Tillar shunchaki yoʻqolib ketmaydi.
Odamlar majburlik tufayli
oʻz tillaridan voz kechadilar.
Odatda siyosiy vaziyat shuni taqozo etadi.
1892-yilda
AQSh harbiy generali Richard Henry Pratt
mahalliy aholini oʻldirishning bir yoʻli
mahalliy urf-odatlarni yoʻq qilish
ekanligini aytib oʻtdi.
"Hindularni oʻldiring", – dedi u,
"lek odamlari qolsin".
1978-yilgacha
hukumat aynan shu ish bilan shugʻullandi.
Ular mahalliy hindu oilalaridagi
yosh bolalarni ajratib olib,
internat maktablarga joylashtirdilar
va yangi inglizcha ism qoʻydilar.
Agar ular mahalliy tilda gapirishsa,
jazolanishardi.
Assimilatsiya jarayoni
genosid uchun qoʻshimcha qurol boʻldi.
Hozirgi kunda yetti mingta til barhayot.
Biroq kamchiligi
hukumat tomonidan tan olingan
yoki onlayn tarmoqda mavjud.
Shu sababli ham,
aksariyat xalqlar uchun
globallashuv – oʻzlikni unutish demakdir.
Bu oʻz tilingizdan boshqasining evaziga
voz kechish degani.
Hech nima oʻzgarmas ekan
kelasi 80 yil ichida
3000 ta til yoʻqolib ketishi mumkin.
Xayriyat, oʻzgarishlar mavjud.
Dunyo xalqlari
oʻz mahalliy tillarini qayta jonlantirib,
oʻz madaniyatlarini tiklashmoqda.
Biz bilamizki,
tillarni qayta tiklash 1800-yillarda,
antisemitizm avj olgan bir paytda,
yahudiylar oʻz mahalliy tillari boʻlmish
ivritga
madaniy najot deb qarashganida boshlandi.
Ushbu til ming yillar davomida
mudroq boʻlsa ham,
yahudiylar dini va falsafasiga oid
kitoblarda yaxshi saqlanib kelgan.
Yahudiy yetakchilar tilni oʻrganib,
oʻz bolalariga oʻrgatishdi.
Shunday qilib, 100 avloddan soʻng
yahudiy tili qayta tirildi.
Hozirda u 5 million yahudiy uchun
ona tili hisoblanadi.
Bu esa men, yahudiylar jamiyatining
ingliz tilida soʻzlashuvchi aʼzosi, uchun
kamida millat birligi poydevoridir.
Mana 2 ming yil oʻtdiyamki,
biz hali ham mavjudmiz.
Yaqin kunlargacha
ivrit tilining qayta tirilishi
noodatiy hodisa edi.
Bizning til kabi
yaxshi saqlanib qolgan tillar boʻlgan.
Soʻnggi ming yil ichidagi
ilk yahudiylar mamlakati
Isroilning tuzilishi esa,
tilning kundalik ishlatilib borilishiga
imkon berdi.
Boshqa tillarga esa,
bunday imkon berilmagandi.
(Video) Xayrli kech, mening ismim Elizabet
men Kornvol shahrida istiqomat qilaman.
Eshitib turganingiz
Kornvol grafligining mahalliy tili edi.
Hozirda bu hudud
Angliyaning janubidagi graflik, xolos.
1900-yillarda Kornvol yetakchilari
oʻz madaniyati uchun kurashishdi.
Avvalgi 100 yil davomida
til mudroq holda edi.
Ammo ular eski kitoblar, xalq oʻyinlari
orqali tilni bolalariga oʻrgatdilar.
Tilning yangi foydalanuvchilari
Kornvolga tarqalib ketishdi
va bu tildan erkin foydalana olishmadi.
1990-yillarga kelib,
Kornvol tili qayta tirildi
biroq gullab ketolmayotgandi.
2000-yillarning boshlarida
shu tilda suhbatlashuvchilar birlashdi
va kundalik suhbat qurish uchun
onlayn platforma yaratishdi.
Platforma orqali
oylik yo haftalik marosimlar tuzdilar
va birga yigʻilib suhbatlashishga
imkon yaratdilar.
Hozirda baʼzi maktablar
Kornvol tilini oʻrgatadi.
Endilikda bu tildagi yoʻl belgilari,
muzqaymoq reklamalari,
Vikipediyada maqola, hatto
memlarni uchratasiz.
(zaldagilar kulishadi)
(zaldagilar kulishadi)
Oʻz tillari qayta muomalaga kiritilgach,
Kornval xalqi
Irlandiya, Shotlandiya, Ueylsda
istiqomat qiluvchi keltik xalq sifatida
tan olindilar.
Ular asrlar davomidagi
majburiy assimilyatsiyaga qarab:
"Biz Angliyadagi bir graflik emasmiz.
Biz oʻz huquqlarimizga ega xalqmiz.
Biz hali ham tirikmiz",– dedi
Bunday xalqlar juda koʻp.
Luizianadagi Tunika-Biloksi qabilasi ham
oʻz tilini qayta tiklamoqda.
(Video) Mening ismim Teyanna.
Doʻstlarim meni "sokin boʻron" deyishadi.
Hamma narsa 1980-yillarda,
Donna Pierite va uning oilasi
Baton Rouj va Yangi Orlean boʻylab
sayohat qilib,
universitet arxividagi eski lugʻatlarni
nusxalab olishlaridan boshlandi.
Ularning maqsadlari
Tunika tilini oʻrganish
va uni farzandlari
hamda jamiyatga oʻrgatish edi.
Hozirda ular
Tunika uygʻonish davri yetakchilaridir.
2014-yildan beri, til kurslarida 100 ta
oʻquvchi oʻqidi
va 2017-yilgi roʻyxatga koʻra,
32 ta yangi soʻzlashuvchilar
yetishib chiqdi.
Ularning baʼzilari, jumladan,
Donnaning qizi – Elizabet
Tunika tilini yoshlarga oʻrgatyapti.
Ana shu yangi foydalanuvchilar
kontent, Facebook video va
memlar yaratishmoqda.
(zaldagilar kulishadi)
(zaldagilar kulishadi)
(zaldagilar kulishadi)
Chop etilayotgan kontent
qanchalik koʻpaysa, Tunikaliklar ham
shunchalik ruhlanadi.
Yaqinda Texasda yashovchi qabila aʼzosi
Elizabetning Facebook sahifasiga yozdi va
"shu diyorni oʻzing asra"
iborasi tarjimasini soʻradi.
U bu iborani hovlisiga belgi qilib,
qoʻshnilariga oʻz qadriyati tirikligini
va hali ham
borligini koʻrsatmoqchi edi.
Ivrit, Kornika va Tunika tillari
har bir mintaqada boʻlayotgan
tirilishlarning bir misoli edi, xolos.
U Kanal orollaridagi
Jerriais soʻzlovchilari boʻladimi
yoki Nayrobilik Kenya imo-ishora tili
foydalanuvchilarimi
tillarni qayta tiriltiruvchi
barcha jamiyatlarning
bir umumiy jihati bor, yaʼni media.
Shu orqali ularning
tillari boshqalarga
oʻrgatilmoqda.
Internet rivojlanar ekan,
media barcha uchun ochiq boʻlib bormoqda.
Bu esa, tillarni qayta tiriltirish yoki
tillarni saqlab qolish
imkonini yanada oshiradi.
Xoʻsh,
siz oʻz mahalliy tilingizni bilasizmi?
Men inglizchada
tarbiya koʻrganimga qaramay,
meniki: ivrit, yahudiy, vengr
va shotland.
Omadim kulgan ekanki, bu
tillarning hammasini onlayn oʻrgana olaman
Ayniqsa, ivrit tili
iPhoneimga oʻrnatilgan,
uni Google Translatedan qarab,hatto
avtotoʻgʻirlagich ishlata olaman.
Mabodo sizning til bunday
qoʻllab-quvvatlanmasa ham.
uni ustida izlanib koʻring.
Chunki qayerdadir kimdir ham
uni onlayn qidirayotgandir.
Globallashuv davrida oʻz tilingiz va
madaniyatingizni bilish
oʻzligingizni anglashga yoʻldir.
Yaqinda oʻrgangan
ivritcha iboram bilan aytganda,
"'nḥnw 'dyyn k'n", yaʼni
biz hali ham shu yerdamiz.
Katta rahmat.
(Qarsaklar)