Komputerlarning yaxshi jihatlaridan biri bu buyruqlarni qayta bajarishi. Inson sifatida, agar siz bir xil narsani ko‘p marta qilishingiz kerak bo‘lsa, haqiqatda zerikib ketasiz. Ammo komputer bir xil narsani million yoki hattoki milliard marta ham qila oladi, va zerikmasdan yaxshi holatda bu ishni oxirigacha yetkazib qo‘ya oladi. Shunday qilib, misol uchun, agar men Facebookdagi barcha foydalanuvchini email jo‘natib tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni xohlasam, bu emaillarni barchaga yozib jo‘natish uchun menda bir asrdan ko‘p vaqt ketadi. Lekin bir necha qator kod bilan, men Facebookdagi barchaga tug‘ilgan kuni bilan tabriklab email yuboradigan tizim yarata olaman. Mana loop - sikllar nima va nima uchun ular ahamiyatli. Ular kompyuterlar juda yaxshi bajara oladigan narsalardan biri. Bu misolda, sizning maqsadingiz qushni cho‘chqaga yetishi uchun harakatlantirish. Biz buni juda ham oson bajarish uchun "repeat" blokidan foydalana olish imkoniyatiga egamiz. Siz buni har safar qushni cho‘chqaga qaratib bir qadam yaqinlashtirish uchun komputerga besh marta "move forward" buyug‘ini berish orqali ham bajarishingiz mumkin. Yoki siz komputerga shunchaki bir marta oldinga harakatlanishini aytib, va keyin unga bu ishni 5 marta qaytarishni aytishingiz mumkin va u xuddi shunday qiladi. Shunday qilib, buni qilish uchun siz "move forward" buyrug‘ini olib, uni "repeat" bloki ichiga joylaysiz. Bu yerga bosib, qancha qadam oldinlashini xohlashingizni aytish uchun blokni necha marta qaytarishini ayta olasiz. Endi yana bir narsa siz repaat bloki ichiga istalgancha ko‘p buyruqlarni qo‘ya olasiz. Masalan, bu yerda siz unga besh marta oldinga harakatlanish va chapga burilishni aytayapsiz. Xo‘sh... Ajoyib! Zavq oling :-)