Tillar shunchaki yoʻqolib ketmaydi. Odamlar majburlik tufayli oʻz tillaridan voz kechadilar. Odatda siyosiy vaziyat shuni taqozo etadi. 1892-yilda AQSh harbiy generali Richard Henry Pratt mahalliy aholini oʻldirishning bir yoʻli mahalliy urf-odatlarni yoʻq qilish ekanligini aytib oʻtdi. "Hindularni oʻldiring", – dedi u, "lek odamlari qolsin". 1978-yilgacha hukumat aynan shu ish bilan shugʻullandi. Ular mahalliy hindu oilalaridagi yosh bolalarni ajratib olib, internat maktablarga joylashtirdilar va yangi inglizcha ism qoʻydilar. Agar ular mahalliy tilda gapirishsa, jazolanishardi. Assimilatsiya jarayoni genosid uchun qoʻshimcha qurol boʻldi. Hozirgi kunda yetti mingta til barhayot. Biroq kamchiligi hukumat tomonidan tan olingan yoki onlayn tarmoqda mavjud. Shu sababli ham, aksariyat xalqlar uchun globallashuv – oʻzlikni unutish demakdir. Bu oʻz tilingizdan boshqasining evaziga voz kechish degani. Hech nima oʻzgarmas ekan kelasi 80 yil ichida 3000 ta til yoʻqolib ketishi mumkin. Xayriyat, oʻzgarishlar mavjud. Dunyo xalqlari oʻz mahalliy tillarini qayta jonlantirib, oʻz madaniyatlarini tiklashmoqda. Biz bilamizki, tillarni qayta tiklash 1800-yillarda, antisemitizm avj olgan bir paytda, yahudiylar oʻz mahalliy tillari boʻlmish ivritga madaniy najot deb qarashganida boshlandi. Ushbu til ming yillar davomida mudroq boʻlsa ham, yahudiylar dini va falsafasiga oid kitoblarda yaxshi saqlanib kelgan. Yahudiy yetakchilar tilni oʻrganib, oʻz bolalariga oʻrgatishdi. Shunday qilib, 100 avloddan soʻng yahudiy tili qayta tirildi. Hozirda u 5 million yahudiy uchun ona tili hisoblanadi. Bu esa men, yahudiylar jamiyatining ingliz tilida soʻzlashuvchi aʼzosi, uchun kamida millat birligi poydevoridir. Mana 2 ming yil oʻtdiyamki, biz hali ham mavjudmiz. Yaqin kunlargacha ivrit tilining qayta tirilishi noodatiy hodisa edi. Bizning til kabi yaxshi saqlanib qolgan tillar boʻlgan. Soʻnggi ming yil ichidagi ilk yahudiylar mamlakati Isroilning tuzilishi esa, tilning kundalik ishlatilib borilishiga imkon berdi. Boshqa tillarga esa, bunday imkon berilmagandi. (Video) Xayrli kech, mening ismim Elizabet men Kornvol shahrida istiqomat qilaman. Eshitib turganingiz Kornvol grafligining mahalliy tili edi. Hozirda bu hudud Angliyaning janubidagi graflik, xolos. 1900-yillarda Kornvol yetakchilari oʻz madaniyati uchun kurashishdi. Avvalgi 100 yil davomida til mudroq holda edi. Ammo ular eski kitoblar, xalq oʻyinlari orqali tilni bolalariga oʻrgatdilar. Tilning yangi foydalanuvchilari Kornvolga tarqalib ketishdi va bu tildan erkin foydalana olishmadi. 1990-yillarga kelib, Kornvol tili qayta tirildi biroq gullab ketolmayotgandi. 2000-yillarning boshlarida shu tilda suhbatlashuvchilar birlashdi va kundalik suhbat qurish uchun onlayn platforma yaratishdi. Platforma orqali oylik yo haftalik marosimlar tuzdilar va birga yigʻilib suhbatlashishga imkon yaratdilar. Hozirda baʼzi maktablar Kornvol tilini oʻrgatadi. Endilikda bu tildagi yoʻl belgilari, muzqaymoq reklamalari, Vikipediyada maqola, hatto memlarni uchratasiz. (zaldagilar kulishadi) (zaldagilar kulishadi) Oʻz tillari qayta muomalaga kiritilgach, Kornval xalqi Irlandiya, Shotlandiya, Ueylsda istiqomat qiluvchi keltik xalq sifatida tan olindilar. Ular asrlar davomidagi majburiy assimilyatsiyaga qarab: "Biz Angliyadagi bir graflik emasmiz. Biz oʻz huquqlarimizga ega xalqmiz. Biz hali ham tirikmiz",– dedi Bunday xalqlar juda koʻp. Luizianadagi Tunika-Biloksi qabilasi ham oʻz tilini qayta tiklamoqda. (Video) Mening ismim Teyanna. Doʻstlarim meni "sokin boʻron" deyishadi. Hamma narsa 1980-yillarda, Donna Pierite va uning oilasi Baton Rouj va Yangi Orlean boʻylab sayohat qilib, universitet arxividagi eski lugʻatlarni nusxalab olishlaridan boshlandi. Ularning maqsadlari Tunika tilini oʻrganish va uni farzandlari hamda jamiyatga oʻrgatish edi. Hozirda ular Tunika uygʻonish davri yetakchilaridir. 2014-yildan beri, til kurslarida 100 ta oʻquvchi oʻqidi va 2017-yilgi roʻyxatga koʻra, 32 ta yangi soʻzlashuvchilar yetishib chiqdi. Ularning baʼzilari, jumladan, Donnaning qizi – Elizabet Tunika tilini yoshlarga oʻrgatyapti. Ana shu yangi foydalanuvchilar kontent, Facebook video va memlar yaratishmoqda. (zaldagilar kulishadi) (zaldagilar kulishadi) (zaldagilar kulishadi) Chop etilayotgan kontent qanchalik koʻpaysa, Tunikaliklar ham shunchalik ruhlanadi. Yaqinda Texasda yashovchi qabila aʼzosi Elizabetning Facebook sahifasiga yozdi va "shu diyorni oʻzing asra" iborasi tarjimasini soʻradi. U bu iborani hovlisiga belgi qilib, qoʻshnilariga oʻz qadriyati tirikligini va hali ham borligini koʻrsatmoqchi edi. Ivrit, Kornika va Tunika tillari har bir mintaqada boʻlayotgan tirilishlarning bir misoli edi, xolos. U Kanal orollaridagi Jerriais soʻzlovchilari boʻladimi yoki Nayrobilik Kenya imo-ishora tili foydalanuvchilarimi tillarni qayta tiriltiruvchi barcha jamiyatlarning bir umumiy jihati bor, yaʼni media. Shu orqali ularning tillari boshqalarga oʻrgatilmoqda. Internet rivojlanar ekan, media barcha uchun ochiq boʻlib bormoqda. Bu esa, tillarni qayta tiriltirish yoki tillarni saqlab qolish imkonini yanada oshiradi. Xoʻsh, siz oʻz mahalliy tilingizni bilasizmi? Men inglizchada tarbiya koʻrganimga qaramay, meniki: ivrit, yahudiy, vengr va shotland. Omadim kulgan ekanki, bu tillarning hammasini onlayn oʻrgana olaman Ayniqsa, ivrit tili iPhoneimga oʻrnatilgan, uni Google Translatedan qarab,hatto avtotoʻgʻirlagich ishlata olaman. Mabodo sizning til bunday qoʻllab-quvvatlanmasa ham. uni ustida izlanib koʻring. Chunki qayerdadir kimdir ham uni onlayn qidirayotgandir. Globallashuv davrida oʻz tilingiz va madaniyatingizni bilish oʻzligingizni anglashga yoʻldir. Yaqinda oʻrgangan ivritcha iboram bilan aytganda, "'nḥnw 'dyyn k'n", yaʼni biz hali ham shu yerdamiz. Katta rahmat. (Qarsaklar)