
Siz mutlaqo tanimagan odamingizdan
misqollab orttirilgan shaxsiy obro'larini sizning
nomingizdan foydalanishni so'ray olmaysiz.
Bu bunday kechmaydi.
Shuning uchun muhimi atrofingizdagi odamlar bilan
bog'lanish, muloqot qilish va tanishishga vaqt sarflash,
va eng muhimi ularga sizni bilish imkonini taqdim eitshingiz kerak.
Chunki ular sizni bilishsa,
katta ehtimol bilan murojaat qilganingizda
homiyim bo'ling deb,
javoblari albatta ijobiy bo'ladi.
Endi homiyga ega bo'lish kerak degan fikrimga qo'shilsangiz,
homiyni qanday aniqlash haqida suhbatlashsak.
Agar homiyni axtarayotgan bo'lsangiz,
ular 3 ta asosiy fazilatga ega bo'lishlari kerak.
1-dan ular qaror qabul qiluvchi davrada kursiga ega bo'lishlari,
ish faoliyatingizdan xabardor bo'lishlari,
zero yopiq eshiklar ortidan kuzata olsin,
ularda muayyan salohiyat bo'lishi kerak,
boshqacha aytganda kuch bo'lishi kerak.
Ularda o'sha uch narsa bo'lishi juda muhim.
Tegishli shaxsni aniqlab olganingizdan so'ng
buni qanday qilib so'raysiz?
Ssenariy quyidagi tartibda bo'ladi:
"Jim, shu yili lavozim pillapoyalaridan ko'tarilishdan nihoyatda manfaatdorman
O'tgan yil men uchun samarali bo'ldi
va ushbu tashkilotga o'z loyiqligim yoki tayyorligimni
isbotlash uchun hech narsani ko'rsata olmayman
lekin kimdir yopiq eshiklar ortida hozir bo'lib
nomimdan davrada fikr yuritishidan voqifman.
Siz meni taniysiz, ishlarimdan xabardorsiz va xaridorlarning taklif-mulohazalaridan voqifsiz,
va umid qilamanki, mening nomimdan bahs yuritish sizga malol kelmaydi".
Mabodo Jim sizni bilsa
va muayyan munosabatlarga ega bo'lsangiz
uning rozilik berish ehtimoli ancha yuqori bo'ladi.
Agar u inson xo'p desa,
u en uchun ham harakat qilib ko'radi.
Lekin, Jimning yo'q deyish ehtimoli bor
va agar u yo'q desa, mening fikrimcha,
u sizga yo'q deyishiga uch sabab bor.
1-dan, u faoliyatingizdan yetarli voqifman, deb hisoblamaydi.
Yopiq eshiklar ortidan haqiqiy vakolatga ega bo'lish
nomingizdan ta'sirli va samarali bo'lish uchun yetarli deb hisoblamaydi.
Uning rozi bo'lmasligiga ikkinchi sabab,
sizning u bunga qodir degan fikringizdir,
ammo u bunga qurbi yetmasligini biladi
va buni u siz bilan suhbatda tan olmaydi.
(Kulgu)
Va sizga monelik qiladigan 3-bahona -
u sizni yoqtirmaydi.
Siz unga yoqmaysiz.
(Kulgu)
Va bu sodir bo'lishi mumkin.
Lekin hatto bu siz uchun muhim ma'lumot bo'lib,
homiy bilan navbatdagi suhbatga tayyorlanishda
oz bo'lsada salmoqliroq xizmat qiladi.
Homiyga ega bo'lishning ahamiyatini ta'riflarshga til ojiz.
Bu sizning kasbiy o'sishingizdagi muhim munosabatdir.
Murabbiyga ega bo'lish ochig'i zo'r ish,
lekin murabbiysiz ishingizda uzoq yashab ketishingiz mumkin,
ammo hech qaysi tashkilotda homiysiz ko'tarila olmaysiz.
Shuning uchun muntazam ravishda o'zingizdan,
"Hujjatlarimni tegishli xonaga kim olib kiryapti?
Mening hujjatlarimni xonaga kim olib kirmoqda?",
deb so'rashingiz lozim. Agar bunga javobingiz
bo'lmasa aytgan bo'lardimki sa'y-harakatingizni
homiy aloqalariga sarflashga yo'naltiring,
chunki bu muvaffaqiyatingiz kalitidir.
Fikrimni yakunlar ekanman, so'zlarimni shu yerda
jam bo'lgan bo'lg'usi homiylarga yo'naltirishga ijozat bersangiz.
Bordiki sizlar mo'tabar dargohga taklif etilgan bo'lsangiz
bilingizkim, o'sha kursida joyingiz bo'ladi,
va agar kursi egasi bo'lganingizdan so'ng
sizda fikr bildirish mas'uliyati bo'ladi.
Odamlarning gap-so'ziga parvo qilib kuchingizni zoye ketgazmang,
shuningdek, ularning fikridan qat'iy nazar madad
berayotgan kimsa o'zingiz singari bo'lsa-da.
Agar shijoatingizga munosib bo'lsa,
uni sarflang.
Uoll-stritdagi bir necha o'n yillik ishimdan olgan sabog'im,
o'z qudratingizni oshirish yo'li - uni boshqalarga berish ekan,
va yuragingizdagi sizning ovozingizdir.
(Qarsaklar)
Ovozingiz esa qudratingizning yuragidadir.
Undan foydalaning.
Katta rahmat.
(Qarsaklar)